So’nggi yangiliklar

23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нучтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  3 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  16 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  4 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  3 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  4 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  1

O'zbekistonlik o'smirlar mundialga qanday tayyorgarlik ko'rdi? Yangiliklar

O'zbekistonlik o'smirlar mundialga qanday tayyorgarlik ko'rdi?

Islom Ismoilov shogirdlari turli yig'inlar doirasida 15 ta nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Joriy yilning 3–27 noyabr kunlari Qatarda 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionati o'tkaziladi. Unda dunyo bo'ylab o'z mintaqasida saralangan 48 jamoa, shu jumladan, O'zbekiston ishtirok etadi. Kichik mundial oldidan O'zbekiston terma jamoasining turnirga tayyorgarligi hamda musobaqadagi raqiblari to'g'risida mulohaza yuritamiz.

GURUH BOSQICHI

Guruh bosqichida 48 jamoa 12 guruhga bo'lingan holda bellashadi. Dastlabki ikki o'rinni egallagan, shuningdek, uchinchi o'rinni egallagan eng yaxshi 8 jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi.

Osiyo chempioni sifatida mundialga tashrif buyurgan Islom Ismoilov murabbiyligidagi O'zbekiston "J" guruhida Paragvay, Panama va Irlandiya Respublikasi bilan kuch sinashadi.

Hamyurtlarimiz musobaqani 5 noyabr kuni Paragvayga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi, 8 noyabr sanasida Irlandiyaga raqib bo'ladi, 11 noyabr kuni esa Panamani imtihondan o'tkazadi.

MUNDIALGA TAYYORGARLIK

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi jahon chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko'rdi va ko'plab nazorat uchrashuvlarida maydonga tushdi.

Jumladan, iyun oyida Chilida mezbon davlat bilan ikki o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi va unda o'zbekistonliklar 1:0 va 2:1 hisoblarida zafar quchdi.

So'ngra ushbu mamlakatda Boliviyaga uchrashuvlar o'tkazildi. Dastlabki o'yinda 0:2 hisobida yutqazgan "oq bo'rilar" keyingi bahsda 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Iyul oyida Rossiyaning Moskva shahrida CSKA o'smirlar jamoasiga qarshi maydonga tushgan O'zbekiston 1:0 hisobida ustun keldi. Shuningdek, "Chertanovo" jamoasi bilan o'yinda kuchlar teng keldi – 1:1.

Avgust oyida Birinchi liga ishtirokchisi "Cementchi" bilan nazorat uchrashuvi tashkillashtirildi. Unda jangovar – 3:3 hisobi qayd etildi.

Sentyabrda Islom Ismoilov shogirdlari Ispaniyaning Xeres shahrida yig'in o'tkazdi va uchta nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Avvaliga Angliyaga 1:3 hisobida imkoniyat boy berildi, so'ngra Kanada bilan to'qnashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Marokashga qarshi bahsda esa 3:4 hisobi qayd etildi.

Oktyabr o'rtalarida Toshkentda Turkiya o'smirlari bilan ikki o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. Murosasiz bellashuvlar murosa bilan yakunlandi. Dastlab 2:2, so'ngra 0:0 hisoblari qayd etildi.

Oktyabr oyining ikkinchi qismida Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazilib, uchta nazorat o'yini tashkillashtirildi.

Dastlab Venesuelaga qarshi bahsda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Keyinchalik Kot-d'Ivuar 2:0 hisobida taslim etildi, oxirgi uchrashuvda esa Burkina-Fasoga 0:4 hisobida imkoniyat boy berildi.

RAQIBLAR

Paragvay

Paragvay "J" guruhi favoritlaridan biri sifatida etirof etilayotgan bo'lsa-da, saralashdagi natijalari o'ta havas qilarli darajada emas. Yo'l-yo'l ranglilar Janubiy Amerika chempionatida 5-o'rinni qo'lga kiritgan holda jahon chempionati ishtirokchisiga aylandi. Guruh bosqichida Kolumbiya, Chili, Argentina va Peru bilan bir guruhdan olgan Mariano Uglessich shogirdlari 4-o'rinni egalladi.

5–8-o'rinlar uchun bellashuvlarda esa dastlab Ekvador, so'ngra Argentina penaltilar seriyasida mag'lub etildi.

Paragvayning kichik mundialda ishtirok etadigan tarkibida deyarli mahalliy liga ishtirokchilaridan iborat. Faqatgina Leo Kristaldo Argentinaning "Veles" klubi sharafini himoya qiladi.

 

Panama

Panama Shimoliy va Markaziy Amerika mamlakatlaridan iborat CONCACAF mintaqasi saralash bosqichida Dominikan Respublikasi, Aruba va Grenada bilan bir guruhdan o'rin olib, peshqadam sifatida kichik mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Panama tarkibi ham mahalliy liga futbolchilaridan iborat. Faqatgina Estevis Lopes Argentinaning "River Pleyt" klubi azosi hisoblanadi.


Irlandiya Respublikasi

Irlandiya Evropa mintaqasida Belgiya, Polsha va Islandiya bilan bir guruhdan o'rin olib, eng yaxshi 2-o'rinlar qatorida jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Irlandiya tarkibida boshqa mamlakat chempionatlarida to'p tepadigan futbolchilar bisyor. Jumladan, "Hoffenhaym", "Nyukasl", "Bryugge", "Byornli", "Benfika", "Loryan", "Sautgempton" jamoalaridan o'spirinlar jalb etilgan.

XULOSA

O'zbekiston terma jamoasi mundial oldidan turli qita jamoalariga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rdi. Menimcha, "oq bo'rilar" uchun guruhdan chiqish muammoga aylanmaydi. Pley-off bosqichida esa ko'p narsa qaysi raqib duch kelishiga bog'liq. O'ylashimizcha, jahon chempionatida "qosh qoqishlar"ga ko'p marotaba guvoh bo'lamiz.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

+2   
03 noy 12:12:37
intilganga tòle yor
Inshaolloh
+2   
03 noy 12:10:08
NEWS 24
Omad yigitlarga
+1   
03 noy 13:43:04
Hasanboy O‘rinboyev
Inshaalloh, bo‘lajak qahramonlar, bemalol finalgacha yetib borishimiz kerak
   
03 noy 21:52:29
QosimNozimBavariyaChmpn
Koʻnglim sezopdi bu bachala ancha joyga boradi. Va xudo xohlasa jahon chempioni boʻladi
   
03 noy 21:31:30
Vatanparvar
Аллох кулласин. Камида чорак финалга чикайлик.
   
03 noy 17:41:56
Saloxitdin Almamatov
Чорак финалга чикса ажабланмиман
   
03 noy 16:51:11
Baxodir Ramanov
Икки уйидан кейин биламиз...
   
03 noy 15:45:31
FARHODJON KOMILOV
Энг кучли ва садоқатли Ўзбекистон термаси деб ўйлайман шу укажонларимни
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика