So’nggi yangiliklar

01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  1 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  6 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  1 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  5 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  9 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  3 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  36 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:49"Манчестер Сити"нинг машҳур спорт директори клубни тарк этяпти  4 19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  5 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  43 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2

Osiyo Kubogi. Dramatik bahsda Qatar g'alaba qozondi va finalga yo'l oldi Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Dramatik bahsda Qatar g'alaba qozondi va finalga yo'l oldi

Osiyo kubogining ikkinchi yarim final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Osiyo kubogi-2023
Eron - Qatar 1:0
7 fevral, 2024 yil. "Al Tumama" stadioni. 20:00 (Toshkent vaqti)
Gollar: 1:0 – 4 Azmun, 1:1 – 17 Gaber, 1:2 – 43 Afif, 2:2 – 51, penalti Djaxanbaxsh, 2:3 – 82 Ali.

Eron – Beyranvand, Rizoyan (Moganlu, 87), Xalilzoda, Kanaanizadegan, Xoji Safi (Muhammadi, 46), Ibroximi (Moxebi, 46), Izzatulloxi, Jaxonbaxsh, Xaddos, Taremi (Asadi, 90), Azmun.

Qatar – Barsham, Ro-Ro (Salmon, 64), Lukas Mendes, Ali (Xuxi, 68), Ahmad (Muhammad, 46), Abdulvaxob, G'aber (Xotim, 81), Fataxi, Abdurizag (Al Xaydos, 63), Akrom Afif, Almoez Ali.

Ogohlantirishlar: Torabi (18), Xoji Safi (21), Almaxdi Ali (40), Fataxi (50).

CHetlatish: Xalilzade (90).


Iran

Sardar Azmoun - 4', Alireza Jahanbakhsh - 51'

Asian Cup Final Stage . Semi Finals-tur

07/02/2024, 19:00

3
:
2
Tugadi

Qatar

Jassem Gaber - 17', Akram Afif - 43', Almoez Ali - 82'

Stadion: Al Thumama Stadium, 40342 tomoshabin

45'
90'
4'  Sardar Azmoun
18'  Mehdi Torabi
21'  Ehsan Haji Safi
46'  Ehsan Haji Safi (Milad Mohammadi)
46'  Omid Ebrahimi (Mohammad Mohebi)
51'  Alireza Jahanbakhsh
87'  Ramin Rezaeian (Shahriar Moghanlou)
90'  Shoja Khalilzadeh
90'  Mehdi Taremi (Reza Asadi)
17'  Jassem Gaber
17'  Akram Afif
40'  Almahdi Ali Mukhtar
43'  Akram Afif
43'  Ahmed Fathi
46'  Homam Elamin (Ismael Mohammad)
50'  Ahmed Fathi
63'  Yusuf Abdurisag (Hassan Al Haidos)
64'  Pedro Miguel (Tarek Salman)
68'  Almahdi Ali Mukhtar (Boualem Khoukhi)
81'  Jassem Gaber (Abdulaziz Hatem)
82'  Almoez Ali
82'  Abdulaziz Hatem
89'  Tintin Marquez


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


90+17-daqiqa. Bo'ldi, yana bir burchak zarbasidan keyin to'p Akrom Afifga kelib tushgach, hakam final hushtagini chaldi. Qatar — Osiyo Kubogi finalchisi!

90+13-daqiqa. Alirizo Beyranvand ham raqib jarima maydonchasiga etib keldi.  

90+11-daqiqa. To'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Qatar hech qaerga shoshmayapti, Eron termasi ustozi esa qo'lida yo'q soatiga ishona qilib, bunga etibor qaratishni so'ramoqda. 

90+8-daqiqa. O'zgarish! Mehdi Taremi o'rniga Rizo Asadi maydonga tushirildi. 

90+5-daqiqa. Eron taslim bo'lmayapti... 

90+3-daqiqa. QIZIL KARTOCHKA! SHojai Halilzodaga Akrom Afifga nisbatan qo'polligi uchun berilgan sariq bekor qilinib, qizil kartochka ko'rsatildi!

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 13 daqiqa qo'shib berildi!

88-daqiqa. Afifga nisbatan fol. Akrom vaqtdan yutish uchun yaxshi imkoniyat yuzaga kelganini tushunib turibdi... yoki yotibdi.

Har ikki jamoa imkon topildi deguncha, hujumga o'tib, gol urish uchun o'ynayotganini takidlash lozim. 

82-daqiqa. GOOOOOOOL! Almoez Ali katta sahnaga chiqmoqda. Uning aniq zarbasi Qatarni yana oldinga olib chiqdi — 3:2.

78-daqiqa. Eronning bosimi tobora kuchayib bormoqda, ammo oxirgi pallada nimadir etishmayapti. 

75-daqiqa. Xavfli vaziyat! Hozir himoyachilarning jonbozligigina Eron hisobda oldinga chiqib olishiga yo'l qo'ymadi. 

74-daqiqa. Azmunga nisbatan fol qayd etildi. Qatar darvozasi oldida yana bir standart vaziyat.

68-daqiqa. O'zgarish! Qatar safida yana o'zgarish. Almaxdi Ali o'rniga Bulaem Xuxi o'yinga qo'shildi.

63-daqiqa. O'zgarishlar! Yussuf Abdurizoq va Pedru Migel o'rniga Hasan Al Xaydos va Tariq Salmon maydonga tushirildi.

Hasan Al Xaydos taxminan 5 daqiqadan buyon maydonga tusha olmayapti...

53-daqiqa. O'yin tempi bir oz tushgandek. 

Endi Eron bo'lim startida gol urdi va muvozanatni tikladi. Buyog'iga o'yin yanada qiziydi. 

Zarbani Alirizo Jahonbaxsh amalga oshiradi. Zarbaa va GOOOOOOL! 

Bosh hakam Axmad Alali qayta-qayta ko'rib, penalti (!) belgilashga jazm qildi! 

Uxx! Ular bosh hakamga o'zing ko'raqol deyishdi... 

O'yinda pauza yuzaga keldi. Hozir hamma VARxonadagilarning malumotini kutmoqda.   

Eron darhol hujumga tashlandi va burchak zarbasi ishlab oldi. Uzatmadan keyin eronliklar ketma-ket zarba yo'llashga urinishdi... Yana hakamga penalti belgilash kerak, deb yuzlanishmoqda.   

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Bo'ldi, hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi va jamoalarni tanaffusga taklif qildi.

45+5-daqiqa. Eron yana bir burchak zarbasini amalga oshiradi.  

VAR vaziyatni ko'rib chiqdi va penalti belgilashga asos yo'q deb hisobladi. 

45+2-daqiqa. Burchakdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'llashga urinishdan keyin eronliklar hakamdan penalti so'rashmoqda...  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

43-daqiqa. GOOOOOOOL! Akrom Afifdan ajoyib gol! Qatarliklar oxirigacha o'ynashdi va Afif individual harakatlar evaziga juda chiroyli gol muallifiga aylandi. Qoyil qolmay iloj yo'q.  

40-daqiqa. Ogohlantirish! Aynan Almaxdi Ali Azmunga nisbatan qo'polligi uchun sariq kartochka bilan "mukofotlandi". 

39-daqiqa. Pressingda yaxshi harakat qilgan qatarliklar to'pni olib qo'yishdi va Almaxdi Ali zarba berib, omadini sinab ko'rdi. 

32-daqiqa. Xavfli vaziyat! Kutilmaganda yuzaga kelgan qarshi hujumda Akrom Afif qulay nuqtaga chiqib bordi, himoyachining qarshiligiga qaramay, zarba yo'lladi, qaytgan to'pni yana darvozaga qarab tepdi, ammo, lekin, biroq... Birinchisida himoyachilar to'g'anoq bo'ldi, ikkinchisida to'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.   

27-daqiqa. Xoji Safidan to'pni olib qo'ygan Almoez Ali Qatarning xavfli hujumini boshlashi mumkin edi, biroq keragidan ko'p shoshildi va Afifga uzatmasi o'xshamadi. 

23-daqiqa. "Barselona" uslubida himoyadan chiqib ketmoqchi bo'lgan Eron oxiri to'pni maydon tashqarisiga yo'naltirdi.

21-daqiqa. Ogohlantirish! Ehson Xoji Safi to'pni raqibga sovg'a qildi va uni qo'pollik bilan to'xtatishga majbur bo'ldi. Vaziyatdan uzoq bo'lmagan hakam ikkilanib o'tirmay himoyachiga kartochka ko'rsatdi.  

18-daqiqa. Ogohlantirish! Bosh hakam Mexdi Torabiga sariq ko'rsatdi. 

18-daqiqa. GOOOOOOOL! Afifning uzatmasidan keyin Jassim Abdulsallam zarba yo'lladi, to'p yo'l-yo'lakay himoyachiga tegib, darvoza to'riga borib tushdi — 1:1.

16-daqiqa. Uxx! Sal qolishiga, sal qoldi... Qatarliklar baxtiga himoyachi to'pga eta oldi.  

10-daqiqa. Afif qanotdan to'pni jarima maydonchasi tomon yo'lladi, lekin Beyranvand ishonchli harakat qilib, uni egallab oldi. 


Jaxonbaxsh to'pni autdan tashlab berdi, Izzatulloxi to'pni uzoq burchakdagi Azmunga o'tkazdi, Serdar himoyachi bilan kurashda dastlab zarba bera olmadi, ammo hujumchi yiqilayotganda o'ta chiroyli zarba bilan o'z niyatiga etdi!

4-daqiqa. Birinchi gol o'zini uzoq kuttirmadi, Azmun Eronni oldinga olib chiqdi! 

1-daqiqa. Demak, o'yin boshlandi! 

Eslatib o'tamiz, kecha birinchi yarim finalda Iordaniya terma jamoasi sensacion tarzda Koreya Respublikasi terma jamoasini taslim qilib finalga chiqdi - 2:0.

Osiyo kubogi-2023. Eron - Qatar uchrashuviga hakamlar tayinlandi

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика