So’nggi yangiliklar

15:01Қозоғистондаги энг қиммат стадион? Актобедаги янги аренанинг нархи эълон қилинди  0 14:36"Барса" ёзда Левандовскининг ўрнига топ-форвардни сотиб олишни ўйламоқда, номзодлар ҳам маълум  2 14:08Каземиро: "Реал" учун қайғуришга вақтим йўқ"  1 13:13Ферран Торрес Испания терма жамоасидаги 23-голини урди ва Рамос ҳамда Ди Стефанога етиб олди  1 12:38"Манчестер Юнайтед" Аюб Буадди билан шартнома имзолашга яқин турибди  3 12:13"Ливерпуль" ван Дейкка ўринбосар топди  0 11:28"Манчестер Юнайтед" "Порту" хавбеки учун "Атлетико" билан курашади  0 10:53ESPN Европанинг энг яхши ёзги трансферлари рейтингини эълон қилди  4 10:21Англия терма жамоаси сардори ЖЧ фаворитлари ҳақида гапирди  0 09:48Де ла Фуэнте бошчилигидаги Испания терма жамоаси рекорд ўрнатди  0 09:14Переснинг "Реал"даги тақдири маълум  11 08:40"Насаф" Ўзбекистон МТЖ аъзосига қизиқиш билдирмоқда  11 08:06Sofascore. Кечаги учрашув қаҳрамонлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:40"Арсенал"нинг асосий футболчиси жароҳат олди  2 03:48Ислом Исмоилов: "Италия билан бир жойда яшаяпмиз. Саудия Арабистони билан ҳам шундай бўлганди"  15

"O'sha payt muzlatkichimda hech nima qolmagandi" Yangiliklar

"O'sha payt muzlatkichimda hech nima qolmagandi"

Bir paytlar "Arsenal" safida o'ziga xos o'yinlari bilan muxlislar diqqatini tortgan va keyinchalik "Barselona" o'tib asta-sekin pastga sho'ng'igan yarim himoyachi Aleks Song bilan bog'liq kichik tarixni yodga olamiz.

"17 yoshimda "Arsenal"ga kelganimda birinchi professional shartnomamni imzolaganman va 15 ming evro olganman. O'shanda men eyforiyada edim.

Siz 4000 evrodan 15000 ga ko'tarilgan yosh o'yinchini tasavvur qilishingiz mumkin. O'sha palladagi eyforiya sabab men "Arsenal"ning buyuk o'yinchilari kabi yo'l tutishni xohladim.

Bir kuni mashg'ulotga keldim va Teri Anri qanday brilliant mashinada kelganini ko'rdim. Jin ursin, axir bu "Lincoln Navigator" (hozirgi narxi taxminan 100 ming dollar atrofida). Men hech narsaga qaramay xuddi o'sha mashinadan olishim kerak deb o'yladim.

Futbolchi bo'lsangiz avtomobil xarid qilayotganda bazi hujjatlarga qo'l qo'yishni o'zi kifoya. Ular senga mashinani berishadi va pullarni maoshimdan olib qolaverishadi.

Lekin, oradan 2 oy o'tib men avtomobilni qaytarib berganman. CHunki, bu benzin sarfi juda yuqori bo'lgan Amerika mashinasi edi. Muzlatkichimda hech nima qolmagandi. Sababi, hamma pullarim yoqilg'iga ketardi. Men ularga qimmatbaho avtomobilni qaytarib berganman va o'rniga "Toyota" berishlarini so'raganman.

Mashina almashtirganimdan keyin mashg'ulotga kelganimda Teri mendan so'radi: "Son, mashinang qani?". Men esa unga shunday javob qaytardim: "Bu mening darajamdagi mashina emas".

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика