So’nggi yangiliklar

20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  0 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  0 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  1 19:30Клопп янги ишида нима қилишини тушунтириб берди  1 19:05ФИФА соҳил футболи ва футзални Олимпиада дастурига киритишни таклиф қилади  0 18:39Ўзбекистон МТЖнинг Остон Ўрунов ва Аббос Файзуллаев қатнашмаган машғулоти  3 18:15Миллий терма жамоа лагеридан дараклар: Машарипов, Ўрунов ва Файзуллаев бугунги машғулотларда қатнашмади  11 17:47Рустам Ашурматов: "Хафамиз деёлмайман, лекин хурсанд ҳам эмасмиз"  11 17:25АПЛда сентябрь ойининг энг яхши мураббийи маълум  3 17:00Перес мегатрансферни режалаштирмоқда  8 16:37"Динамо" – "Навбаҳор" беллашувига ҳакамлар тайинланди  4 16:153 та клуб "Милан" футболчиси билан боғлиқ вазиятни кузатиб бормоқда  0 15:44АПЛ сентябрь ойининг энг яхши футболчисини аниқлади  2 15:22Шу кунлар ҳам келди: Англия терма жамоасида "Манчестер Юнайтед" футболчиси йўқ  9 14:55Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси ЖЧ-2026 саралашининг 3-тур рамзий жамоасидан жой олди  20

Otabek Valijonov: “Yaxshi natija ko'rsatishga harakat qilamiz” Yangiliklar

Otabek Valijonov: “Yaxshi natija ko'rsatishga harakat qilamiz”

Oliy liganing 28-turida “So'g'diyona” safarda “Navbahor”ga qarshi bahs olib boradi.

Birinchi davrada ushbu bahs 2:1 hisobida “So'g'diyona” foydasiga yakunlangan. Ertaga ushbu jamoalar o'rtasida  ikkinchi davrada  o'rin olgan bahs bo'lib o'tadi. Ayni paytga kelib turnir jadvalida xavfli xududida borayotgan jizzaxliklar uchun oldindagi uchta bahs hal qiluvchi o'yinlar bo'ladi.  

Ushbu bahslar va shuningdek “Navbahor” ga qarshi o'yindan  oldidan jamoamiz yarim himoyachisi Otabek Valijonovdan intervyu olishga qaror qildik.
 
“SO'G'DIYONA” JAMOASI BILAN BIZ BIR OILAMIZ

“So'g'diyona”ga kelishim bejiz emas. Jamoada ko'pchilik  futbolchilar bilan ham oldindan tanishmiz. Jamoadoshlarim bilan bir oilamiz va har doim bir maqsad sari olg'a yuramiz. Jizzaxga kelib , jamoa g'alabalariga o'z hissamni qo'shishni maqsad qilgan edim. Ammo omadsizliklar ham bo'lib turdi. Menimcha, “Bunyodkor”, “Paxtakor” ga qarshi ko'rsatgan  o'yinlarimizni har doim ko'rsata olgamizda edi hozirda yaxshiroq o'rinlarda bo'lgan bo'lar edik. Oldimizda yana  uchta o'yin  bor. Ularda ham shu o'yinlarimizni ko'rsata olsak, nasib bo'lsa yaxshi natijaga erishishga harakat qilamiz.


 “NAVBAHOR” DA TO'P SURGAN  PAYTLARIM  BAXTIYOR ASHURMATOVDAN KO'P NARSA O'RGANDIM

“Navbahor” men uchun juda qadrli jamoa. To'g'ri,“Navbahor”da bir muddat o'ynaganman va bu jamoaning o'rni futbolchilik faoliyatimda eng zo'ri bo'lgan deb ayta olaman.O'ylab qarasam , 2014-2015 yillarda Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi juda ajoyib jamoa yig'ilgan edik. “Navbahor” da to'r surgan paytlarim Baxtiyor Ashurmatovdan ko'p narsa o'rgandim  Afsuski, ayrim sabablarga ko'ra  jamoani tark etganman. SHundan so'ng,Baxtiyor Ashurmatov meni “Andijon”ga taklif qilgan va men o'z faoliyatimni “Andijon”da davom ettirganman. Bu insonning menga bildirilgan ishonchini oqlamoqchi bo'ldim va qachondir yana Baxtiyor Ashurmatov bilan birga bir jamoada faoliyat olib boraman deb umid qilaman.

“NAVBAHOR” YAXSHI SHAKLLANGAN JAMOA


 “Navbahor” millliy chempionatimizdagi eng kuchli jamoalardan biri. Juda chiroyli o'yinlarni namoyish etmoqda,yaxshi shakillangan jamoa. Sobiq jamoadoshlarimga qarshi o'ynash har doim qiyin bo'ladi. Hozirgi kunda men jizzaxliklar sharafini himoya qilmoqdaman. Albatta, futbolchi sifatida qaysi jamoada to'p tepmay, murabbiy ko'rsatmalariga to'liq amal qilgan holda bor kuchimni jamoa g'alabalari yo'lida ayamayman. “Navbahor”ga chaqirilganmidim?Yo'q 2017 yilda jamoaga chaqirilmaganman. Bundan xafa bo'lmaganman. CHunki,har bitta murabbiy o'z qarashlari bo'ladi va o'z rejasi bo'ladi. Bu jamoaning har bitta o'yinini kuzatib boraman va imkon bo'lsa bevosita stadiondan ham kuzatib turaman.


12 TA JAMOA  QOLISHI TO'G'RI , AMMO...

Bu qaror 2019 yildan kuchga kirganida mening fikrimcha jamoalar o'rtasidagi raqobat yanada kuchayar edi. Nima bo'lgan taqdirda ham men va jamoadoshlarim UFF tomonidan  va chiqarilgan har bir qarorga hurmat bilan qaraymiz.  

MUXLISLARGA TILAKLARIM

Muxlislarimga tilaklarim hamisha sog' -salomat bo'lishsin. Omad  ularni xech qachon tark etmasin. Muhlislarni menga bildirayotgan ishonchini oqlashga harakat qilaman.

“So'g'diyona” matbuot xizmati

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика