Valijon Rahimov: "Nima uchun o'zimni ko'rsata olmaganimni haligacha tushunib etmadim"
17 iyu 09:52
Yangiliklar
Valijon Rahimov: "Nima uchun o'zimni ko'rsata olmaganimni haligacha tushunib etmadim"
Yozgi transferlar oynasida "Andijon" jamoasini darvozabon Valijon Rahimov tark etdi.
Futbolchi jamoadagi faoliyati haqida fikrlarini bildirdi.
"Jamoaning ashaddiy ishqibozlaridan minnatdorman. Ular qiyin paytda qo'llab-quvvatlashdi. Kerak paytda yonimizda turishdi. Men buni ich-ichimdan his qildim. Shuning uchun ularga katta rahmat aytaman.
Nega o'zimni ko'rsata olmaganimni o'zim ham haligacha tushunib etmadim. Ammo shuni tushundimki, yanada ko'proq mehnat qilish va astoydil ter to'kish kerak.
Shu o'rinda, “Andijon” jamoasidagi barchaga, jumladan rahbariyat, murabbiylar, futbolchilar, muxlislar va klub xodimlariga rahmat aytaman va ularga ikkinchi davrada hamda Osiyo Chempionlar ligasida omad tilayman",- deydi Valijon Rahimov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar