So’nggi yangiliklar

16:28"Андижон" "Одил Аҳмедов ФА"га мағлуб бўлди  1 16:01Роналду билан шов-шувли интервьюлар уюштирган Пирс Морган Салоҳни суҳбатга таклиф этди  0 15:35Англия терма жамоаси футболчиси барда бир кишини боши билан ургани учун ҳибсга олинди  0 15:04"Тоттенхэм" ҳимоячиси январгача сафдан чиқди  0 14:34"Барселона" ҳимоячиси Мартин: "Айнтрахт" Франкфуртга қарши ўйинда очко йўқотишга ҳаққимиз йўқ"  1 14:05Каррагер: "Салоҳ "Ливерпул"га қўшилишидан олдин "Челси"да муваффақиятсизликка учраган одам сифатида танилганди"  12 13:37Жалолиддин Машариповга водий жамоаларидан қизиқиш бор, бироқ...  4 13:10Суперлига-2025. Автоголлар статистикаси  0 12:50TVCOM'да бугунги ўйинлар: ЕЧЛ қайтди ва бошқалар  0 12:27Transfermarkt: Ўрунов — Эрон чемпионатининг энг қиммат футболчиси, Машарипов ўнликда  5 11:53Зидан "Реал"га мураббийлик қилиш ниятида эмас  3 11:17"Манчестер Сити" ҳимоячиси кулгили тарзда жароҳат олди  4 10:45"Челси" етакчиси EЧЛнинг навбатдаги турида майдонга тушмайди  0 10:14"Андижон" футболчиси: "Мураббий билан ҳаммаси яхши кетяпти"  5 09:25"Ливерпуль" Салоҳнинг ўрнига Германиядан футболчи топиб қўйди  6

Otabek Narzullaev: "Qarshi hujum taktikasida o'ynab g'alaba qozondik" Yangiliklar

Otabek Narzullaev: "Qarshi hujum taktikasida o'ynab g'alaba qozondik"

Superliga 28-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Mashal" (1:2) uchrashuvidan so'ng "Mashal" bosh murabbiyi Otabek Narzullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Qiyin o'yin bo'lishini bilardik. "Nasaf" kuchli jamoa va buni hamma biladi. "Nasaf" chempionlikni saqlab qolish yo'lida harakat qilyapti. O'z o'rnida bizga ham ochko kerak, chunki Superligada qolish uchun kurash olib boryapmiz. Biz uchun har bir o'yindagi ochko muhim. Bugun qarshi hujum taktikasida o'ynab g'alaba qozondik. Ushbu yutuq bilan barcha muborakliklarni tabriklayman.

- Intervyularingiz birida Qashqadaryo chempion bo'lishini xohlayman degandingiz. Lekin bugungi g'alaba o'sha gapga to'siq bo'lgandek.

- Har bir Qashqadaryo ahli chempionlik shu erda qolishini xohlaydi. Hozir ham shu fikrimda qolaman. Farg'onalik muxlis yoki murabbiydan so'rasangiz, ular chempionlik Farg'onaga kelsin deydi. Bu futbolda normal holat. Mening gaplarimni jurnalistlar qanday talqin qilgan bilmayman. Men "Nasaf" o'z kuchi bilan chempionlikni saqlab qolsin deganman. Lekin bu boshqalar yordam bersin manosini bermaydi. Futbolda hammamizning o'z ishimiz bor.

- "Mashal" jamoasining oxirgi 4-5 o'yindagi tarkibini oladigan bo'lsak, bugun noodatiy tarkib maydonga tushdi. Asosiy futbolchilarga dam berib, yoshlarni maydonga tushirdingiz. Bu esa g'alabaga olib keldi. Bu strategiya mashg'ulotlar paytida shakllandimi?

- Birinchi taymda muvozanatni saqlab ikkinchi taymda agressiv hujumga chiqishimiz kerak edi. "Nasaf" o'z maydonida to'p tepishini hisobga olib, qarshi hujum taktikasini belgiladik. Bugun payti ekan yoshlarga imkon berdik. Futbolda almashtirib bo'lmas o'yinchi yo'q, kim tayyor bo'lsa shu o'ynaydi.



- Umar Aminovning harakatlari haqida?

- Umar kreativ futbolchi. U kerakli paytda to'pni o'zida saqlab, jamoadoshlariga vaqtida uzatdi.

- Voha derbisi tarixidagi eng qattiq o'yin bugun bo'ldimi?

- Bosh murabbiy sifatida men uchun shunday bo'ldi.

- Milliy terma jamoamizga yangi murabbiy tayinlandi. Fabio Kannavaro ko'p stadionlarga borib o'yinlarni kuzatyapti. Kannavaro stadionlarga borishni boshlaganidan beri autsayderlar ham ancha jonlanib qoldi va quyi o'rindagilar ochko yig'ishni boshladi. Bosh murabbiyning stadionlarga borishi futbolchilarga qo'shimcha motivaciya beryaptimi?

- Kimdir o'zini ko'rsata olmay turgan bo'lishi mumkin va terma jamoa bosh murabbiyi kelsa bu ham unga qo'shimcha ruhiyat beradi. Hammaning terma jamoada o'ynagisi keladi. Masalan, mening ham orzum terma jamoada ishlash desam bo'ladi. Bosh murabbiyning o'yinlarga borishi qaerdadir foydaga ishlasa, qaerdadir zararga ishlaydi. Masalan, uyda "Xorazm" bilan o'ynaganimizda yutqazib qo'ydik.

- Bugungi g'alaba rejangiz asosida qo'lga kiritildimi yoki tasodifmi?

- Buni tasodif demagan bo'lardim. Biz ikkinchi jamoa bo'lib o'ynashimizni bilardik. "Nasaf"ni hurmat qilgan holda bir ochko uchun bo'lsa ham maydonga chiqqandik. Omadimiz kelib yutib ketdik.

Reyting: +5   

Fikrlar

   
09 noy 08:24:00
Фарход
Текшириш керак охирги 4 тур уйинларини, кечирасизлар , минг узур бу АПЛ эмас, сенсацион натижалар, подозрительный чёта, .
   
09 noy 03:03:27
Nodirbek Axmedov
Қуйсангчи, Нортой....
   
09 noy 00:09:53
leva8989
Mashal bir yutmasin ekanda...Bekor yutdida,endi kottalar,Paxtakor va Neftchi aybdor...xD
-1   
08 noy 23:45:46
Жамшид Jamshid
Насаф ютаман деганда ютарди. Битта футболчи тугрисида савол берган журналист уша футбол эчини таниш ёки Бир нарсаси бор бекорга савол беришмиди.
-1   
08 noy 23:42:00
Real16
Omadimiz kelibmas shunchaki Mashalni saqlab qolyapmiz. Bunig uchun Kattalarga raxmat ayting. Piliyoffda uynab yurardiz Aral bilanmi Loka bilanmi shurarniyam yutishizga ishonch yuq. Raxmat deb quying. Nasaf afsuslanmadiyam shunchaki kulib quydi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика