So’nggi yangiliklar

11:40FIFA.COM: "Аббос Файзуллаев кичик бўйли эканига қарамай, ажойиб техник хусусиятларга эга"  3 11:28"Реал" Дэвис трансферига шубҳа қилмаяпти  0 10:42Гвардиола нима учун «Манчестер Сити»да қолишга қарор қилганини тушунтириб берди  4 10:06Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум  1 09:30Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда  11 08:53«Арсенал» январда учта футболчисини сотиб юбормоқчи  1 08:21Про лига. Бугун Бухорога катта футбол қайтади  6 07:45Суперлига. Чемпионлар Фарғонага сафар қилади. «Қизилқум» эса яна бир водий жамоасини меҳмон қилади  2 01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  8 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  14 01:08Расман: Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди  0 00:41Эрлинг Холанд: "Гвардиола энг яхши мураббий, балки тарихдаги энг зўридир"  4 00:14"Челси"нинг "биллур" футболчиси яна сафдан чиқди  3 23:43Нодир Абдураззоқов: "Энди мавсумни чиройли якунлашимиз ва оғзимиздаги ошни олдириб қўймаслигимиз керак"  5 23:19Хави "Интер Майами" бош мураббийи бўладими? Инсайдерлар маълумот беришди  0

O'zbekistonning bo'lajak raqibi BAA nega favqulodda kuchayib ketdi? Yangiliklar

O'zbekistonning bo'lajak raqibi BAA nega favqulodda kuchayib ketdi?

Kecha Osiyo qitasida JCH 3-saralash bosqichi uchrashuvlariga start berildi.

O'zbekiston "Bunyodkor" stadionida KXDRni mehmon qilib, minimal (1:0) g'alabaga erishgan bo'lsa, "A" guruhining boshqa vakillari — Eron Isfaxonda Qirg'iz Respublikasi bilan to'qnash kelib, 1:0 hisobida yutdi, BAA Qatar maydonida 3:1 hisobida zafar quchdi. Xo'sh, Birlashgan Arab Amirliklari amaldagi Osiyo chempionini qay yo'sinda mag'lub etdi? Paulu Bentu shogirdlarining g'alaba kaliti nimada? Maqolada aynan shu savollarga javob topishga urinib ko'ramiz.

Qatar – BAA uchrashuvi tafsilotlari 

Ar-Rayyandagi "Ahmad bin Ali" stadioni mezbonlik qilgan bahsning boshida ikki jamoa futbolchilari biroz bosim ostida to'p tepishdi va bir qator vaziyatlar ko'kka sovurildi. Birinchi gol 38-daqiqaga to'g'ri keldi — Akrom Afif to'pni 18 yoshli sherigi Ibrohim Al Hassanga uzatdi, yosh futbolchi bir kishini aldab o'tgach, pastki burchakni nishonga oldi – 1:0.

BAA o'yin borishini o'zgartirishga harchand urinmasin, birinchi taymda hisob o'zgarmadi. 68-daqiqaga borib mehmonlar yarim himoyachisi Harib Suhayl katta sahnaga chiqdi. Uning chap oyoqda yo'llagan kuchli zarbasidan keyin qatarliklar posboni ojiz qoldi – 1:1.

80-daqiqada himoyachi Holid Ibrohim o'yin taqdirini o'zgartirib yuborgan to'pni kiritdi – 1:2.

90+4-daqiqada Paulu Bentu qo'l urgan o'zgarish BAAga qo'l keldi. Portugaliyalik mutaxassis 88-daqiqada yarim himoyachi Tahnun Al Zaabi o'rniga o'yinga qo'shgan angliyalik (ha, adashmadingiz, angliyalik) xavbek Makkenzi Xant o'zidan sal avval zaxiradan maydonga tushgan hujumchi Ali Solihni to'p bilan taminladi va u hisobni 1:3 ko'rinishiga keltirib qo'ydi.



BAA mazkur uchrashuvda quyidagi tarkibdan foydalandi:

BAA: 17.Holid Eysa, 2.Abdulla Idris, 4.Kuame Kaudio, 8.Tahnun Hamdan (18.Makkenzi Xant, 88), 9.Harib Abdalla (16.Muhammad Al Balushi, 90+3), 11.Kayo Kanedo, 12.Halifa Muborak, 14.Abdulla Hamad Al Menhali, 15.Yahyo Nodir, 19.Holid Al Dhanhani, 20.Yahyo Al Gassani (7.Ali Solih, 75).

Zaxira: 1.Ali Haseyf, 22.Holid Tavhid, 3.Zayid Sulton, 5.Ali Hassan, 6.Abdilrahmon Solih, 10.Fabio De Lima, 21.Issam Fayz, 23.Fahad Badir.



Ko'rib turganingizdek, tarkibdagi bir qator nomlar bejiz ajratib ko'rsatilmadi. Ular aslida arab bo'lmagan va mahalliylashtirilgan futbolchilardir. Bentu xohlagan futbolni qurishda ularning hissasi juda katta.  


Paulu Bentu 5 sentyabr kungi Qatar, 10 sentyabr kungi Eron bilan uchrashuvlar uchun 30 nafar futbolchini chaqirgandi. Ajablanarlisi, tarkibdagi naq 7 nafar(!) futbolchi mahalliylashtirilgan futbolchi hisoblanadi. Quyida ular bilan batafsil tanishasiz. 



Mahalliylashtirilgan charm to'p ustalari 

Himoyachi Kuame Kaudio 2000 yil Kot-d'Ivuarning Uragaxio shahrida tug'ilgan. 2019/20 yilgi mavsumdan buyon BAA chempionatida to'p tepadi, 2023 yilda BAA fuqaroligini qabul qilgan va shundan beri mamlakat termasi sharafini himoya qilib kelmoqda.

O'ynagan jamoalari: "Mimozas" U-19 (Kot-d'Ivuar), "Xorfakkan", "Al Ayn" (bugungi kungacha).



Hujumchi Kayo Kanedo 1990 yil Braziliyaning Volta-Redonda shahrida dunyoga kelgan. 2014/15 yilgi mavsumdan beri BAA chempionatida harakat qiladi, 2020 yilning yanvarida BAA fuqaroligiga qabul qilingan. Termadagi debyutini 2020 yil 12 noyabrda Tojikistonga qarshi (3:2) o'rtoqlik o'yinida o'tkazgan. Bugungi kunda "Al Vasl" jamoasida o'ynamoqda.

O'ynagan jamoalari: "Volta-Redonda", "Botafogo", "Figeyrense", "Internasonal", "Vitoriya" (barchasi – Braziliya), "Al Ayn", "Al Vasl" (ikkisi – BAA).



Hujumkor yarim himoyachi Fabio De Lima 1993 yil Braziliyaning Arasaji municipalitetida tavallud topgan. 2014/15 yilgi mavsumdan beri BAA chempionatida o'ynaydi. 2020 yilning fevral oyida BAA fuqaroligini qabul qilgan. Termadagi debyutini 2020 yil 12 oktyabr kuni O'zbekistonga qarshi (1:2) o'rtoqlik bellashuvida nishonlagan.   

O'ynagan jamoalari: "Ikasa", "Atletiko Goiyaniense", "Vasko da Gama" (barchasi – Braziliya), "Al Vasl" (BAA, bugungi kungacha).



CHap qanot himoyachisi Makkenzi Xant 2001 yil Angliyaning Liverpul shahrida dunyoga kelgan. 2007 yildan 2024 yilning yozigacha "Everton" tizimida harakat qilgan. Makkenzi Premer-liga klubi asosiy jamoasining qaydnomasiga 20 marta kirganiga qaramay, umuman maydonga tushirilmagan. U bolaligining asosiy qismini Dubayda o'tkazgan va ingliz makbatiga qatnagan. Keyinchalik Dubaydagi kollejda 2 yil tahsil olgach, yana Liverpulga qaytgan. Uning otasi Mark hamon Dubayda yashab, o'sha erda ishlab keladi. Aytish joiz, u shu yil boshida BAA fuqaroligini olgan. 

Makkenzi Xant kuni kecha – 30 avgust kuni BAA terma jamoasidan chaqiruv oldi va kecha Qatar bilan bahsda nafaqat debyut qilishga, balki assist qilishga ham ulgurdi.

O'ynagan jamoalari: "Everton", "Flitvud" (ikkisi – Angliya, bugungi kungacha).



Issam Fayz 2000 yil Marokashning Xuribga shahrida tug'ilgan. 2018 yildan beri BAA chempionati vakili "Ajman" jamoasi sharafini himoya qilmoqda. 2023 yilda BAA fuqaroligini olgan va milliy terma jamoada 2024 yil 26 mart kuni JCH saralashi doirasidagi Yaman bilan bahsda debyut qilgan. 



Sentyabrdagi yig'inga jalb qilingan, ammo Qatar bilan bahsda ko'rinish bermagan futbolchilar

Hujumchi Junior Ndiaye 2005 yil Dubayda tavallud topgan. Franciya U-17 termasi safida maydonga tushishga ulgurgan. Biroq endilikda u yana BAA sharafini himoya qilmoqda. Uning otasi Samba "Al Nassr" tarkibida 2 mavsum harakat qilgan.

Darvozabon Adli Muhammad 2004 yil Bahrayn poytaxti Manamada tug'ilgan. Bugungi kunda "Sautgempton" U-21 tarkibida o'ynamoqda. U ham Qatar va Eronga qarshi uchrashuvlar uchun ilk bor termaga chaqirilgan.

Etiborlisi, "Al Vasl" yarim himoyachisi Ali Solihning Adli Muhammad va Makkenzi Xant qatori Britaniyaga aloqasi bor. Gap shundaki, uning onasi SHotlandiya poytaxti Edinburgdan.


Xulosa shuki, bir muddat oldin o'zbek futboli mutaxassislari va ishqibozlari BAAni jiddiy raqib sifatida qabul qilmayotgandi. Qatar bilan o'yin ko'rsatdiki, bu noto'g'ri qarash va BAA milliy terma jamoasi to'g'ri relsga tushib olgan va dadil ravishda oldinga ildamlamoqda. Ishonamizki, O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi ham BAAning o'yinlarini astoydil o'rganadi. Har holda raqib bu ishni allaqachon boshlab yuborgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – BAA uchrashuvi 15 oktyabr kuni tashkil etilishi rejalashtirilgan.


SHerzod Nurmatov

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +5   

Fikrlar

+2   
06 sen 22:31:49
Shdhjdjdj Hdjdjdndnfij
БАА кучайиб кетмаган, балки Катар кучсизлашган. Осие чемпионат буни яккол курсатиб берди. Катар хакамлари ердамида голиб булганлигини барча курди ва таъкидлади.
+2   
06 sen 22:27:16
Futbol Uchun
Катар хам канчасини махаллийлаштирди ўхшамади, булар хам шунака бўладиди деб умид қиламиз, битта ўйин билан бахолаб бўлмайди.
+2   
06 sen 22:15:44
Azamat Turgunov
Bu legionerlarini 2-3 tasini oʻyinini koʻrganmiz termasi uchun ja jon kuydirmidi i klubidayam shunaqa oʻynidi. Yaxshi oʻyinchila nu bizani bolladan kuchliyamas
+1   
06 sen 22:57:47
Мирзохид Мадаминов
Катар кучли эмас уларда факат афиф бор.БАА нега шу уйинчилари бн осиё кубогида ярмида колиб кетди.ушандаям бор эди шу уйинчилари.тожикларга ютказиб куйишди негаки тожикларда иштиёк кучли эди.бир уйинга караб хулоса килиш яхшимас.вахима килишлик кк мас.тугри мураббийи кучли мутахассис.бизни ам мураббий анойимас.йулини топиб галаба козонамиз иншооллох.
+1   
06 sen 22:14:18
Azamat Turgunov
Жамшид Абдусамадов foydalanuvchining fikriga javob berish
Биз кимни махалийлаштирамиз сербларними узимизда тугилган русларни уйнатмимиз лекин четдан сербларними уйнатамиз. Махаллийчилик бор экан ривожланиш булмиди. КНДР 1:0 га зурга ютиш бу футболимиз кучайвотиганини билдирмиди. Индонезия Корея билан дуранг уйнади бу ривожланиш.
2 marta jaxon chempianatiga chiqqan termani yuttik deme bu rivojlanish.
   
02 okt 21:28:42
RADIANT_1
Izzatillo89! foydalanuvchining fikriga javob berish
Мексикага қарши ўйинни қайтариш учун боғич шукуровга берилиши керак экан. Умуман олганда бизда жамра яхши. Яқинда олимпиадага борган болларни қўшса яхши бўларди. Масалан иброхимхалил. Жасур, остонни ўрнига одиловни синаса бўларди
Oston baribir muhim ayni damda. O'zi bilan kamida 2ta zashitnikni chalg'itib olib yuroladi. Shundan foydalanishni bilish kerakda. Zo'r reyd qilib tezlikda o'tib ketadigan o'yinchi kerakda. Dinamoni o'yinchisi ham chakki emasga o'xshayapti. Shomurodov baribir qanotda yaxshi o'ynaydi. Bizga bitta chyotki 9 lik hujumchi kerakda.
   
10 sen 13:22:57
Djabborov Hakim
Фавкулодда вазиятлар вазирлигидан сураш керак нега кучаебди.
   
10 sen 10:51:54
Dilmurod Umarov
Shdhjdjdj Hdjdjdndnfij foydalanuvchining fikriga javob berish
БАА кучайиб кетмаган, балки Катар кучсизлашган. Осие чемпионат буни яккол курсатиб берди. Катар хакамлари ердамида голиб булганлигини барча курди ва таъкидлади.
Qatar terma jamoasi o'zi shundoq ham kuchsiz edi,oxirgi Osiyo kubogini qanday qo'lga kiritganini butun dunyo ko'rdi,Osiyo kubogidan avval ham o'rtameyonalar qatorida yurardi
   
09 sen 08:14:55
Izzatillo89!
RADIANT_1 foydalanuvchining fikriga javob berish
G'irt vahima qilib yozilgan maqola. Bulardan vopshem qo'rqish keraymas. Bular 2-sort legionerlar ko'pi. Nasaf Al-Sadd, Al-Ayn [garchi yutqizgan bo'lsada] ko'rsatib qo'ydi yulduzchali tarkibdagi jamoalar bilan ham o'ynasa bo'lishini. Meksika bilan bo'lgan o'yindagi aniqlikni ishlatishsa O'zbekiston bemalol 3-4ta gol urib tashay oladi BAA ga.
Мексикага қарши ўйинни қайтариш учун боғич шукуровга берилиши керак экан. Умуман олганда бизда жамра яхши. Яқинда олимпиадага борган болларни қўшса яхши бўларди. Масалан иброхимхалил. Жасур, остонни ўрнига одиловни синаса бўларди
   
07 sen 13:57:42
BXZ BXZ
Жамшид Абдусамадов foydalanuvchining fikriga javob berish
Биз кимни махалийлаштирамиз сербларними узимизда тугилган русларни уйнатмимиз лекин четдан сербларними уйнатамиз. Махаллийчилик бор экан ривожланиш булмиди. КНДР 1:0 га зурга ютиш бу футболимиз кучайвотиганини билдирмиди. Индонезия Корея билан дуранг уйнади бу ривожланиш.
Индонезия Саудия Арабистони билан у́йнадими ёки Ж , Кореа биланми манимча Ж , Кореа Фаластин билан дурранг у́йнади шекилли . Шимолий Кореа хам кучсиз жамоа эмас 1966 ва 2010 йилларда Жахон чемпионатларида у́йнаган .
   
07 sen 10:34:37
Санжарбек Холматов, АндҚХАИ
Хайрли кун. Бу босқичда кучсиз жамоанинг ўзи йўқ, фикримча. Ўзбекистон жамоаси ҳам кучсиз эмас, иншааллоҳ. БАА жамоасини ўрганадилар мутасаддиларимиз, деган умиддамиз.
   
07 sen 10:32:49
Davronbek Abduvaliev
Иншаоллох бизни МТЖ албатта ғалаба қозонади.
   
07 sen 10:32:29
Davronbek Abduvaliev
Иншаоллох бизни МТЖ албатта ғалаба қозонади.
   
07 sen 10:32:12
Davronbek Abduvaliev
Иншаоллох бизни МТЖ албатта ғалаба қозонади.
   
07 sen 00:55:40
RADIANT_1
G'irt vahima qilib yozilgan maqola. Bulardan vopshem qo'rqish keraymas. Bular 2-sort legionerlar ko'pi. Nasaf Al-Sadd, Al-Ayn [garchi yutqizgan bo'lsada] ko'rsatib qo'ydi yulduzchali tarkibdagi jamoalar bilan ham o'ynasa bo'lishini. Meksika bilan bo'lgan o'yindagi aniqlikni ishlatishsa O'zbekiston bemalol 3-4ta gol urib tashay oladi BAA ga.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика