Bortida Otabek SHukurov bo'lgan samolyotni chaqmoq urdi
12 may 15:37
Yangiliklar
Bortida Otabek SHukurov bo'lgan samolyotni chaqmoq urdi
Bortida Turkiyaning "Kayserispor" klubi futbolchilari bo'lgan samolyotga chaqmoq tushdi.
Jamoa Turkiya Superligasi 36-tur doirasidagi "Fenerbaxche"ga qarshi o'yin uchun Istanbulga uchayotgandi.
SHundan so'ng reys bekor qilindi. Pilotlar ortga qaytgan holda aeroportga favqulodda qo'nishni amalga oshirishdi.
Yo'lovchilar orasida jabrlanganlar yo'q. Jamoa Istanbulga boshqa reys bilan uchib ketdi.
Eslatib o'tamiz, "Fenerbaxche" — "Kayserispor" o'yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi. Mehmonlar safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Otabek SHukurov to'p tepadi.
Fikrlar