So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Osiyo Kubogi-2019. Janubiy Koreya - Filippin 1:0. O'yindan keyingi fikrlar Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019. Janubiy Koreya - Filippin 1:0. O'yindan keyingi fikrlar

"C" guruhi jamoalari Osiyo Kubogida dastlabki turni o'tkazishdi. Janubiy Koreya ilk o'yinda kichik hisobda g'alabaga erishdi.

Bahs nihoyasiga etgach koreyaliklar ustozi Paulu Bentu quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Biz o'yinni to'liq nazorat qilishga harakat qildik. Lekin raqib ham yaxshi himoyalangani uchun bo'sh zonalarni topish qiyin kechdi. Gol urganimizdan so'ng yanada erkinroq harakat qila boshladik va raqib himoyasida bo'shliqlar yuzaga keldi. CHunki gol o'tkazgach Filippin hujumga o'tishga majbur bo'ldi".

- Sizningcha, ikkinchi taym birinchi taymga nisbatan oson o'tdimi? 

- Men bunday demagan bo'lardim. CHunki futbolga to'liq 90 daqiqa qaragan maqul. Ikkinchi taymda gol urganimiz bu bo'lim ancha oson kechganini bildirmaydi. Futbol boshidan oxirigacha qiyin o'ynaladigan o'yin.

- Janubiy Koreyani boshqarishni boshlaganingizdan beri jamoa 7ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Bugun esa birinchi rasmiy o'yin bo'ldi.
- Ha, shunday. O'rtoqlik o'yinlarida har doim bemalol harakat qilasan. Rasmiy bahslarda esa bosim yuqori bo'ladi. O'rtoqlik uchrashuvida siz ikki-uchta gol urishingiz mumkin. Lekin buning uchun hech qanaqa ochko yozilmaydi. Hammasi rasmiy o'yinlarga bog'liq. Men uchun muhimi hisob qanday bo'lmasin, uch ochkoni qo'lga kiritish.

O'z navbatida Filippin terma jamoasini boshqarayotgan Sven-Goran Eriksson ham o'yindan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yindan oldin aytganimdek, bizning bu erga kelganimizning o'ziyoq katta bayram. Filippin o'z tarixida birinchi marta shunday nufuzli musobaqada ishtirok etyapti. Endi o'yin haqida gapiradigan bo'lsam, kuchli raqibga qarshi bahs olib borib, kichik hisobda yutqazib qo'ydik. Janubiy Koreya kuchli jamoa va ularga qarshi o'ynash oson emas. Endi keyingi ikkita bellashuvda o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz".

- Zaxiradan tushganlar o'yinni kuchaytirdimi?
- Hamma yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qildi. Menga to'rt nafar yarim himoyachimizning o'yini yoqdi. Zaxiradan tushganlar ham o'zlarini yaxshi ko'rsatishdi.

- Nima deb o'ylaysiz, jamoangiz keyingi turda Xitoyga qarshi qanday o'yin ko'rsatadi?
- Biz to'p bilan ko'proq muomala qilishni xohlaymiz. Lekin buning iloji bo'ladimi yo'qmi, bilmayman. CHunki Xitoy ham xuddi Janubiy Koreyaga o'xshab hujumkor futbol o'ynaydigan jamoa. Biz bu turnirda avvalo o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilishimiz kerak.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика