So’nggi yangiliklar

02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  1 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  2 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  0 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  12 22:57БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" меҳмонда "Ал Айн"ни мағлуб этди, Эркинов захирада қолдирилди  1 22:50Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди, Бразилия чемпион!  1 22:34Бундеслига. "Бавария" 6та тўп киритилган ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  7 22:26АПЛ. "Брайтон" "Тоттенхэм"га қарши ўйинда 0:2ни 3:2га ўзгартирган ҳолда камбэк қайд этди  3 22:03Лига 1. "Ланс" меҳмонда "Страсбур" билан жанговар дуранг ўйнади, Ҳусанов баҳсда доимгидек тўлиқ ҳаракат қилди  8 21:45Футзал бўйича ЖЧ-2024. Бразилия Аргентинани мағлуб этиб, олти карра жаҳон чемпионига айланди  6 21:17Ла Лига. Левандовскининг 25 дақиқа ичида қайд этган хет-триги "Барселона"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  16 21:13Эрон чемпионати. "Фулад" меҳмонда "Тракторсози"ни мағлуб этди, Юсупов тўлиқ ҳаракат қилди  4

O'zbekiston kubogi. Bir kishi kam bo'lib qolgan "Navbahor" penaltilar seriyasida "Paxtakor"ni mag'lub etib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. Bir kishi kam bo'lib qolgan "Navbahor" penaltilar seriyasida "Paxtakor"ni mag'lub etib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi

O'zbekiston kubogi yarim finali doirasidagi "Paxtakor" – "Navbahor" uchrashuvi yakunlandi.

Paxtakor

Otabek Jo'raqo'ziev - 120', Ulug'bek Hoshimov - 120', SHahzod Azmiddinov - 120'

O'zbekiston Kubogi. 6-tur

30/08/2024, 19:00

4
:
3
Tugadi

Navbahor

Yovan ZHokich - 120', Navro'zbek Iminjonov - 120', Odiljon Hamrobekov - 120', Jamshid Iskanderov - 120'

45'
90'
120'
43'  Umar Adhamzoda
55'  Xozhiakbar Alizhonov
77'  Sardor Sobirxo’jayev (Ibrohim Ibragimov)
77'  Dostonbek Hamdamov (Otabek Jo'raqo'ziev)
113'  Mahmud Mahamadzhonov (Ulug'bek Hoshimov)
120'  Otabek Jo'raqo'ziev
120'  Ulug'bek Hoshimov
120'  SHahzod Azmiddinov
15'  Jamshid Iskanderov
30'  Filip Ivanovich
32'  Giorgi Nikabadze
63'  Giorgi Nikabadze (Asadbek Jo'raboev)
74'  Siyavash Haqnazariy (Ruslanbek Jiyanov)
74'  Komiljon Tojiddinov (Saidazamat Mirsaidov)
84'  Abror Ismoilov (Navro'zbek Iminjonov)
90'  Farrux Sayfiev
90'  Farrux Sayfiev
120'  Yovan ZHokich
120'  Navro'zbek Iminjonov
120'  Odiljon Hamrobekov
120'  Jamshid Iskanderov

O'zbekiston kubogi

1/2 final

"Paxtakor" – "Navbahor" 0:0

30 avgust. Toshkent. "Jar" stadioni. 19:00

Bosh hakam: Rustam Lutfullin

Qanot hakamlari: Andrey Capenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Akobirxo'ja SHukurullaev 

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Rishat Nugmanov 

Nazoratchi: Vladislav Ceytlin

Komissar: SHohruh Said

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 3.SHahzod Azmiddinov, 4.Abdulla Abdullaev, 7.Hojiakbar Alijonov, 10.Dragan CHeran, 17.Dostonbek Hamdamov (30.Otabek Jo'raqo'ziev, 77), 22.Umar Adhamzoda, 23.Abdruaf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev (9.Ibrohim Ibragimov, 77), 33.Doniyor Abdumannopov, 44.Mahmudjon Mahammadjonov (99.Ulug'bek Hoshimov, 113).

Zaxira: 35.Pavel Pavlyuchenko, 2.Behruz Asqarov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Dilshod Saitov.

"Navbahor": 35.Sanjar Quvvatov, 8.Siyavash Haqnazari (17.Ruslan Jiyanov, 74), 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jamshid Iskanderov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboev, 21.Giorgi Nikabadze (88.Asad Jo'raboev, 63), 23.Yovan Jokich, 34.Farruh Sayfiev, 55.Komil Tojiddinov (12.Saidazamat Mirsaidov, 74), 77.Abror Ismoilov (71.Navro'zbek Iminjonov, 84).

Zaxira: 18.Eldor Suyunov, 4.Abror Karimov, 7.Azim Ahmedov, 19.SHerzodbek Abdulboriev, 22.Toma Tabatadze.

Ogohlantirish: Jamshid Iskanderov (15), Filip Ivanovich (30), Giorgi Nikabadze (32), Umar Adhamzoda (43), Hojiakbar Alijonov (55), Farruh Sayfiev (90+3).

CHetlatish: Farruh Sayfiev (90+4).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. "Navbahor" final yo'llanmasini qo'lga kiritdi!

"Paxtakor": ⚽️⚽️❌❌⚽️

"Navbahor": ❌⚽️⚽️⚽️⚽️

Qo'shimcha bo'limlarda ham hisob o'zgarmadi. Navbat penaltilar seriyasiga!

120+1. Xavfli vaziyat! Alijonovning uzatmasidan so'ng CHeran bo'sh darvozani ishg'ol qilishi mumkin edi, biroq to'pga eta olmadi.

120. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan uzatmagan Hoshimov bosh bilan zarba yo'lladi, biroz noaniq.

117. Jiyanovga nisbatan qoidabuzarlik sodir etildi.

113. Xavfli vaziyat! Ibragimovning bosh bilan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

112. Iskanderovning burchakdan uzatmasini Nazarov urib yubordi, keyingi hujum Iminjonovning zarbasi bilan yakunlandi.

108. Xavfli vaziyat! CHeranning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Quvvatov egallab oldi.

106. To'rtinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

105. Uchinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

104. Mehmonlarning qarshi hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. "Navbahor" futbolchisi raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yin qoidasi buzilmaganini takidladi.

99. Xavfli vaziyat! Iminjonov o'ng qanotdan uzatilgan to'pni o'ziga to'g'rilay olmadi, aks holda yaqin masofadan xavfli zarba yo'llashi mumkin edi.

98. Mezbonlarning burchakdan uzatmasi kuchli bo'lmagan zarba bilan yakunlandi, so'ngra ofsayd holati qayd etildi.

95. Xavfli vaziyat! Iskanderov raqib jarima maydoniga yaqin nuqtadan chap oyoqda kuchli zarba yo'lladi, ammo uning urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

91. Uchinchi bo'lim boshlandi.


Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Endilikda qo'shimcha bo'limlar guvohiga aylanamiz.

90+4. Sayfiev hakamga etiroz bildirgani uchun dastlab ogohlantirildi, so'ngra etirozini davom ettirgani uchun maydondan chetlatildi. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Xavfli vaziyat! "Navbahor" futbolchilarining standarti zarba bilan yakunlandi, lekin Nazarov hushyorlikni yo'qotmadi. 

88. Mirsaidovga nisbatan Adhamzoda tomonidan hujumda fol ishlatildi.

84. "Navbahor" o'zgarishga qo'l urdi.

81. "Navbahor" jarima zarbasini kombinacion tarzda amalga oshirdi, ammo yakunda to'pni Nazarov egallab oldi.

79. "Paxtakor"da standart vaziyat yuzaga keldi, ammo mezbonlar bundan foydalana olmadi.

77. "Paxtakor"da ham ikki o'zgarish ro'y berdi.

74. "Navbahor"da ikki o'zgarish amalga oshirilmoqda.

71. Zarba! Bo'riev uzoq masofadan o'z omadini sinab ko'rdi, biroq uning urinishi ko'ngildagidek chiqmadi.

69. Xavfli vaziyat! "Paxtakor" futbolchilarining yana o'ng qanotdan uzatmasidan so'ng CHeran noaniq zarba yo'lladi. 

68. Xavfli vaziyat! Boltaboev o'ng qanotdan Adhamzoda tomon uzatilgan to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

66. Nazarov yana to'pga chiqishda jamoadoshlarini xavotirga soladigan harakat amalga oshirdi.

63. "Navbahor"da o'zgarish: Jo'raboev Nikabadzeni almashtirdi.

62. "Paxtakor" standart vaziyatga ega bo'ldi. Alijonovning uzatmasini Nikabadze maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

57. Xavfli vaziyat! Ismoilovning raqib jarima maydonidan chap oyoqda yo'llagan zarbasi ancha yuqorilab ketdi.

55. Alijonov 55-daqiqada 55-raqamli raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

51. Nazarov yana kichik xatoga yo'l qo'ydi, u tepgan to'p Nikabadzega tegib, darvozasi tomon yo'l olayotgandi. "Paxtakor" darvozaboni to'pga vaqtida ulgurdi.

47. "Navbahor"ning tezkor qarshi hujumi Nikabadzening zarbasi bilan yakunlandi, to'p "Paxtakor" futbolchisiga tegib, maydonni tark etdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+5. Hamdamov raqib jarima maydoniga kirib bordi, biroq to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi. 

45. Birinchi bo'limga 9 daqiqa qo'shib berildi.

45. Xavfli vaziyat! CHeranning olisdan chap oyoqda yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi, to'p yo'l-yo'lakay raqib futbolchisiga tekkan ekan.

43. Adhamzoda Hamrobekovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

42. Xavfli vaziyat! Alijonovning uzatmasi zarbaga aylanib ketib, darvoza to'siniga tegib, maydonni tark etdi.


39. Hamdamovning jarimadan uzatgan to'pini Quvvatov mushtlari bilan urib yubordi.

O'yinda to'xtalish yuzaga keldi. Aniq malumot bilmaymiz. O'yin bir muddat to'xtab qoldi.

32. Yana "Navbahor" futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatildi. Bu safar Nikabadze Abdumannopovga nisbatan xavfli o'yin namoyish etgani uchun ogohlantirildi. Mehmonlar dastlabki yarim soat ichidayoq uch marotaba jazolandi. 

30. Maydon markazida CHeranga nisbatan qoidabuzarlik sodir etgan Ivanovich ogohlantirildi.

28. Mehmonlar tomonidan tashkillashtirilgan hujum Ismoilovning zarbasi bilan yakunlandi. Ammo u o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan.

23. Xavfli vaziyat! Nazarov to'pga chiqishda xatolikka yo'l qo'yib, Haqnazariyga pas berib yubordi. Eronlik yarim himoyachining deyarli bo'sh qolgan darvozaga zarbasi kuchli chiqmagani bois "Paxtakor" darvozaboni o'z xatosini to'g'riladi. 

19. Xavfli vaziyat! Jarimadan uzatilgan to'pga Azmiddinov bosh bilan zarba yo'lladi, biroq uning urinishiga biroz aniqlik etishmadi. U bilan to'qnashib ketgan Nikabadzega tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

18. Abdumannopov qarshi hujumga o'tgan chog'i Hamrobekov tomonidan qoidabuzarlik evaziga to'xtatildi.

15. Iskanderov Sobirxo'jaevga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi va raqibidan uzr so'radi. Hakam VAR bilan aloqaga chiqdi, ammo qarorini o'zgartirmadi.

13. Xavfli vaziyat! Iskanderovning jarimadan uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, to'p mezbonlar vakili boshidan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

10. "Navbahor" burchak zarbasi amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ldi, ammo mezbon himoyachilar vaziyatni bartaraf etdi.

10. Hakam VAR bilan Sayfievning ehtimoliy chetlatilishini muhokama qildi, ammo bunga asos topilmadi.

8. Sobirxo'jaevning olis masofadan yo'llagan zarbasi sekin va noaniq ko'rinish oldi.

7. "Navbahor" yaxshi hujum tashkillashtirdi, biroq Haqnazariy hujumni ko'nglidagidek yakunlay olmadi.

3. Alijonovga nisbatan Tojiddinov tomonidan qo'pollik ishlatildi. "Navbahor" darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Paxtakor" oq, "Navbahor" ko'k rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +11   

Fikrlar

+27   
30 avg 22:09:59
Baxtiyorzoda
Davrani kengroq oling Navbaxorchilar o'ynasin
+27   
30 avg 22:05:25
Kambaraliev
Фаргонага хуш келипсиз азиз водийликлар. Зори ютсин✊
+26   
30 avg 22:09:04
NavBars
NAVBAHOR-ANDIJON DAXSHATKUUU STADION YONADIKUUUU OFARIIIIN!!!
+25   
30 avg 22:11:28
G‘alaba
1 kishi kam o'ynab g'alaba qozongan Navbahor muxlislarini tabriklayman.
+22   
30 avg 22:09:35
navbarcelona
Шархловчилариям дод деворай деди тан олилар.
+22   
30 avg 22:07:08
Azizbek Ikramov
Navbahor muxlislari g'alabani nishonla.....
Paxtakor muxlislari ayb izlab yuravesin.....
E'tibor bermaymiz.....
+21   
30 avg 22:16:39
Эльдар
Наманган Халки юртдошларимни галаба билан Табриклайман!! Кашкадарё углони сифатида жуда хурсанд булдим
+21   
30 avg 22:05:28
UzBekistanTEAMFCCC
Пахтакор бу йилги сезонда хеч қандай соврин ютмасликга хаққи бор бунақа ўйин билан. Валадимир Назаров суперкубокда хам биронта зарба қайтаролмаган эди.
+20   
30 avg 22:08:50
Abdulboyis Karimov
Навбахор мухлисларни табриклайман.(Анжан мухлиси)
+18   
30 avg 22:33:51
Лацио Пахтакор
Яна бир бор такрорлийман Шацкиҳ Пахтакор даражасидаги мураббий эмас, йўқол Шацкиҳ. Пахтакорда ўйин борми? аниқ паслар борми? Интизом борми? Нима бор ўзи? Пахтакор Шацкиҳни ҳайдамас экан, бу пода тактика билан ЭЛИТ лигада адуши масҳара бўламиз. Навбахор муҳлисларига ҳақоний ғалаба муборак бўлсин чин дилдан газини боинглар байрам муборак бўлсин омад.
+18   
30 avg 22:16:47
Haqiqatparvar
Вухахахахахах Ортикхужаев йигилишда буп колди уйинни назорат килолмай Судякор тугадингку судя шархловчи 248 та мухлисинг б.н тикворди.ю Отангни Пахтакорига кушиб
+18   
30 avg 22:11:55
Уз.
Хакмлар шунча ёрдам берсаям ютолмадинга яСохтакоррр
+18   
30 avg 22:11:44
Alisher Alisher
АГАР ПАХТАКОР ЮТГАНДА НИШОНЛАШИНИ ЯРИМ СОАТ КУРСАТАРДИ ХЭ ТЕЛЕКАНАЛИНГАЯМ Х...ЯМ
+18   
30 avg 22:08:49
Azizbek Mo'minov
Пахтакор мухлислари тан олинглар шархловчилар билан судиялар сизлар томонда бўлса хам Алижонов,Черанга ўхшаганлар мухлисларга провакация қилиб қизил карточка олиб берса хам барибир хақиқат қарор топади.
+18   
30 avg 22:06:27
Krishtianu Ronaldu
Pahtakor nima bahona qisa endi tabrik Namangan muhlislari
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика