So’nggi yangiliklar

02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  23 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  0 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  0 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарий бошқача кечиши мумкин эди"  0 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  0 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  9 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  9 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  3 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3

Otabek Narzullaev: "SHo'rtan"ning o'z uslubi bor" Yangiliklar

Otabek Narzullaev: "SHo'rtan"ning o'z uslubi bor"

“SHo'rtan” - “Bunyodkor” jamoalari o'rtasidagi tomoshabop uchrashuvida qozonilgan g'alabadan so'ng mezbonlar chap qanot himoyachisi Otabek Narzullaev qisqa suhbat qurdi.

-   Otabek,  “SHo'rtan” bo' yilgi mavsumni ko'tarinki ruhda boshladi,  turlar davomida yuqori o'rinlar  uchun kurasha olishini isbotlayapti. Jamoangizning ishonchli o'yinlariga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?  
- To'g'ri aytasiz,  jamoamiz chindan ham ancha mazmunli o'yinlarni boshdan o'tkazayapmiz. Jamoamiz futbolchilarning  g'alaba bo'lgan ishtiyoqlari baland. Har-bir bahsda faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Ishonchli o'yinlarimizning sababi oddiy, biz bir jamoamiz.  “SHo'rtan” jamoasi shani munosib himoya qilish birinchi galdagi burchim deb hisoblayman.


- Siz jamoada chap qanot himoyasida harakat qilasiz, ammo qarshi hujumlarda faollikni oshirasiz o'z maydonlaringizda ikki uchrashuvida yani  “Lokomotiv” va “Bunyodkor” jamoalariga qarshi  bahsda guvoh bo'ldim-ki, chap qanotdan  hujumlarga ishtirok etib,  sheriglaringiz aniq uzatmalaringiz evaziga jamoadoshingiz Umar Eshmurodov gol bilan yakunladi?
- “SHo'rtan” jamoasining aksariyat hujumlari qanotlar faolligida oshiriladi. Muxlislar ham maydondagi  hujumkor futbolni xush ko'rishadi. Murabbiymiz aytgandek, tezkor futbol faollikni talab qiladi. Bizning o'z uslubimiz. Jamoaviy o'yinimiz bor, taktik jihatdan ham o'sish kuzatilmoqda.


- O'z o'yingiz aql bovar qilmas darajada yaxshilandi. Buni his qilayapsizmi?
- Nihoyat asl o'yinimni topganga o'xshayman. Bu o'z kuchimga bo'lgan ishonchni ortishi bilan bog'liq. Zero, ishonch har bir futbolchiga juda zarur. Bilasizmi, o'zingga ishongan taqdirda xatto harakatlaring qovushmasa yoki bir maromini ushlolmasang ham o'z saviyangdan pastga tushmaysan.   

- “Bunyodkor” jamoasi bilan kechgan uchrashuv haqida to'xtalib o'tsangiz?
- O'yin og'ir bo'lishni his qilardik, “Bunyodkor”da yosh iqtidorli futbolchilar yig'ilgan. Har ikki jamoaga g'alaba juda zarur edi. SHu bois jamoalar maydonga kuchli ishtiyoq bilan tushishdi. SHiddatli uchrashuvda birgina imkoniyatdan foydalanib, yakunda g'alabaga erishdik.

Fahriddin CHoriev suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика