So’nggi yangiliklar

15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  1 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  0 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  4 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  1 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  2 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  5 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  11

O'zbekiston MTJ tarkibi elon qilindi. Unda Oston O'runov ham bor Yangiliklar

O'zbekiston MTJ tarkibi elon qilindi. Unda Oston O'runov ham bor

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi mashg'ulotlarini boshlaydi.

Yig'inning dastlabki qismi Toshkentda bo'lib o'tadi, keyin esa jamoamiz Osiyo Kubogining saralash bahslarida ishtirok etish uchun Namanganga yo'l oladi.

Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanec mazkur yig'inlarga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxatini elon qildi. Undan 30 nafar futbolchi joy olgan. CHaqirilganlar orasida Rossiyaning "Ufa" jamoasi azosi Oston O'runov ham joy olgan. Va albatta yaqindagina "Roma" bilan Konferenciyalar ligasida g'alaba qozongan Eldor SHomurodov ham bor.

Malumot uchun, U-23 terma jamoasi safida Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan 5 nafar futbolchi ham milliy jamoa kengaytirilgan tarkibiga kiritildi. Sloveniyalik mutaxassisning so'roviga ko'ra, ularning ayrimlari keyinchalik milliy terma jamoa yig'iniga ham jalb etilishi mumkin.

O'zbekiston MTJ yig'iniga chaqirilgan futbolchilar:

Darvozabonlar: Umidjon Ergashev ("Nasaf"), Valijon Rahimov (AGMK), O'tkir Yusupov ("Navbahor")

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Navbahor"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Dilshod Saitov ("Nasaf"), Islomjon Qobilov ("Lokomotiv"), Umarbek Eshmurodov ("Nasaf"), Abdulla Abdullaev (AGMK), Akrom Komilov (AGMK)

Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov ("Paxtakor"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Otabek SHukurov ("Al SHarja", BAA), Aziz Turg'unboev ("Paxtakor"), Oston O'runov ("Ufa", Rossiya), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Sardor Sobirxo'jaev ("Paxtakor"), Jaloliddin Masharipov ("Al Nassr", Saudiya Arabistoni)

Hujumchilar: SHerzod Temirov ("Persepolis", Eron), Azizbek Amonov ("Istiqlol", Eron), Eldor SHomurodov ("Roma", Italiya), Igor Sergeev ("Tobol", Qozog'iston)

U23: Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Nijniy Novgorod", Rossiya), Alibek Davronov ("Nasaf"), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Husayn Norchaev ("Nasaf").


O'zbekiston MTJ Namanganga qachon uchib borishi malum

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика