So’nggi yangiliklar

02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  4 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  3 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  2 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  3 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  3 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  21 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  466 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  6 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2

Osiyo kubogi-1968. Muammolar girdobidagi Eron "Oltin davr"ini chempionlik bilan boshladi Yangiliklar

Osiyo kubogi-1968. Muammolar girdobidagi Eron "Oltin davr"ini chempionlik bilan boshladi

Ushbu Osiyo kubogi guruh formatida o'tkazilgan va final o'yini bo'lmagan oxirgi musobaqa bo'ldi.

Dastlabki uchta chempionatda 4 tadan jamoa ishtirok etgan bo'lsa, Erondagi musobaqada 5 ta terma jamoa qatnashdi. 

Mezbonlardan tashqari qita chempionatida Burma (hozirgi Myanma), Isroil, Tayvan (Xitoy OFKga hali azo bo'lmagani sababli uning nomidan Tayvan qatnashardi) va Gonkong terma jamoalari Osiyo Kubogi uchun kurashishdi. Saralash bosqichi oldingilari kabi barcha uchun teng bo'lmagan. Masalan, Xitoy Osiyo kubogiga chiqish uchun Yaponiya, Janubiy Koreya kabi jamoalarni ortda qoldirgan bo'lsa, Isroil terma jamoasi Kuvayt, Afg'oniston, Iroq kabi jamoalar ularga qarshi o'ynashdan bosh tortgani sababli to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega chiqqan. SHuningdek, mazkur turnirda uchrashuvlar ilk marotaba 80 emas, 90 daqiqadan davom etadigan bo'ldi.

Saralash bosqichi

#

G'arbiy zona

O'

YU

D

M

T-N

O*

1

Burma (Myanma)

3

3

0

0

5-0

6

2

Kambodja

3

2

0

1

4-2

4

3

Pokiston

3

0

1

2

1-4

1

4

Hindiston

3

0

1

2

2-6

1


#

Markaziy zona

O'

YU

D

M

T-N

O*

1

Gongkong

4

4

0

0

9-1

8

2

Tailand

4

2

0

2

5-4

4

3

Janubiy Vetnam

4

2

0

2

4-4

4

4

Malayziya

4

1

1

2

4-5

3

5

Singapur

4

0

1

3

2-10

1


#

SHarqiy zona

O'

YU

D

M

T-N

O*

1

Tayvan

4

3

1

0

15-4

7

2

Yaponiya

4

3

1

0

8-4

7

3

Janubiy Koreya

4

1

1

2

9-4

3

4

Indoneziya

4

1

1

2

10-6

3

5

Filippin

4

0

0

4

0-24

0

* - o'sha paytda g'alaba uchun 2 ochko berilgan. 

Eron musobaqadan ilgari bir qancha muammolarga duch keldi. Ulardan biri mamlakat futbol federaciyasi rahbari Husayn Sarodi va terma jamoa bosh murabbiyi Husayn Faxri o'rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik edi. Gap shundaki, turnir avvalida Sarodi jamoa tarkibida "Toj" (hozirgi "Istiqlol") futbolchilarini ko'rishni xohlamagan. SHu bois yakuniy tarkibdan ko'plab etakchi o'yinchilar tushib qoldirildi. So'ngra murabbiy ham almashadi va Mahmud Bayati bosh murabbiy etib tayinlandi. Qolaversa, terma jamoa azolari istiqomat qilishi uchun mehmonxona ajratilmaganligi sababli ular Farahoboddagi maktabga joylashtirildi. 

10–19 may kunlari bo'lib o'tgan musobaqa o'yinlari Tehron shahridagi "Amjadieh" stadionida bo'lib o'tgan.

Eron uchun musobaqa oson boshlanmadi. Gongkongga qarshi ilk uchrashuvda mezbonlar 70 daqiqa davomida raqib darvozasiga yo'l topa olmadi. SHu bilan birga, tarkibga kiritlgan aksariyat o'yinchilar ham negadir maydonga ko'rinish bermadi. Birinchi bo'limda SHarfi penaltini aniq amalga oshira olmadi. SHunga qaramay, forslar 2:0 hisobida g'alaba qozonishni uddaladi. Keyinchalik jamoa o'yinida barqarorlik ko'zga tashlana boshladi va birin-ketin raqiblarini taslim etishib, qita chempioni bo'ldi.

Qiziq tomoni, bundan oldingi ikkita chempionatda ham mezbon davlat yakunda chempion bo'lgandi. Ushbu Osiyo kubogi guruh formatida o'tkazilgan va final o'yini bo'lmagan oxirgi musobaqa bo'ldi. Undan keyingi barcha qita chempionatlarida final o'yinlari o'tkazilgan.

Humoyun Behzodi (Eron), Moshe Romano (Isroil), Giora Spiegel (Isroil) 4 tadan to'p kiritib, to'purarlar ro'yxatida peshqadamlar safidan joy oldi.

Osiyo Kubogi-1968 barcha o'yinlar
10 may
Eron – Gonkong 2:0
Gollar:
Behzodi 70, Jabbori 88
11 may
Tayvan– Burma 1:1
Gollar
: Lim Lu SHur 63 – Maung Xla Xtay 13

12 may
Gonkong – Isroil 1:6
Gollar:
Yuan Kuan Yik 76 – Spiegler 9, 63, Spiegel 52, 65, Romano 61, 71.

13 may
Eron – Tayvan 4:0
Gollar
: Behzodi 31, Kalani 34, Iftixori 51, Farzami 56
15 may
Gonkong – Tayvan 1:1

16 may
Burma – Eron 1:3
Gollar
: Aung Xi 50 – Kalani 2, Iftixori 60, Behzodi 71.
17 may
Isroil – Tayvan 4:1
Gollar:
Romano 2, 60, Rosental 70, Spiegel 76 – Lu Xuan Ven 45+1

18 may
Burma – Gonkong 2:0

19 may
Eron – Isroil 2:1
Gollar
: Behzodi 75, Gelichkani 86 – Spiegel 56.


#

Osiyo Kubogi-1968

O'

YU

D

M

T-N

O*

1

Eron

4

4

0

0

11-2

8

2

Burma (Myanma)

4

2

1

1

5-4

5

3

Isroil

4

2

0

2

11-5

4

4

Tayvan

4

0

2

2

3-10

2

5

Gonkong

4

0

1

3

2-11

1

* - o'sha paytda g'alaba uchun 2 ochko berilgan. 

Eron hujumchisi Husayn Kaloni Isroilga qarshi hal qiluvchi o'yin to'g'risida shunday xotirlagan:

"O'sha kun eng yorqin xotiralarimdan biriga aylangan. Stadionga tashrif buyurgan 30 mingdan ortiq muxlisdan hech kim bizga norozilik bildirmadi. SHuningdek, barcha bir ovozda mamlakat madhiyasini jo'r bo'lib kuyladi. Eronda yashagan yillarim boshqa bunday voqeaga duch kelmaganman".

SHu tariqa, Eron terma jamoasi "Oltin davr"ida dastlabki qita chempionligini qo'lga kiritdi.

CHempionlikka erishgan futbolchilar hukumat tomonidan turli rag'batlar bilan taqdirlandi, ular to'g'risida qo'shiqlar kuylandi:

O'yiningdan yurak hapqirar,

SHodlik ila ko'z yoshga to'lar.

Barcha intiq kutgan shu zamon —

Gol urding va bo'lding qahramon!

Uchrashuvlar 80 daqiqa davom etgan ilk Osiyo kubogi tarixi hamda turnirning urushdan tashrif buyurgan g'olibi haqida hikoya qilamiz

Unutilgan va yo'qolgan kuboklar, soxta medallar hamda halok bo'lgan bolakay — ikkinchi Osiyo kubogi haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1964. CHempioni OFK tarixidan tushib qolgan turnir haqida hikoya qilamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика