O'zbekiston Kubogi saralash o'yinlari qachon o'tkazilishiga oydinlik kiritildi
22 mar 2024 18:36
Yangiliklar
O'zbekiston Kubogi saralash o'yinlari qachon o'tkazilishiga oydinlik kiritildi
Yana 6 ta jamoa saralash o'yinlari orqali guruh bosqichiga yo'l oladi.
Liga saralash uchrashuvlarini 1 aprel kuni Toshkent shahridagi 2 ta suniy maydonda o'tkazadi va unda 12 ta jamoa 6 juftlikka ajratiladi. 28 mart kuni qura orqali mazkur juftliklarga aniqlik kiritib olinadi.
Saralashda Andijon, Namangan, Toshkent viloyati, Sirdaryo, Navoiy va Qoraqalpog'iston futbol akademiyalari, shuningdek, Farg'ona va Buxoro davlat universitetlari, "CHig'atoy", "Qumqo'rg'on", "Qiziriq", "Zomin" jamoalari ishtirok etadi. Ularga 31 mart kuni Toshkentga etib kelish tavsiya etilgan.
Malumot uchun, saralash bosqichida barcha jamoa faqat 1 tadan o'yinda maydonga tushadi. Ularda g'olibni asosiy vaqtda aniqlashning imkoni bo'lmasa, navbat qo'shimcha taymlarsiz penaltilar seriyasiga beriladi.
O'zbekiston Kubogi. "Andijon", "Navbahor", "Dinamo" va "Nasaf" bir guruhda
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar