Osimxen PSJga emas, "CHelsi"ga o'tishni xohlamoqda. "Napoli" forvard uchun 130 mln evro talab qilmoqda
25 fev 2024 23:22
Yangiliklar
Osimxen PSJga emas, "CHelsi"ga o'tishni xohlamoqda. "Napoli" forvard uchun 130 mln evro talab qilmoqda
Viktor Osimxen faoliyatini APLda davom ettirishga qaror qildi.
Jurnalist Emanuel Kammarotoning xabariga ko'ra, "Napoli" forvardi uchun kurashda "CHelsi" va PSJ favorit hisoblanadi. Parijliklar nigeriyalikka yozda klubdan ketishga qaror qilgan Kilian Mbappening o'rinbosari sifatida qaramoqda. Ammo, Osimxenning o'zi London klubiga o'tmoqchi.
"Napoli" Osimxen uchun 130 mln evro atrofida olmoqchi, bu uning shartnomasida yozilgan tovon puliga to'g'ri keladi.
Osimxen joriy mavsum A Seriya doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar