O'runov "Spartak"ga qaytadi
30 may 2022 14:38
Yangiliklar
O'runov "Spartak"ga qaytadi
"Spartak" bosh direktori Evgeniy Melejikov yarim himoyachi Oston O'runov "Ufa"dagi ijaradan so'ng jamoaga qaytishi kerakligini aytdi.
"Ko'rinib turibdiki, O'runov "Spartak"ga qaytadi", - deydi Melejikov.
21 yoshli O'runov Moskva jamoasiga 2020 yilning yozida "Ufa"dan o'tgan edi. O'runov 2021 yilning fevralida "Ufa"ga ijara asosida qaytdi va 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar jamoada harakat qildi.
O'runov "Spartak" safida 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan. Yarim himoyachi "Ufa" tarkibida 37ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.
O'runov va "Spartak" o'rtasidagi kelishuv 2025 yilga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar