So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  8 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

"Oltin to'p" olmagan, ammo unga munosib bo'lgan 7 yulduz Yangiliklar

"Oltin to'p" olmagan, ammo unga munosib bo'lgan 7 yulduz

Har yili futbol tashkilotlari va nashrlari yilning eng yaxshi futbolchilarini aniqlab, ularga maxsus sovrin topshirishadi.

Ularning orasidagi eng mashhur va nufuzlisi "Oltin to'p" hisoblanadi. France Football nashri topshiradigan ushbu sovrin barcha futbolchilarning orzusi, ammo bazida "Oltin to'p" unga munosib bo'lmaganlarga ham topshiriladi. Etiboringizga "Oltin to'p"ga loyiq ko'rsatib, sovrindan quruq qolgan 7 yulduzni taqdim etamiz.



UESLI SNEYDER

Gollandiyalik yarim himoyachi 2010 yilda "Inter" safida deyarli barcha sovrinlarni qo'lga kiritdi va Gollandiya terma jamoasi bilan JCH-2010da 2-o'rinni egalladi, ammo sovrin Lionel Messiga topshirildi.


FRANK RIBERI

Franciyalik 2013 yilda "Bavariya"ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, UEFAning yil futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi, biroq "Oltin to'p"ni Krishtianu Ronaldu uyiga olib ketdi.


TERRI ANRI

Afsonaviy franciyalikning sovrinlariga etibor bering: Evropa va jahon chempioni, CHempionlar ligasi, Angliya, Franciya va Ispaniya chempionatlari g'olibi. Lekin "Oltin to'p"ni qo'lga kirita olmagan.


ANDRES INESTA

Ko'plab futbol muxlislari hozirgacha Inestaga berilmagan "Oltin to'p" - futbol olamidagi eng katta jinoyat deb bilishadi.


XAVI

Xavi 2009 va 2011 yillarda "Oltin to'p" uchligiga kirgan, ammo har safar sovrinni Lionel Messiga berishgan.


JANLUIJI BUFFON

Buffon futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabonlardan biri hisoblanadi, 2006 yilda u "Oltin to'p"ga egalik qilishi mumkin edi, biroq sovrin uning jamoadoshi Fabio Kannavaroga nasib etdi.


AREN ROBBEN

CHempionlar ligasidagi g'alabadan so'ng u "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi kerak edi, ammo "Bavariya" Frank Riberini qo'llab-quvvatladi va kuchli uchlikka franciyalik kirdi. Biroq teparoqda aytilganidek, sovrin "Bavariya" futbolchisiga topshirilmadi.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика