O'zil Arveladze qo'l ostidagi klubga o'tishi mumkin
08 apr 2022 19:14
Yangiliklar
O'zil Arveladze qo'l ostidagi klubga o'tishi mumkin
"Fenerbaxche" yarim himoyachisi Mesut O'zil "Xall Siti"ga o'tishi mumkin.
Nemis pleymeykeri turk klubi rahbariyati bilan kelisha olmagach, yaqin orada "Fenerbaxche"ni tark etishi kutilmoqda. "Fenerbaxche" O'zil bilan shartnomani bekor qilish taraddudini boshladi va yarim himoyachi qisqa vaqt ichida klubni tark etadi.
Avvalroq O'zil MLSning "Inter Mayami" klubi bilan aloqaga chiqqan edi. Hozirda germaniyalik futbolchi turkiyalik tadbirkorga tegishli bo'lgan "Xall"ga o'tishi mumkinligi xabar qilinmoqda.
SHuningdek, O'zil Turkiya chempionati o'yinlaridan birida tanaffus vaqtida "Fenerbaxche" ustozi Ismoil Kartalning qaroridan nafratlanishini ko'rsatish uchun butsasini jahl bilan irg'itgani haqida ham malumotlar paydo bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar