So’nggi yangiliklar

09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  0 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  0 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  0 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  2 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  2 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  1 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  32 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  11 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  3 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0 23:35Виктор Карпенко: "Руҳан тикланиб олсак, юқорига кўтариламиз"  5 23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  23 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  16

O'zbekiston milliy terma jamoasi Xitoyga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshladi Yangiliklar

O'zbekiston milliy terma jamoasi Xitoyga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshladi

Sidneydan Brisben shahriga ko'chib o'tgan O'zbekiston milliy terma jamoasi rejaga ko'ra kecha Xitoyga qarshi o'yin oldidan mashg'ulotlarga kirishdi.
Mashg'ulotlar davomida terma jamoa bosh murabbiyi o'yindan oldin har xil taktik sxemalarni sinab ko'rayotganini takidlash lozim.

Qayd etish joiz, mashg'ulotlarni Xitoy va O'zbekistondan tashrif buyurgan jurnalistlar ham kuzatmoqdalar. O'yindan oldingi rasmiy mashg'ulotni hisoblamaganda har bir mashg'ulotlarni Mirjalol Qosimov jurnalistlar uchun ochiq deb elon qilgan. OAV xodimlari ham o'z navbatida yaratilgan qulaylik va mashg'ulotlarning ochiq tarzda o'tayotgani uchun Mirjalol Qosimovga minnatdorchilik bildirishmoqda. Boisi, reglamentga ko'ra, har bir terma jamoa murabbiyi mashg'ulotlarning ilk 15 daqiqasidan so'ng, terma jamoa mashg'ulotini yopiq deb elon qilishi mumkin.

Takidlash lozim, ushbu uchrashuvga ayniqsa Xitoy OAVda qiziqish juda yuqori. Malumotlarga ko'ra, Osiyo Kubogi bahslarini yoritish uchun Avstraliyaga Xitoydan 200ga yaqin jurnalist tashrif buyurgan.

Yana bir qiziqarli malumotga ko'ra, mezbon - Avstraliya terma jamoasidan keyin aynan Xitoy terma jamoasi Avstraliyada eng ko'p muxlisiga ega terma jamoa hisoblanadi. Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi kechgan 1-tur o'yinida Alen Perren shogirdlarini 11 mingga yaqin xitoylik muxlislar stadionda qo'llab-quvvatlab turishgan. Ulardan 7 ming nafari Xitoydan tashrif buyurgan bo'lsalar, 4 ming nafari maxalliy xitoyliklarni tashkil etadi.

Xitoyga qarshi o'yin bo'lib o'tadigan Brisben shahri haqida malumot beradigan bo'lsak, ikki kun davomida havo harorati 20 daraja atrofida issiq bo'ldi. Kunning o'rtasida esa havo harorati 30 daraja issiqni tashkil qilmoqda. Bazi vaqtlarda shaharda yomg'ir yog'ishi kuzatilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Xitoy hamda O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'yin ertaga Brisbendagi 52 ming muxlisni sig'dira oladigan Brisben Sankrop stadionida bo'lib o'tadi. O'yin mahalliy vaqt bilan 19:00da (Toshkent vaqti bilan 14:00da boshlanadi).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика