O'zbek futboli tarixida ilk bor APLga futbolchi transfer qilindi
31 jan 2024 19:51
Yangiliklar
O'zbek futboli tarixida ilk bor APLga futbolchi transfer qilindi
"O'zbek futboli tarixida birinchi bor futbolchimiz O'zbekistondan Angliyaga to'g'ridan-to'g'ri yo'l oldi!
"Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Muhammadali O'rinboev faoliyatini APL ishtirokchisi "Brentford" klubida davom ettiradi. Klublar o'rtasidagi kelishuvga muvofiq, u 30 iyunga qadar "Brentford"da ijarada asosida o'ynaydi. Ushbu muddatdan keyin esa Angliya klubi Muhammadalini sotib olish huquqiga ega bo'ladi. O'rinboev "Paxtakor"da 17 yoshga to'lmasdan o'z debyutini o'tkazgan va o'z yosh toifasida terma jamoa azosi sanaladi.
SHu tariqa, iqtidorli futbolchilarni etishtirib chiqarishda davom etayotgan "Paxtakor" akademiyasining navbatdagi tarbiyalanuvchisi ham xorij chempionatiga yo'l oldi. Hozirgacha Angliyaning professional klublarida o'zbek futbolchisi faoliyat olib bormagan", – deyiladi "sherlar" xabarida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar