So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  0 01:50BALLON D'OR-2025  87 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  18 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  39 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

"Oq-tepa" o'rtoqlik uchrashuvida "Navbahor"ni yirik hisobda mag'lub etdi. Ikki jamoada ham yangi nomlar bor Yangiliklar

"Oq-tepa" o'rtoqlik uchrashuvida "Navbahor"ni yirik hisobda mag'lub etdi. Ikki jamoada ham yangi nomlar bor

Toshkentda yig'in olib borayotgan "Navbahor" jamoasi bugun ilk o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Bosh murabbiy No'mon Hasanov "Oq-tepa"ga qarshi kechgan o'rtoqlik o'yinida etakchilarga dam berishga qaror qildi va yoshlarga imkoniyat taqdim etdi. Keskin kurashlar ostida o'tgan bahsda yosh "lochinlar" o'z darvozalaridan beshta to'p olib chiqishdi. Raqibning gollariga mehmonlar ikkita to'p bilan javob qaytarishdi. Dastlab Ilhom Aliboev jamoadoshining uzatmasidan so'ng gol urgan bo'lsa, Sardor Telyakov penaltini aniq amalga oshirdi. "Navbahor"da yangi kelganlardan Xushnud Avilov va Farhod Mirahmatov to'p tepdi. "Paxtakor" darvozaboni Umid Hamroev ilk daqiqalardan harakat qildi. Maydon egalaridan SHerzod Qodirov dubl qayd etdi, qolgan uchta golga Idris Bikmaykin, Sandey Song, Akobir To'raev mualliflik qildi. "Oq-tepa" tarkibida bugun bir qator yangi nomlar maydonga tushganini aytib o'tish joiz. "SHo'rtan"dan Olim Karimov, "Mashal"dan taklif qilingan Akobir To'raev ayni paytda ko'rikda bo'lib turibdi. O'tgan mavsum ikkinchi davrasida "Qizilqum"ga ijaraga berilgan SHerzod Qodirov ham jamoaga qaytdi. SHuningdek murabbiylar shtabi afrikalik legioner futbolchi Sandey Songni sinovdan o'tkazishmoqda. 

O'rtoqlik uchrashuvi.

"Oq-tepa" - "Navbahor" 5:2

Gollar: SHerzod Qodirov (dubl), Sandey Song, Idris Bikmaykin, Akobir To'raev - Ilhom Aliboev, Sardor Telyakov

"Oq-tepa": Elyor Baxtiyorov, SHerzod Qodirov, Doston Bahromov, Olim Karimov, Mahsud Aloxo'jaev, SHahzod Mamurjonov, Dilshod Fayziev, Samuel Opeks, Idris Bikmaykin, Sandey Song, Muhriddin Botirov

Zaxira: Jamol Hikmatov, Saveliy Abramov, Abdulaziz Toshkenboev, Islom Boysariev, Talgat Nigmatulin, Akobir To'raev, Abdulaziz Jo'raev.

"Navbahor": Umid Hamroev, Xushnud Avilov, Mirzohid Mirzamahmudov, SHahzod Hamidov, Farhod Mirahmatov, Husayn Ergashboev, Abdulhay Ismoilov, Sardor Telyakov, SHerzod G'ulomjonov, Bobir Mamajonov, Ilhom Aliboev

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика