So’nggi yangiliklar

01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  0 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  54 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  23

Oliy ligada o'ynamay legionerga aylangan Husniddin G'ofurov 25 yoshga to'ldi Yangiliklar

Oliy ligada o'ynamay legionerga aylangan Husniddin G'ofurov 25 yoshga to'ldi

Hayotlaridagi unutilmas kunlardan biri - o'z tavallud ayyomini nishonlayotgan futbolchi hamda murabbiylarni qutlashda davom etamiz.

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod yarim himoyachi Husniddin G'ofurov 25 yoshini qarshi olyapti. Farg'onalik futbolchi yaqindagina "Paxtakor" azosiga aylandi va yangi klubi bilan bir yarim yillik shartnomaga imzo chekdi. 

- Maktabda tahsil olayotgan paytimdayoq millionlar o'yiniga mehrim tushib qolgan, - deya futbodagi ilk qadamlarni eslaydi bugungi kun qahramoni. - Oltiariqdagi 38-maktabda o'qib yurgan kezlarim jismoniy tarbiya fanidan dars bergan Mahmud aka qo'l ostida mashg'ulot o'tkazardim. Hozir ham Oltiariqqa borsam, albatta u kishi bilan ko'rishib qaytaman. Keyin Farg'ona futbol maktab-internatiga o'tganman. Bu erda murabbiylar Durbek va Ravshan akalar qo'l ostida o'ynaganman. Keyin Farg'ona viloyati ikkinchi ligasida to'p tepdim. Xushbek Qosimov va Bahrom aka jamoasida faoliyat olib bordim. O'yinlarimni kuzatgach bir nechta klublardan takliflar bo'ldi. Ular orasidan o'zim uchun eng maquli "NBU-Osiyo"ni tanladim. O'zimni birinchi ligada ko'rsata olsam, yanada kuchli jamoalarga o'tish imkoniyati paydo bo'lishini o'ylaganman. Muxtor Qurbonov boshchiligidagi "bankirlar" safida bir mavsum to'p tepdim.

Etiborga molik jihati shundaki, Husniddin G'ofurov oliy ligada o'ynamay turib, birinchi liga klubidan legionerga aylangan kam sonli futbolchilar sirasiga kiradi. Qanot yarim himoyachisi poziciyasida o'ynaydigan G'ofurov professional faoliyatini o'zi aytgandek 2012 yili "NBU-Osiyo" jamoasida boshlagan. 2014 yil Serbiyaning "Yavor" klubi bilan shartnoma imzolab, to'rt yil davomida shu jamoa sharafini himoya qilgan. Keyin yana bir yil Serbiyaning boshqa bir klubi "Mladost"da to'p tepgan. 2018 yildan to shu kungacha "Lokomotiv" safida maydonga tushdi va O'zbekiston chempioni bo'ldi.

- Faoliyatimdagi eng chiroyli golim? Menimcha, "Paxtakor"ga qarshi derbi o'yinida urgan golim eng chiroylisi bo'lgan. O'sha kuni juda asabiy bahs bo'lgandi. Hisobda ortda qolayotgandik va so'nggi daqiqalarda raqib darvozasiga to'p kiritib, jamoamni mag'lubiyatdan qutqarib qolgandim.

Yuqorida aytganimizdek, Husniddin G'ofurov yaqinda "Paxtakor" bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi. 

"Paxtakor"ga xush kelibsan, Husniddin!, - deb yoziladi "Paxtakor" klubi rasmiy saytidagi xabarda. 

Husniddin G'ofurov

Tug'ilgan sanasi: 29.07.1994

O'ynagan jamoalari: 2012-2013 "NBU-Osiyo" 20 o'yin, 14 gol

2014-2017 "Yavor" Serbiya 80 o'yin, 9 gol

2017 "Mladost" Serbiya 8 o'yin, 1 gol

2018-2019 "Lokomotiv" 37 o'yin, 4 gol

Fursatdan foydalanib, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan Husniddin G'ofurovni tug'ilgan kuni bilan muborakbod etamiz. Yangi klubida yorqin o'yin namoyish etib, yana O'zbekiston milliy terma jamoadan chaqiruv olishini tilaymiz.  

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика