O'zbekiston - Suriya uchrashuvi bosh hakamini o'zbek futbol muxlislari juda yaxshi tanishadi
11 jan 2024 16:35
Yangiliklar
O'zbekiston - Suriya uchrashuvi bosh hakamini o'zbek futbol muxlislari juda yaxshi tanishadi
Ahmad Al Kaf o'zbekistonlik futbol muxlislariga juda yaxshi tanish. U 2018 yil Xitoyda o'tgan U-23 Osiyo kubogi finalida ishlagan. "Qorli final" nomi bilan yodda qolgan bahsda O'zbekiston Vetnamni qo'shimcha taymlarda 2:1 hisobida taslim qilgandi.
Al Kaf mazkur bahsni boshqarib borgandi. O'sha musobaqada ishtirok etgan Botirali Ergashev, Rustamjon Ashurmatov, Odiljon Hamrobekov, Hojiakbar Alijonov va Bobir Abdixoliqov ayni paytda milliy terma jamoa safida Osiyo kuboiga tayyorgarlik ko'rishmoqda. Ashurmatov 2018 yilgi finalda gol ham urishga muvaffaq bo'lgan edi.

U-23 Osiyo chempionati. Final
27.01.2018. CHangjou, Xitoy.
Vetnam U-23 – O'zbekiston U-23 1:2
Bosh hakam: Ahmad Al Kaf (O'mon)
Gollar: Nguen Kuang Xai 41 – Rustamjon Ashurmatov 8, Andrey Sidorov 119.
O'zbekiston U-23: 1. Botirali Ergashev, 2. Rustam Ashurmatov, 4. Akrom Komilov, 5. Abbos Otaxonov (22.Bobur Abduxoliqov, 113), 20. Doston Tursunov, 6. Aziz G'aniev, 7. Odil Hamrobekov, 10. Javohir Sidiqov (11. Andrey Sidorov, 118), 8. Jasur Yaxshiboev (16. Doniyor Narzullaev, 46), 17. Doston Hamdamov, 9. Zabihillo O'rinboev.
|
Uzbekistan |
Asian Cup Grp. B . 1-tur 13/01/2024, 22:30 0
:
0
Tugadi
|
Syria |
Stadion: Jassim Bin Hamad Stadium, 10198 tomoshabin
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar