So’nggi yangiliklar

02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  47 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  0 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  1 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  6 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  8 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

Oleksandr Kablash: “Hujumchining vazifasi doim gol urish” Yangiliklar

Oleksandr Kablash: “Hujumchining vazifasi doim gol urish”

Mavsumlar oralig'ida jamoamiz tarkibiga kelib qo'shilgan ukrainalik futbolchi Oleksandr KABLASH Oliy ligada 3 ta uchrashuvda maydonga chiqib, ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etdi.
OCHL 4-turi doirasida “Al Ahli”ga qarshi o'yin oldida u klub matbuot xizmati vakillari savollariga javob qaytardi.

- Oleksandr "Nasaf" safida Oliy ligada muntazam maydonga tushayapsiz. Jamoaga ko'nikib ketdingizmi?

-Albatta. Jamoa uslubi, taktikasi va qolgan barcha ijobiy jihatlarni  asta sekin o'zlashtirib borishga, jamoaga kirishib ketishga harakat qilayapman.

- Oliy ligada uchta o'yinda 2 ta gol urdingiz. Bu sizningcha hujumchi uchun yaxshi ko'rsatkichmi yoki yomon?

-“Nasaf”ning har o'yinda g'alabaga erishishi  - men uchun asosiy vazifa. O'yinda kim gol urishi ham unchalik muhim emas. Hujumchining doimiy vazifasi esa gol urish. SHu bois imkon boricha har o'yinda gol urish uchun bor kuchim bilan harakat qilayapman.

-OCHL haqida nima deya olasiz?

-Bu har bir futbolchiga yuqori “motivaciya” bera oladigan o'ta muhim turnir. Qitaning klublar o'rtasidagi eng asosiy musobaqasi. O'z navbatida men ham bu turnirda o'zimni yaxshi jihatlarimni namoyish etishni xohlayman. Albatta, hozircha jamoamiz OCHLda yomon natija ko'rsatmayapti. Keyingi o'yinlarda avvalgilaridanda yaxshiroq  va yorqinroq o'yin ko'rsatish uchun intilamiz.

 -Garchi Oliy ligada ikkita gol urgan bo'lsangizda, sizda bundan ham ko'proq imkoniyatlar bo'lmoqda. Ammo undan foydalanishga nima halaqit qilayapti?
-Hech narsa halaqit qilayotgani yo'q. Bu futbol. Qaysidir o'yinda omadim kelayapti. Ayrimlarida esa buning aksi bo'layapti.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика