So’nggi yangiliklar

00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  0 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  0 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  5 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  1 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  1 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  4 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  1 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  5

Oybek Abdurahmonov: “Asosiy maqsad - ustozlar yo'lini davom ettirib, Jizzaxda futzalni rivojlantirish” Yangiliklar

Oybek Abdurahmonov: “Asosiy maqsad - ustozlar yo'lini davom ettirib, Jizzaxda futzalni rivojlantirish”

Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati o'z yakuniga etdi.

Debyut mavsumda “So'g'diyona” futzal jamoasi 4- o'rinda chempionatni yakunladi. Jizzaxlik ko'plab futzal muxlislari sevimli jamoasining g'alabali o'yinlaridan bahramand bo'ldi. Har bir uy uchrashuvida zalda bo'sh o'rindiq yo'q edi va bunga javoban futzalchilar o'z muxlislari qarshisida faqat g'alabalarni taqdim etishga harakat qilishdi. Ikkinchi davrada tarkibga kelib qo'shilgan futzal bo'yicha milliy terma jamoa futzalchilari g'alabalarga o'z hissalarini qo'shishdi va jizzaxlik ko'plab muxlislarning ko'nglidan joy olishdi. Mahalliy  yosh futzalchilar esa U-20 terma jamoasidan chaquruv olishdi. CHempionat yakuni bo'yicha “So'g'diyona” futzal jamoasi bosh murabbiyi bilan suhbatlashdik

Mavsum boshlanishi haqida
 
-CHempionat juda qiziqarli o'tdi. Albatta qiyinchiliksiz natijaga erishib bo'lmaydi. Debyut mavsumda ishtirok etdik. So'zsiz, mavsum boshida Jizzaxga ham futzal havosi kirib kelganidan xursand bo'ldik. Sababi ,Jizzaxda ko'plab futzal iqtidorlari bor. Mavsum boshida Samarqanda Federaciya Kubogini qo'lga kiritdik. Bu biz uchun birinchi sovrin edi. Jamoa tuzishda ustozim Sirojiddin Ergashev bilan asosan mahalliy futzalchilarga etibor qaratishga harakat qildik. Futzal bo'yicha terma jamoada ishtirok etgan yosh va iqtidorli futzalchi Botir Rizaev, Doniyor Toxirovlarni o'z viloyatlari shanini himoya qilishlari uchun ortga qaytardik. Ikkinchi davrada esa  Sohib Narzullaev ,Firdavs Ravshanov, Dilshod Rahmatov, Ilhom Hamroev kabi   tajribali futzalchilar bilan safimizni kengaytirdik.


G'alabalar sirlari

-Ikkinchi davrani 9-o'rindan davom ettirdik. O'yindan o'yinga jamoaviy o'yinni kuchaytirishga harakat qildik. Kamchiliklar ustida mashg'ulotlar davomida ishladik. Murabbiy sifatida shogirdlarimning o'yinidan qoniqdim. Nimaning evaziga g'alabalarga erishdik? Menimcha, ichki muhit va bir oila bo'la olganimizdan. Tajribali futzalchilar yoshlar bilan o'z tajribalarini bo'lishishdi. Ularni g'alabalar sari etakladi. Asosiy kuchni esa bizga muxlislar taqdim etdi. Uy yoki safar uchrashuvi bo'lishiga qaramay biz bilan birga bo'lishdi. Mag'lub bo'lsak bizni qo'llab-quvvatlashdi. Yolg'iz qoldirishmadi. O'yin davomida zalda ajoyib atmosferani taqdim etishdi. Har bir futzalchi bunday atmosferada o'yinashni xoxlaydi. Buning uchun ularga minnatdorchilik izhor etamiz.

Kelasi mavsumga tayyorgarlik haqida

-CHempionat yakunlandi va futzalchilar tatilga chiqdilar. Keyingi mavsumga esa tatildan so'ng tayyorgarlikni boshlaymiz. Albatta, jamoada o'zgarish bo'ladi va tarkibni kuchaytirish bo'yicha selekciyani boshlaymiz. Nasib etsa, yangi mavsumda kuchli uchlikka kirish uchun kurashamiz. Maqsadimiz, Jizzax futzali mavqeini ko'tarish va qaytarish. O'z oldimizga jiddiy maqsadni qo'ydik va kelasi mavsumda muxlislarga medallarni taqdim etishni xoxlaymiz.

SHu fursatdan foydalanib, bizni doimo qo'llab-quvvatlab kelgan mavsum davomida bizni faqat olg'a undagan “So'g'diyona” raxbariyatiga o'z minnatdorchiligimizni izhor qilamiz. Raxbariyatimiz biz uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Uy yoki safar o'yinlarimizda o'zlari ham bevosita qo'llab-quvvatlab turishdi. “So'g'diyona” futzal jamoasi nomidan raxbarlarimizga barchasi uchun  minnatdorchiligimizni izhor qilamiz-deydi «So'g'diyona»  futzal jamoasi bosh murabbiyi Oybek Abdurahmonov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика