So’nggi yangiliklar

07:34Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб учрашув бўлиб ўтади  1 00:46Кушанашвили Валерий Карпиннинг ўзини тутиши ҳақида: "Бу мачо ўйини, у доимо журналистларга қўполлик қилади, ўзини ҳаммадан зукко деб ҳисоблайди"  0 00:20"Реал" Родригoни 80 миллион евродан камига сотмайди  3 23:32Эрон нашрлари Машарипов жароҳати жиддий деб ёзишмоқда. Футболчи бу саволга ўзи жавоб берди  9 23:24"Милан" ва "Ал Ҳилол" қизиқаётган Нуньес мавсумолди ўйинларида 5 та гол урди, у ўтган мавсум АПЛда шундай натижа қайд этган эди  0 23:04Ўртоқлик ўйини. "Ливерпуль" Ла Лига жамоасини таслим қилди, мухлислар 20-дақиқада Жота хотирасига бир дақиқа қарсак чалишди  0 22:15Шешко МЮга ўтишни хоҳлаяпти, аммо "Ньюкасл" вариантига ҳам қарши эмас  0 21:31Лука Модрич: "Мен 13 йилни дунёнинг энг буюк клубида ўтказдим, энди эса ўтмишда ҳозирги "Реал" даражадаси бўлган клубга келдим"  6 20:48"Ал Насср" Роналду орқали МЮ собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олиши мумкин  1 19:59Миш-мишларга чек қўйилди: Лунин Мадридда қолади  0 19:33"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи: "Менга кўп футболчилар керак эмас"  5 19:05ТОП-5 қачон бошланади? Жамоалар янги мавсумга қандай тайёрланмоқда?  6 18:40Легионер посбон, Фарғонада ютган мураббий, дублга эришган футболчи ва собиқ клубига гол урган ҳужумчи — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари   2 18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  2 18:10Плетнёв, Таҳсин, Токотаев, Санчес... Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси   9

Osiyo Kubogi-1988. Saudiya Arabistoni va Karlos Alberto Parreyradan "dubl" Yangiliklar

Osiyo Kubogi-1988. Saudiya Arabistoni va Karlos Alberto Parreyradan "dubl"

Xabaringiz bor, 2019 yilning 5 yanvarida Birlashgan Arab Amirliklarida hisob bo'yicha XVII Osiyo Kubogi start oladi.

SHu munosabat bilan o'quvchilarimizga oldingi 16ta qita chempionati haqida malumotlar berib borishga qaror qildik.

Dastlabki sakkizta Osiyo Kubogi haqida malumot bergan edik. 


Osiyo Kubogi-1960. Janubiy Koreya ikki karra qita chempioni

Osiyo Kubogi-1956. Dastlabki musobaqada Janubiy Koreya g'olib

Osiyo Kubogi-1964. Uchinchi urinishda chempion bo'lgan Isroil

Osiyo Kubogi-1968. Eron ham o'z uyida chempion

Osiyo Kubogi-1972. Final o'yini bo'lgan dastlabki chempionat

Osiyo Kubogi-1976. Erondan “xet-trik” + VIDEO

Osiyo Kubogi-1980. Karlos Alberto Parreyra boshchiligidagi Kuvayt o'z uyida chempion 

Osiyo Kubogi-1984. Debyutant Saudiya Arabistoni – chempion


Bu safar 1988 yilgi chempionatga sayr qilamiz.

1988 yilgi qita chempionati Qatarda o'tkazilgan. Bu musobaqada ham o'tgan safargidek 10ta jamoa ishtirok etdi, 5tadan jamoa ikki guruhga bo'lingan holda chempionlik uchun kurash olib borishdi. Bu Osiyo Kubogida Qatar, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Suriya, Kuvayt, Bahrayn, Janubiy Koreya, Eron, BAA va Yaponiya terma jamoalari qatnashishdi.

Saralashda Iroq, Singapur, Ummon kabi terma jamoalar turli sabablarga ko'ra ishtirok etishmadi. Mezbon Qatar va o'tgan musobaqa chempioni Saudiya Arabistoni saralashdan ozod etilgan edi.

Dekabrda tashkil etilgan musobaqa Doxa shahridagi “Al Ahli” va "Qatar SK" stadionlarida bo'lib o'tdi.

Finalda Karlos Alberto Pareyra boshchiligidagi Saudiya Arabistoni terma jamoasi Janubiy Koreya bilan to'qnash keldi. Franciyalik Maykl Vutrot hakamlik qilgan Hal qiluvchi bahsda hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida arablar 4:3 hisobida zafar quchib ketma-ket ikkinchi bor Osiyo chempioni bo'lishdi. 1980 yilda Kuvayt bosh murabbiyi sifatida Osiyo Kubogida g'olib bo'lgan braziliyalik Karlos Alberto Parreyra uchun ham bu ikkinchi chempionlik bo'ldi.

Osiyo Kubogi-1988
Mezbon mamlakat
: Qatar
Muddati: 2–18 dekabr
Jamoalar soni: 10ta
Mezbon shahar: 1ta

Musobaqa statistikasi:
O'yinlar soni: 
24ta
Gollar soni: 40ta (o'rtacha 1,67tadan)
To'purarlar: Li Te Xo (Janubiy Koreya) - 3ta gol
Eng yaxshi futbolchi: Kim Ju Sung (Janubiy Koreya)
Eng yaxshi darvozabon: Zang Xuikang (Xitoy)



Yarim final
Janubiy Koreya - Xitoy 2:1 (qo'sh.vaqt)
Gollar:
Li Te Xo 93, 103 - Mai CHao 100

Saudiya Arabistoni - Eron 1:0
Gol: 
Abdulloh 16

Uchinchi o'rin uchun o'yin
Xitoy - Eron 0:0 (penaltilar seriyasi 0:3)

FINAL
Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni 0:0 (penaltilar seriyasi 3:4)
18 dekabr 1988. Doxa. "Al Ahli" stadioni. 20000 tomoshabin
Bosh hakam: 
Maykl Vutrot (Franciya)

Janubiy Koreya: CHo Byung Deuk, Park Kyung Xun, CHung Yung Xvan, CHo Yun Xvan, Gu Sang Bum, Yeo Bum Kyu, CHo Min Kuk, CHung Xe Vun, Xam Xyun Gi (Byung Byung Ju, 49), Xvang Sung Xong (Li Te Xo, 58), Kim Ju Sung.
Bosh murabbiy: Lu Xoe Taik (Janubiy Koreya)

Saudiya Arabistoni: Abdulloh Al Deayya, Abdulloh Al Dosari, Ahmad Jamil Madani, Salih Nueimeh, Muhammad Abd Al Javad, Solih Al Solih, Fahad Al Bishi, Fahad Al Musaibeax, Majid Abdulloh, Yusuf Al Tunayan (Yussuf Al Dossari, 105), Saad Al Dossari (Muhaysin Al Jamaan, 72)
Bosh murabbiy: Karlos Alberto Parreyra (Braziliya)




Osiyo Kubogi-1984 chempion tarkib
Darvozabonlar

Abdulloh Al Deayya
Xolid Al Sabyani

Himoyachilar
Abdulloh Al Dosari
Ahmad Jamil Madani
Solih Nueimeh
Muhammad Al Javad
Hussayin Al Bishi

Yarim himoyachilar
Solih Al Mutlaq
Fahad Al Bishi
Fahad Al Musaibeah
Yusuf Al Tuanayan
Xolid Al Muvallid

Hujumchilar
Saad Muborak Al Dosari
Majid Abdulloh
Muhammad Al Suvaiyed
Muhaisen Al Jaman
Yusuf Jazea Al Dosari
Bosh murabbiy: Karlos Alberto Parreyra (Braziliya)


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика