So’nggi yangiliklar

02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  48 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  0 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  1 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  7 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  8 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

O'zbekiston U-22 terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Xitoy U-22 yoshlarini mag'lub etdi Yangiliklar

O'zbekiston U-22 terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Xitoy U-22 yoshlarini mag'lub etdi

SHuhrat Maqsudov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi SHanxay shahrida Xitoy U-22 yoshlar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Xitoyning SHanxay shahrida navbatdagi yig'inini o'tkazayotgan O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi bugun rejaga muvofiq Xitoy U-22 yoshlar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. O'yinning ikkinchi bo'limi 68-daqiqasida Igor Sergeev boshi bilan bergan zarbadan so'ng o'yinda hisob ochildi. Qolgan daqiqalarda hisob o'zgarmadi va Sergeevning yagona goli O'zbekiston U-22 terma jamoasiga g'alaba keltirdi.

O'zbekiston va Xitoy yoshlar terma jamoalari avvaldan rejalashtirilganidek 24 iyun kuni o'zaro ikkinchi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadilar. Ikkinchi uchrashuv SHanxay yaqinidagi Vusi shahrida bo'lib o'tadi. 22 iyun kuni Maqsudov shogirdlari SHanxaydan Vusi shahriga yo'l oladilar va mashg'ulotlarni o'sha erda davom ettiradilar.

Eslatib o'tamiz, SHuhrat Maqsudov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-22 terma jamoasi 18 iyun kuni o'zining navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun Xitoyning SHanxay shahriga uchib ketgan edi. Terma jamoa bosh murabbiyi mazkur yig'inga jami 23 nafar futbolchini jalb etgan.

O'rtoqlik uchrashuvi. 21 iyun. SHanxay (Xitoy).
XITOY (U-22) – O'ZBEKISTON (U-22) – 0:1
Gol:
Igor Sergeev (68).
O'zbekiston U-22: Akmal Tursunboev, Toxir SHamsiddinov (Maksimilan Fomin 83), Boburbek Yo'ldoshev (Muhsin Ubaydullaev 90+2), Sardor Rahmonov, Javlon Mirabdullaev, Sardor Sobirxo'jaev (Abdullox Olimov 65), Abbos Maxstaliev, Vladimir Kozak (S), Jamshid Iskanderov, Diyor Turopov (Temur Hakimov 46), Igor Sergeev (Jasurbek Hakimov).
CHetlatish: Sardor Rahmonov (41).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика