O'rtoqlik uchrashuvi. Davron Fayziev jamoasi Yorqin Nazarov jamoasidan ustun keldi
27 iyu 2018 13:03
Yangiliklar
O'rtoqlik uchrashuvi. Davron Fayziev jamoasi Yorqin Nazarov jamoasidan ustun keldi
Ushbu bahsda “Dinamo” bosh murabbiyi Davron Fayziev singari, “SHo'rtan” murabbiyi Yorqin Nazarov ham bir qator futbolchilarni maydonga tushirdi.
O'yindagi hisobni davralar oralig'ida “Dinamo”ga qaytgan Avaz Agaliev ochdi. 41-daqiqada chap qanot himoyachisi chamasi 18 metrlar uzoqlikdan belgilangan jarima zarbasidan aniq foydalandi, 1:0.
Ikkinchi bo'limda zaxiradan tushgan futbolchilar “Dinamo” o'yinini yanada kuchaytirib, jamoa hujumkorlikni oshirdi. Natijada Sanjar Baratovning kiritgan gollari “Dinamo”ning g'alabasini taminladi. Uchta golga javoban “SHo'rtan” jamoasi ikki marta javob bera oldi, 3:2.
O'rtoqlik uchrashuvi.
Toshkent. 26 iyul (payshanba)
“DINAMO” – “SHO'RTAN” – 3:2 (1:0)
Gollar: Avaz Agaliev 41, Sanjar Barotov 71, 83.
«Dinamo»: SHohruh Eshbo'taev, Viktor Grigorev, Akmal Xolmurodov, Komil SHarofutdinov, Avaz Agaliev, Jasur Azimov, Ilhom Yunusov, Abbosbek Jumaqulov, Dilmurod Karimov, Dalyor Almosjonov, Pavel Purishkin.
Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar: SHohruh Raimov, Mirkomil Lokaev, Firdavs Abdusalimov, Damir Temirov, Jasur Ashurov, Otabek Narzullaev, Sanjar Baratov.
Fikrlar