Lyupcho Doriev "Paxtakor"ga qarshi o'yin, golsiz seriyasi va nega 14-raqamni yoqtirishi haqida gapirdi
16 avg 10:41
Yangiliklar
Lyupcho Doriev "Paxtakor"ga qarshi o'yin, golsiz seriyasi va nega 14-raqamni yoqtirishi haqida gapirdi
– Bugungi o'yin haqida fikringiz...
– Uchrashuvni yomon boshladik, lekin keyinchalik xatolarimizni tuzatishga harakat qildik. "Paxtakor" yaxshi o'yin namoyish etdi, ular g'alabaga munosib edi va men jamoani tabriklayman. Biz oldinga intilishda davom etamiz. Umid qilamanki, kelgusida hammasi yaxshi bo'ladi.
– Siz ketma-ket to'rt o'yindan beri gol ura olmayapsiz. Raqib darvozasini ishg'ol qilishingizga nimalar to'sqinlik qilmoqda?
– Menga buning ahamiyati yo'q. Men faqat yigitlarning, jamoaning g'alabasini xohlayman, lekin o'zim gol urmasam, ko'rib turganingizdek, qiyin bo'ladi. Ammo keyingi o'yinda gol uraman, degan umiddaman.
– Deyarli butun faoliyatingizni 14-raqamda o'tkazyapsiz. Bu raqam nimani anglatadi?
– Bu raqamda Terri Anri o'ynagan, u mening kumirim hisoblanadi, shu bois 14-raqamli libosda to'p tepaman.

Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar