So’nggi yangiliklar

23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  0 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  0 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  0 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  2 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  1 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  5 19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  10 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  5 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  6

"Oliy liga BML" finali yakunlandi - "Primus" g'olib Yangiliklar

"Oliy liga BML" finali yakunlandi - "Primus" g'olib

NurBEK, Primus, FutbolN1 va Manchester UTD nikidagi o'quvchilarimiz ishtirokida alohida chempionlik o'yini o'tkazildi.
Soat 17:00da mana shu to'rt ishtirokchi o'rtasida final bahsi bo'lib o'tdi.

Har bir ishtirokchi o'zi uchun ochko oladi. 7ta savol beriladi har biriga o'ylashga 5 daqiqadan vaqt. Har bir to'g'ri javob uchun bir ochko beriladi. Finalda eng ko'p ochko olgan ishtirokchi "Oliy liga BML" g'olibi deb topiladi.

Agar ikki va undan ortiq ishtirokchida ochkolar teng bo'lib qolsa, ular o'rtasida darhol qo'shimcha savol o'ynaladi. Bu vaziyatda birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan o'quvchi g'olib sanaladi. 

NurBEK, Primus, FutbolN1 va Manchester UTD nikidagi o'quvchilarimizdan boshqa ishtirokchilardan komment yozmay turishlarini iltimos qilamiz.


SAVOL #1: 17:00 - 17:05 (vaqt)
O'zbekiston chempionatida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi kim? U 2014 yilgi mavsumda ham oliy ligada o'ynadi.

Javob: Asror Aliqulov
 

SAVOL #2: 17:05 - 17:10 (vaqt)
1997 yilgi mavsumda eng ko'p penalti tepgan futbolchi kim?

Javob: Dilshod O'rmonov ("Traktor")


SAVOL #3: 17:10 - 17:15 (vaqt)
2005 yil oliy ligada umuman penalti tepmagan jamoa qaysi?

Javob: "So'g'diyona"



SAVOL #4: 17:15 - 17:20 (vaqt)

2010 yil oliy ligadagi qaysi o'yinlarni xorijlik hakamlar boshqarib borishgan? Ikkita o'yin yozilishi kerak.

Javob: "Paxtakor" - "Bunyodkor" va "Paxtakor" - "Nasaf"



SAVOL #5: 17:20 - 17:25 (vaqt)
1992 yil oliy ligada qaysi jamoa o'z maydonida eng ko'p durang o'ynagan?

Javob: "Surxon" 10ta



SAVOL #6: 17:25 - 17:30 (vaqt)
2004 yil oliy liganing birinchi davrasida eng kam ochko olgan jamoa qaysi?

Javob: Samarqand Dinamo



SAVOL #7: 17:30 - 17:35 (vaqt)
Oliy liga tarixida qaysi jamoalar bir mavsumda 100dan ortiq gol o'tkazgan? Jamoalar nomi yozilishi kerak.

Javob: "Atlaschi", "Temiryo'lchi", "Semurg'", "Xorazm".


Final o'yinida 4 ochko to'plagan "Primus" nikidagi o'quvchimiz musobaqa g'olibiga aylandi. Uni tabriklaymiz. Siz bilan aloqaga chiqish uchun championatuz@mail.ru pochtasiga xat yozing.


BML kubogi finalidagi ochkolar:

Primus  4 ochko
NurBEC  2 ochko
FutbolN1  2 ochko
Manchester UTD  1 ochko


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика