So’nggi yangiliklar

00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  0 00:45Роналду Globe Soccer талқинига кўра Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод  0 23:50"Барселона" "Камп Ноу"даги очилиш ўйини учун сюрприз тайёрлаб қўйилганини маълум қилди  1 23:28ЎФА Туркиянинг етакчи қурилиш компаниялари билан учрашув ўтказди. Унда Янги Тошкент Марказий футбол ўйингоҳини бўйича лойиҳалар тақдим этилди  9 23:10"Барселона" 2022/23 йилги мавсумнинг охирида "Бавария"га бонус тўламаслик мақсадида Левандовскидан бошқа гол урмасликни сўраган  0 22:35Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  11 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  2 21:35Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 1:1  0 21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  20 20:57Тони Кроос Винисиусни танқид қилди  1 20:36Криштиану Роналду АҚШ президенти Дональд Трамп билан учрашди  17 19:50"Боруссия Дортмунд" форварди уйидан қурол топилди  0 19:28Александр Хомяков: "Бугун ҳаракатнинг ўзи камлик қилди"  1 19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   10 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  1

Futzal. O'zbekiston ikkinchi o'rtoqlik o'yinda ham Braziliyaga yirik hisobda mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston ikkinchi o'rtoqlik o'yinda ham Braziliyaga yirik hisobda mag'lub bo'ldi

O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Braziliyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.

O'zbekiston — Braziliya 2:5

Gollar: Ilhom Hamroev (2), Marsel Markes (7, 22), Ronkalo (23), Muzaffar Ahadjonov (26), Joau Viktor (32), Marsino (36)

O'zbekiston: 1. Sunnat Anvarov, 4. Ixtiyor Ropiev, 6. Ilhom Hamroev (s), 8. Husniddin Nishonov, 9. Elbek To'lqinov.

Zaxira: 21. Fayozbek Jo'raboev, 2. Muzaffar Ahadjonov, 3. Mashrab Odilov, 5. Fazliddin Botirov, 7. Anasxon Rahmatov, 10. Akbar Usmonov, 11. Abror Ahmedzyanov, 13. Mehroj Xudoyberdiev, 14. Samariddin Berkinov.

Braziliya: 1. Tiago Mendes Roxa, 4. Marlon Oliveyra Arauxo, 6. Marsel de Mendonka Markes, 8. Marsino Ribeyro da Silva, 10. Jan Per Gesel Kosta.

Zaxira: 3. Villian Felipe Dorn, 2. Ronkalo Diego, 5. Joau Viktor Alves Sena, 7. Diego Enrike Zuffo (s), 9. Leandro Lino dos Santos, 12. Artur Gilerme de Sousa Fortunato, 13. Rafael dos Santos, 14. Felipe Valerio Raskol.

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

40. Nishonovning zarbasini raqib himoyachisi qaytardi. 

39. Zarba! Berkinov ketma-ket ikki imkoniyatdan foydalana olmadi.

38. Zarba! Arturning zarbasiga aniqlik etishmadi.

37. Fol. Braziliya zarariga. Follar bo'yicha hisob: 3-4.

37. Zarba! Ropievning zarbasini raqib posboni qaytardi.

36. GOL! Marsino hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.

35. Zarba! Nishonovning olisdan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

34. Zarba! Marsel Markesning zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

33. Zarba! Zuffo o'ta qulay vaziyatdan foydalana olmadi, aniqrog'i, Anvarov yana jamoasini qutqarib qoldi.

Taym-ayt.

33. Zarba! To'lqinov o'ta qulay vaziyatda aniq zarba yo'llay olmadi.

32. GOL! Joau Viktor jamoasining to'rtinchi goliga mualliflik qildi.

32. Zarba! Leandrovning zarbasi juda xavfli chiqdi, to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

31. Hamroev autdan darvozani ishg'ol qildi, biroq to'p hech kimga tegmagani bois gol inobatga olinmaydi. 

Bugungi uchrashuvni "Humo arena"da 1432 nafar tomoshabin kuzatmoqda.

30. Odilovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

29. Fol. O'zbekiston zarariga. Follar bo'yicha hisob: 3-2

28. Zarba! Anvarovdan yana bir dahshatli seyv!

26. GOOOOOLLL! Ahadjonov hisobni qisqartirdi!

26. Berkinov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda zarba yo'llashga ulgurmadi, himoyachi etib keldi.

25. Fol. O'zbekistonlik futbolchi ogohlantirildi.

25. Fol. Braziliya zarariga.

24. Zarba! Kostaning pastki burchakka yo'llagan zarbasini Anvarov oyog'i bilan qaytardi.

23. GOL! Braziliya darvozaboni Ronkalo hisobdagi farqni oshirdi. 

22. GOL! Burchak zarbasidan so'ng Marsel Markes Braziliyani hisobda oldinga olib chiqdi.

22. Zarba!  Berkinovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

21. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

20. Mehmonlarning ketma-ket burchak zarbalari qaytarldi.

19. Zarba! O'zbekiston darvozaboni ketma-ket ikkita xavfli zarbani qaytardi!

18. Zarba! Mehmonlardan yana zarba. Anvarov to'pni egalladi.

17. Zarba! Burchak uzatmasidan so'ng Kosta zarba yo'lladi, Anvarov ishonchli harakat qilib, to'pni egallab oldi.

17. Zarba! Braziliya posboni yana zarba yo'lladi, bu safar ham noaniq.

16. Husniddin Nishonovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

15. Fol. O'zbekiston beshinchi folni ishlab oldi. Keyingi follar dabl-penaltiga olib keladi.

14. Zarba! Braziliya darvozaboni raqib darvozasini nishonga olishga urinib ko'rdi, noaniq.

Taym-aut.

13. Zarba! Ahadjonov raqib posboni bilan deyarli birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi.

12. Fol. O'zbekiston zarariga. Follar bo'yicha hisob: 4-2

11. Zarba! Leandroning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Anvarov qaytardi. O'zbekiston darvozaboni keyingi hujumda yana ikki marotaba dahshatli seyv amalga oshirdi.

Taym-aut.

10. Zarba! Leandroning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi xavfli ko'rinish oldi, ammo aniqlik etishmadi.

10. Zarba! O'zbekistonliklarning ketma-ket zarbalari darvozabon va himoyachilar tomonidan qaytarildi.

8. Zarba! Zuffoning o'ng oyoqda yo'llagan kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

7. Fol. Nishonov braziliyalik futzalchi tomonidan yiqitildi.

7. GOL! Standart vaziyatdan so'ng Marsel Markes hisobni tenglashtirdi.

7. Fol. Nishonov ogohlantirildi.

6. Zarba! Marsel Markesning markazdan yo'llagan zarbasi yuqorilab ketdi.

6. Zarba! Ropievning chap qanotdan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

5. Zarba! Arauxoning markazdan yo'llagan kuchli zarbasini Anvarov qaytardi.

5. Zarba! Kostaning chap oyoqda yo'llagan zarbasini Botirov bartaraf etdi. O'zbekistonlik himoyachiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

4. Fol. Ahmedzyanov qo'pollik ishlatdi.

3. Zarba! Kostaning zarbasini Anvarov qaytardi.

2. GOOOOOLLLL! Raqibidan to'pni olib qo'ygan Hamroev hisobni ochdi!

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика