So’nggi yangiliklar

08:56Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 08:28"Ньюкасл" афсонаси нима учун фаолиятини БААнинг 3-лигасида давом эттиришга қарор қилганини тушунтирди  0 08:00Бруну Фернандеш: "Клубга барқарорлик керак"  1 07:34Суперлига. Бугун 2 та баҳс бор  3 01:50Ўзбекистон U23 термаси Хитойдаги турнирда иштирок этади  0 01:41Франция. ПСЖ қийин ўйинда дуранг ўйнади ва пешқадамликни сақлаб қолди  1 01:11Саудия Арабистони. "Ал Аҳли" ўз майдонида "Ал Шабаб"ни мағлуб қила олмади  2 00:50Суперлига. "Сўғдиёна" – "Сурхон" 2:1  0 00:46Тер Штегеннинг қишда "Барселона"дан кетиши инкор қилинмаяпти  2 00:12Швеция термасини инглиз мураббийи бошқаради  0 00:10Суперлига. "Андижон" – "Шўртан" 4:3  0 23:54Иван Бошкович: "Ҳозир саккизинчи ўриндамиз, лекин мақсадимиз юқорироқда. Бунинг учун ҳаракат қиламиз"  5 23:18Февзи Давлетов: "Ўйинга қайтишимиз учун гол етишмади"  7 22:56Максим Шацких: "Мен доим бир гапни айтаман: биз мухлислар учун ўйнаймиз"  5 22:44Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Рустам Ашурматов тўлиқ ўйнади  0

O'zbekiston va Tailand futzali o'rtasidagi farq, penaltilar seriyasida ishlatilgan hiyla, “Ardus”dagi faoliyati – Xose Mariya Mendes bilan suhbat Yangiliklar

O'zbekiston va Tailand futzali o'rtasidagi farq, penaltilar seriyasida ishlatilgan hiyla, “Ardus”dagi faoliyati – Xose Mariya Mendes bilan suhbat

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasida faoliyat ko'rsatgan ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendes bilan ijtimoiy tarmoq orqali bog'lanishga erishdik.

Hozirda Tailand terma jamoasida ishlayotgan murabbiy suhbat jarayonida bevosita 2016 yil Toshkentda o'tgan Osiyo chempionati xotiralari bilan o'rtoqlashdi.

“Osiyo chempionati juda asabiy ruhda o'tgandi. Biz musobaqada o'yindan o'yinga kuchayib borganmiz. Saudiya bilan birinchi turni olsak, 5:2 hisobida yutgan bo'lsakda yaxshi o'yin ko'rsatganmiz deya olmayman. Qirg'iziston bilan o'yinda harakatlarimiz bir muncha o'xshadi. Umuman olganda turnirda ehtiyotkorlikka va tartibga alohida urg'u qaratganmiz. To'g'ri, ayrim bahslarda chiroyli o'yin ko'rsata olmagandirmiz, lekin kerakli natijani qo'lga kirita oldik”,- deya gap boshladi Mendes.

- Janob Mendes Tailand bilan yarim finalda penaltilar seriyasi boshlanishidan oldin darvozabonlarga telefonda nimadir ko'rsatdingiz...


- O'shanda birinchi zarbadan so'ng darvozabonni almashtirganmiz. Klim Tyugaev penaltilar seriyasida qahramonlik ko'rsatgandi. Men tailandlik futzalchilarni zarbani qanday amalga oshirishini bilardim, ularning uslubidan xabarim bor edi. Men buni darvozabonlarga tushuntirdim va qaysi o'yinchi qanday tepishi mumkinligi haqida ko'rsatma berdim.



- Iroq bilan o'yindan oldin o'yinchilarni bosimdan xalos qilish uchun qanday ish tutdingiz?


- Bizda kayfiyat yaxshi edi. Bundan oldin guruhda Livanni 3:0 hisobida yutgandik. SHu boisdan shogirdlarimning ko'zida g'alabaga bo'lgan ishonchi yuqori edi. Buyog'iga eng muhimi o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz va reja asosida o'ynashimiz talab etilardi. Iroq bilan o'yin zo'r o'tgandi, biz Jahon chempionatiga chiqish vazifasini bajardik. Ularni yutganimizdan so'ng bosimdan xalos bo'ldik va biroz xotirjamlikka berildik. Tailandni yutganimizdan so'ng barcha bizni musobaqada g'olib chiqishimizni aytdi. Lekin, Eron juda kuchli raqib edi.

- Darhaqiqat, Eron bilan o'yinlarda biznikilar bilmadim cho'chadimi yoki hayajonlanadimi juda ko'p gol o'tkazib yuboradi. Lekin, sizning boshchiligingizda biz forslarga qarshi mardonavor kurashdik. Buning siri nimada?


- SHu o'yinni ko'rib chiqsangiz biz ular bilan qo'rqmasdan harakat qilganimizni ko'rishingiz mumkin. Ha, ular kuchli edi. Lekin, biz ham jim qarab turmaganmiz. SHunchaki, omad ularga kulib boqqandi. Nazarimda biz O'zbekiston tarixidagi eng yaxshi va kuchli terma jamoani shakllantira oldik.



- O'zbekistondagi faoliyatingizdan qoniqish hosil qilganmisiz?


- Albatta, bo'lmasamchi. Birinchi galda futzal rivoji yo'lida katta ishlarni amalga oshirgan Jahongir Usmonovga minnatdorchilik bildiraman. “Ardus” iqtidorlar makoni edi. U erdan juda ko'p maxoratli o'yinchilar etishib chiqqan. Terma jamoaning azaliy orzusiga etishishida yordam berganimdan xursandman. Biz Kolumbiyadagi Jahon chempionatida nazarimda yomon qatnashmadik. Mezbonlar bilan jangovar durang o'ynadik. Portugaliyani o'zingiz yaxshi bilasiz. Birinchi ishtirok uchun chakki emas.

- Tailand va o'zbek futzalchilarining farqi yoki ustun tomonlarini ayta olasizmi?


- O'zbek futzalchilari jismoniy jihatdan ustunligi bilan Tailanddan ajralib turadi. SHuningdek ular murabbiyni diqqat bilan eshitishadi. Bu borada tainlandliklar boshqacha. Sizning o'yinchilaringizda tartib va intizom ham kuchli. O'zbekistonni hech qachon unutmayman. Ayrimlar bilan hamon aloqamiz mavjud.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi 


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика