So’nggi yangiliklar

22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  0 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  2 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  108 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  15 20:52БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Ғаниев 59 дақиқа ўйнади  1 20:25АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 0:1 (матнли трансляция)  35 19:37Родри: "Арсенал"дан қасос олишимиз керак"  6 19:18"Арсенал" — "Манчестер Сити". Ҳусанов асосий таркибда  29 18:50Усмоновнинг сўнгги сонияларда киритган голи "Андижон"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  29 15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  8 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  2 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  5 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  17 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  6 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  11

APL. "Arsenal" - "Manchester Siti" 0:1 (matnli translyaciya) Yangiliklar

APL. "Arsenal" - "Manchester Siti" 0:1 (matnli translyaciya)

APLning 5-turi doirasidagi "Arsenal" - "Manchester Siti" bahsi matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Arsenal - Manchester Siti 0:1

Gol: Erling Xoland (9, 0:1).

Arsenal: Rayya, Kalafori, Magalyaes, Saliba, Timber (Martinelli, 46), Rays, Subimendi, Merino (Eze, 46), Trossard, Gyokeresh, Madueke (Saka, 46).

Zaxiradagilar: Arrisabalaga, Lyuis-Skelli, Moskera, Uayt, Nvaneri, Nergor.

Manchester Siti: Donnarumma, Gvardiol, Diash, Husanov (Nunesh, 46), O'Rayli, Rodri, Reynders, Foden (Ake, 68), Silva, Doku, Xoland (Gonsales, 76).

Zaxiradagilar: Trafford, Lyuis, Stounz, Bobb, Mukasa, Savino.

Ogohlantirish: Bernardu Silva (36), Donnarumma (77).

YANGILASH

82. DOKUUUUUU!! Undan yana bir solo gol ko'rishimiz mumkin edi. Biroq yakuniy zarbasiga aniqlik etishmadi.

81. "Arsenal"ning burchakdan uzatmasi xavfli chiqdi. Donnarumma uzun qo'llari bilan to'pni qaytardi.

80. Salibaning hujumdagi sherigi Gyokereshga uzatgan to'pini Nunesh burchakka chiqarib yubordi.

77. Xoland o'rniga Niko tushdi: himoya va hujumga birdek yordam beradigan Gonsales o'ynaydi. Bu ham himoyaviy o'yinning bir qismi bo'lsa kerak.

76. Kalaforining boshi bilan bergan zarbasi noaniq ketdi. U to'p uchun kurashda Nuneshdan ustun keldi.

72. "Siti" 5-4-1 ko'rinishidagi "devor"idan "Arsenal" o'ta olmayapti. Kalafori bu safar hujumda Bernarduga qarshi fol ishlatdi va to'p "shaharliklar"ga olib berildi.

71. Saka Rodriga qarshi fol ishlatdi. "Siti" esa natija uchun ortga o'ynashga tayyor.

68. Gvardiola Foden o'rniga Akeni tushirdi. "Siti" endi faqatgina natija uchun o'ynaydi.

66. "Siti"ning kam sonli hujumlaridan biri. Gabriel to'pni qaytarib yubordi va "Arsenal" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi.

63. Doku Sakani yiqitdi. Jarima zarbasi.

62. "Arsenal"ning bugungi burchak zarbalari umuman o'xshamayapti. Yoki "Siti" bunga jiddiy tayyorlanib kelgan.

59. "Arsenal"ning hujumini Gvardiol qaytardi. Burchak zarbasi.

57. ZARBAAAAAAAA!! Xoland birga bir holatdan foydalana olmadi. Uning zarbasini Rayya qaytardi.

56. Trossardga farqi yo'q ekan. U Nuneshdan ham o'ta olmayapti.

53. "Arsenal"ning hujumini O'Rayli qaytardi.

50. ZARBAAAAAA!! Ezening kuchli zarbasini Donnarumma qaytardi.

48. UXXXXXX!! Subimendining zarbasi darvoza tepasidan o'tib ketdi. Juda xavfli zarba.

46. Ikkinchi bo'lim Timberning sarig'i bilan boshlandi. U tezlikdagi Dokuni ushlab qolib, yiqitdi va istiqbolli hujumni to'xtatdi deb hisoblanib, ogohlantirildi.

- Ikkinchi bo'limni boshlash uchun jamoalar maydonga qaytishmoqda. "Arsenal" Eze hamda Sakani maydonga tushirdi. "Siti"da esa Husanov almashtirildi, o'rnini Nunesh to'ldirdi.

Tanaffus!

45+5. Madueke katta tezlikda O'Rayli bilan to'p uchun kurashdi va "Siti" futbolchisi bu borada tezlikda ustunlik qildi.

45+3. Trossard Bernarduga qarshi fol ishlatdi, deb o'ylagandik. Bernardu va Leandro o'rtasida qiziq ishlar bo'libdi. Buni ayta olmaymiz)

45+1. ZARBAAAAAAAAA!! Maduekening kuchli zarbasini Donnarumma qaytardi va himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

44. "Arsenal" bosim uyushtirdi. Yakun - Trossard ofsaydda.

42. Burchakdan keyingi Salibaning zarbasi noaniq ketdi. Bu pallada Donnarumma to'pga chiqishda juda no'noq harakat qilganini ham aytib o'tish kerak.

41. Subimendi chap qanotdan darvoza yoniga to'pni oshirdi. Maduekening zarbasi raqibiga tegib, maydonni tark etdi. Korner.

39. Rodri noaniq zarba berdi. Keyingi hujumda Gyokeresh Jiji bilan deyarli birga-bir holatga chiqib borayotgandi. Husanov tezlikda shveddan ustunlik qildi va to'pni Donnarummaga yutib berdi.

38. Husanov bizni biroz qo'rqitdi. U Donnarummaga to'pni uzatganida raqibi ham darvozabonga yaqinlashib keldi. Bu pallada darvozabon, himoyachi va Husanov sovuqqon o'ynadi va osonlik bilan vaziyatdan chiqib ketishdi.

37. "Arsenal" ikki qanotsiz hujum qilmoqda. Ikkala qanotdan Husanov va O'Rayli tezlik bobida raqiblaridan ustunlik qilishmoqda.

36. Bernardu Silva sariq kartochka oldi. U Gabrielni atay tepdi.

35. Ayni daqiqalarda "Arsenal" raqib yarim maydonida bosim uyushtirmoqda. "Siti" 6-4 uslubida himoya qo'rg'onini tashkil qilgan.

32. UXXXX!! "Arsenal" yaxshi hujum uyushtirdi. Havolatib uzatilgan to'pga Maduke yaxshiroq boshini qo'ya olganida xavfli zarba ham bo'lishi mumkin edi.

28. Madueke hujumga o'tdi va O'Raylidan osonlik bilan o'tib, darvoza yoniga to'pni oshirdi. Bernardu xavfni bartaraf qildi.

26. "Arsenal" chap qanotdan hujumga o'tdi. Kalaforining uzatmasi Husanovga tegib, maydonni tark etdi. Burchak zarbasi.

24. "Siti" hujumga o'tayotganida Timber Reyndersdan to'pni olib qo'yib, sheriklariga oshirdi. Tijjani yotib oldi, bu esa muxlislarga maqul kelmadi. 

22. Tan olish kerak, Husanov hozir "Siti"ni bir goldan saqlab qoldi. Merinoga kesib pas uzatildi, agarda Husanov to'pga tegmananida Mikel Donnarumma bilan birga-bir holatga chiqib borardi.

20. Reyndersning zarbasini Rayya ushlab oldi.

19. "Arsenal" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pni Foden qaytarib yubordi.

17. Husanov o'yinga qaytdi.

16. Abduqodirga tibbiy yordam ko'rsatildi va u maydondan tashqariga olib chiqib ketildi. U o'yinni davom ettirsa kerak.

14. Abduqodir Husanov jarohat  oldi va tibbiy yordamga muhtoj bo'lib yotibdi.

12. Goldan keyin "Arsenal" hovuridan tushdi va "Siti" ko'proq oldinda o'ynamoqda.

9. GOOOOOOOOOLLLL!! "Siti" hisobni ochdi! Tezkor qarshi hujum va Xolanddan gol!

8. "Arsenal" dastlabki daqiqalarda "Siti"ga nafas olishiga imkon bermayapti. Markazdan uyushtirilishi kerak bo'lgan hujumni O'Rayli qaytardi.

4. Tavbasiga tayanmagan Trossard yana chap qanotdan hujumga o'tishga harakat qildi. Husanov esa undan to'pni juda osonlik bilan olib qo'ydi.

2. Uchrashuvdagi ilk hujum "Arsenal" tomonidan tashkil qilindi. Husanov o'z qanotida ishonchli o'ynadi va xavfni bartaraf qildi.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi va hamma o'yinni boshlash uchun shay holatda.

- Hurmatli futbol ishqibozlari! "Emireyts"dagi o'yin startiga oz vaqt qolmoqda.

Reyting: +6   

Fikrlar

+2   
21 sen 21:36:13
Фарход
Халким Дуо-да булайлик жарохати огир булмасин, илтимос. Рахмат хаммаларингизга
+2   
21 sen 21:30:47
Zohidjon Usarov
Хусанов унг канотдан умуман утказмаяпти Арсенал хужумни купрок чап томондан уюштиряпти.
+1   
21 sen 21:32:59
Isroiljon Qosimov
Гвардиола хайрон қолдирмоқда,химоявий ўйини бн.Хусанов учун деярли идеал тайм бўлди.Жарохати жиддий бўлмаса бўлди.Фақат битта вазиятда озгина қолади қовун туширишига.Бахтига Доннарумма улгурди тўпга.2-таймда янада қийин бўлади Ситига.Сака ва Эзе тушса керак.Табиийки,босим ортади.Омад СИТИ ВА ХУСАНОВГА!!!
+1   
21 sen 21:30:35
mr.dimon
Максуд Умаралиев foydalanuvchining fikriga javob berish
Рахмат, кирдим Хайрулла Хамидов шархлаяпганга
Ok, salomat bo'ling
+1   
21 sen 21:29:23
Максуд Умаралиев
mr.dimon foydalanuvchining fikriga javob berish
Setanta 1 dan olib beryapti o'zbek tilida Xayrulla Xamidov sharxida
Рахмат, кирдим Хайрулла Хамидов шархлаяпганга
+1   
21 sen 21:25:35
Islom Abdusalimov
Orqada tog' turasa himoyachilaram bemalol uynaydi haqiqatda Donnaruma Sityning eng zur transferi. Eh Ahmoq PSj.
+1   
21 sen 21:04:03
Futbol_muxlisi
Chapda joylashgan O'rayli chichqoq himoyachikanku, Maduyeke yoshbola qilib tashlayapdi
+1   
21 sen 20:53:16
Sunnat Adashev
жахонгир foydalanuvchining fikriga javob berish
Qaaerdan kursa buladi
Setanta Sports дан
+1   
21 sen 20:36:50
Хонмирзо
Абдуқодирга омад!
   
21 sen 22:11:04
Зокиржон Фарғона
Ҳар сафар Артетани кўрсатишса Ишкомли уй (хонадон) номли турк сериали актёри Ўзжан Дениз (Семан Қарадағ) эсимга тушяпти.
   
21 sen 22:05:22
Neuling
Husanov 2-3 vaziyatda juda qaltis harakatlar qildi. Shunga almashtirildi menimcha. Man City uchun bugungi g‘alaba juda juda kerakli. Gvardiola Husanovga ishonib tavakkal qilmadi o‘sha vaziyatlardan keyin. Yanayam Alloh bilguvchi.
   
21 sen 21:59:46
Акрамжон Халилов
Ситини олдинда 2 та ўйинлари жуда муҳим эмас, 2 октябрь куни Монако билан Чемпионлар лигаси ўйинигача Ҳусанов дам оволгани яхши эди.
   
21 sen 21:53:42
تعمورخن ومار خجا
Xondamir Abduhamidov foydalanuvchining fikriga javob berish
Boshida oyogini qayrib oldi
Alloh asrasin rahmat
   
21 sen 21:51:53
Sahoyat Reise
Ҳусанов алмаштирилгандан кейин Сити мухлиси бўлмаган ҳар қандай инсон Сити гол ўтказишини хоҳлаяптими (менга ўхшаб), Х.Ҳамидов ҳам шуни хоҳлаётгандай )
   
21 sen 21:47:21
Аббосхужа
Х. Ҳамидов Арсеналнинг ашаддий муҳлиси экан.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика