O'zbekiston - Avstraliya. Uchrashuvni "Sport TV"da kim sharhlashi malum
23 jan 2024 11:19
Yangiliklar
O'zbekiston - Avstraliya. Uchrashuvni "Sport TV"da kim sharhlashi malum
Soat 16:30 da boshlanadigan uchrashuv "Sport TV" orqali jonli efirda namoyish etiladi. O'yinni taniqli sharhlovchi Davron Fayziev sharhlaydi.
"Bugun katta o'yin. O'zbekiston terma jamoasi guruh etakchisi Avstraliya bilan uchrashadi. G'olib chiqsak guruhni birinchi o'rinda yakunlaymiz. Durang bo'lsa ikkinchi o'rin bilan chiqamiz. Guruhimizdagi vaziyat bu o'yinni deyarli bosimsiz o'tkazishga imkon beradi. Demak ortiqcha hisob kitobga berilmay, bor imkoniyatni ishga solib futbol o'ynash mumkin. Bunday sharoitda jamoamiz odatda ochiladi va yaxshi harakat qiladi. Avstraliyaga birinchi gol ham bugun urilsin, birinchi g'alaba ham bugun qayd etilsin. Efirda birgalikda nishonlash nasib qilsin.
16:30 dan boshlab Sport telekanali translyaciyasi orqali suhbatni davom ettiramiz", - deya post qoldirdi Fayziev o'z telegram kanalida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar