So’nggi yangiliklar

13:04"Коринтианс" Депайдан арзонроқ уйга кўчиб ўтишни сўради  0 12:36Лутфуллин бригадаси Миср – Венесуэла учрашувида ишлайди  0 12:09Испания терма жамоасининг ЖЧ-2026 учун уй либоси намойиш қилинди  1 11:35ФИФА "Тинчлик мукофоти"ни таъсис этди  3 11:05Футзал. Бугун терма жамоамиз Озарбайжонга қарши баҳс олиб боради  0 10:40Али Ашур: “Ўйинчиларимдан хурсандман, 0:0 ҳисобидан хурсанд эмасман”  1 10:13Аргентина терма жамоаси ЖЧ-2026 либосини тақдим этди  5 09:45"Бу ёлғон". Ламин Ямал соғлиғидаги муаммолари ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди  2 09:16Sofascore. Кечаги учрашувда "Андижон" жамоасидан ким энг катта баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:48EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  2 08:20Максим Шацких: “Биз рекорд сари боряпмиз”  12 08:15ОЧЛ-2. "Ал Ҳалдия" – "Андижон" 0:0  2 07:53Sofascore. Ўсмирларимиз кечаги супер ғалабадан сўнг неча баҳога лойиқ кўрилдилар?  6 07:28ОЧЛ 2. "Ал Насср"да йирик ғалаба, Ашурматов энг зўрлардан бири бўлган баҳсда "Истиқлол" дуранг ўйнади ва қўшниларимизда мағлубият  1 03:10ЕЧЛ. "Интер" "Қайрат"ни енгди, "Бенфика" "Байер"га ютқазди ва бошқа натижалар  1

Osiyo chempionlar Ligasining yangi mavsumi qachon boshlab qachon tugaydi? Yangiliklar

Osiyo chempionlar Ligasining yangi mavsumi qachon boshlab qachon tugaydi?

Teglar :  OCHLyangi mavsum
Har yil qishning dastlabki oylarida Osiyo chempionlar Ligasining yangi mavsumini kutishga o'rganib qolgandik.

Lekin endilikda OFK yangicha formatga (kuz-bahor) o'tayotganini inobatga olsak, OCHLning yangi mavsumi 2023 yil avgustdan start oladi va 2024 yil mayda tugaydi.

Yangi mavsum uchun O'zbekistonga 2+2 yo'llanma berilgan. Bu degani chempion "Paxtakor" va Kubok sohibi "Nasaf" to'g'ridan-to'g'ri guruhga yo'l olsa, "Navbahor" va AGMK o'z ishtirokini saralash bosqichidan boshlaydi. 

OFKning OCHL 2023-24 uchun ishlab chiqqan taqvimi quyidagicha ko'rinish olgan.

Birinchi o'tish o'yini: 8 avgust, 2023

Ikkinchi o'tish o'yini: 15 avgust, 2023

Pley-off bosqichi: 22 avgust, 2023


Guruh bosqichi

1-tur. 18-20 sentyabr, 2023

2-tur. 2-4 oktyabr, 2023

3-tur. 23-25 oktyabr, 2023

4-tur. 6-8 noyabr, 2023

5-tur. 27-29 noyabr, 2023

6-tur. 11-13 dekabr, 2023


1/8 final. 12-14 fevral, 2024 va 19-21 fevral, 2024

1/4 final. 4-6 mart, 2024 va 11-13 mart, 2024

1/2 final. 16-17 aprel, 2024 va 23-24 aprel, 2024

FINAL. 11 may, 2024 va 18 may, 2024.


Demak, navbatdagi yangi mavsumda ham OCHL finali ikki o'yindan iborat bo'ladi. OCHL guruh bosqichida jami 40ta jamoa ishtirok etadi. Guruhlar SHarq va G'arb mintaqasiga beshtadan bo'linadi. 

Har bir mintaqa guruhlaridan 5ta birinchi o'rin va eng yaxshi 3ta ikkinchi o'rin egalari keyingi bosqichga yo'l oladi. OCHLda ishtirok etadigan klublar maksimum 35 nafargacha futbolchini ro'yxatdan o'tkazishlari mumkin. Legionerlar limiti yangi mavsumdan 5+1 qilib belgilandi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика