So’nggi yangiliklar

21:02ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди  7 20:38Гюлер Ҳусановнинг жамоадошига айланиши мумкин  6 19:50Холанд: "Мен терма жамоада бўлганимда Норвегия ҳеч қачон саралашдан ўтмаган"  4 18:58U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Хорватияни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, нимчорак финалга чиққан ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ   7 18:36Лондон клуби Эндрикни ижарага олмоқчи  1 17:48"Ньюкасл" "Манчестер Сити" футболчисини харид қилмоқчи  1 17:12Рейндерс: "Милан"нинг "Интер"га қарши ўйинини албатта томоша қиламан"  1 16:45Модрич: "Биз бу муваффақият билан фахрланишимиз керак"  0 16:20Мбаппе ва Зидан бир жамоада ўнайди-ми?!   3 15:55"Арсенал"нинг яна бир футболчиси термадан жароҳат билан қайтди  0 15:29Ўзбекистон Эронга қарши қандай рангдаги либосда ҳаракат қилади?  15 15:01Қозоғистондаги энг қиммат стадион? Актобедаги янги аренанинг нархи эълон қилинди  14 14:36"Барса" ёзда Левандовскининг ўрнига топ-форвардни сотиб олишни ўйламоқда, номзодлар ҳам маълум  8 14:08Каземиро: "Реал" учун қайғуришга вақтим йўқ"  4 13:13Ферран Торрес Испания терма жамоасидаги 23-голини урди ва Рамос ҳамда Ди Стефанога етиб олди  3

OKMK yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rdi: murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar, yangi legionerlar va yoshartirilgan tarkib Yangiliklar

OKMK yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rdi: murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar, yangi legionerlar va yoshartirilgan tarkib

Championat.asia har bir klub qishki tanaffusda qanday o'zgargani haqida malumot berishda davom etadi. Navbat Olmaliqning OKMK jamoasiga etib keldi

Tarkib va transferlar

Transferlar oynasida OKMK jamoasini bir nechta asosiy futbolchilar tark etishdi va qishki tanaffus doirasida jamoaning tarkibi ancha sezilarli tarzda o'zgardi. Asosiy tarkibdan joy oladigan futbolchilarning aksariyat qismi jamoani tark etdi ular: Botirali Ergashev, Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov, Sanjar Tursunov, Siavash Haqnazariy, Muhammadanas Hasanov, Mirjahon Mirahmadov va Martin Boake. Sanjar Tursunov, Anzur Ismoilov va Muhammadanas Hasanovlar "Lokomotiv"ga o'tishdi. Darvozabon Botirali Ergashev esa yangi mavsumda "Neftchi" darvozasini qo'riqlaydigan bo'ldi. Vitaliy Denisov esa "Buxoro" va Mirjahon Mirahmadov "Bunyodkor"ga yo'l olishdi. Eronlik Siavash Haqnazariy esa "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi. Hujumchi Martin Boake Xitoy chempionatiga, aniqrog'i "Cindao" klubiga o'tdi.

  • Jamoani tark etgan futbolchilar:
  1. Botirali Ergashev(Neftchi)
  2. Anzur Ismoilov(Lokomotiv) 
  3. Vitaliy Denisov(Buxoro)
  4. Sanjar Tursunov(Lokomotiv)
  5. Siavash Haqnazariy(Navbahor)
  6. Muhammadanas Hasanov(Lokomotiv)
  7. Mirjahon Mirahmadov(Bunyodkor)
  8. Martin Boake(Cindao)

Jamoani tark etgan futbolchilarning o'rni bo'sh qolmadi va OKMK jamoasi bir talay transferlarni elon qildi. Maydon markazini kuchaytirish maqsadida gruziyalik futbolchi Giorgi Papava bilan shartnoma imzolandi, o'tgan mavsumda deyarli futbol o'ynamagan Giorgi bir mavsumlik tanaffusdan so'ng yana olmaliqliklar safiga qaytdi. O'tgan mavsum "Qizilqum" darvozasini qo'riqlagan Javohir Ilyosov yangi mavsum Botirali Ergashev o'rnini bosishga harakat qiladi. "Bunyodkor"ning yosh sardori Avazbek O'lmasaliev ham OKMK safiga qo'shildi. SHuningdek, OKMK jamoasi ikki nafar legioner futbolchilarning transferlarini elon qildi. Serbiyalik hujumchi Milyan SHkrbich OKMK jamoasi bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladi. SHkrbich faoliyati davomida Serbiya, Sloveniya, Turkiya va Bosniya va Gercegovina klublari to'p tepgan. Qishki transferlar oynasida OKMK jamoasi safiga qo'shilgan yana bir legioner futbolchi - Arihiro Sentoku. Yaponiyalik futbolchi jamoaning Antalyadagi yig'ini doirasida ko'rikda bo'ldi va yakunda olmaliqliklar bilan shartnoma imzoladi. SHuningdek, o'tgan mavsumda Superliga jamoalarida to'p tepgan tajribali va yosh istedod egalari: Murodjon Toshmatov, Javohir Ilyosov, Avazbek O'lmasaliev, Ali Abdurahmonov, Azizbek Xolmurodov, Asadbek Rahimjonov, Azizbek Bahromov, Saidafzalxon Ahrorov va Abrorbek Sarimsoqov hamda Farruxjon Qodirovlar OKMK futbolchilariga aylanishdi.

  • Jamoa safiga qo'shilgan futbolchilar: Giorgi Papava, Javohir Ilyosov, Avazbek O'lmasaliev, Ali Abdurahmonov, Aziz Xolmurodov, Aziz Bahromov, Asadbek Rahimjonov, Murodjon Toshmatov, Milyan SHkrbich, Saidafzal Axrorov, Arihiro Sentoku, Farruh Qodirov, Abror Sarimsoqov

Yig'inlar va o'rtoqlik o'yinlari

OKMK jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish maqsadida ikki marotaba horij yig'inida bo'ldi. Dastlabki yig'in Dubay shahrida o'tkazilgan bo'lsa, keyinchalik jamoa Antaliyada yig'ildi. Jamoa bu vaqt davomida 8ta nazorat uchrashuvida ishtirok etdi:

OKMK - "Baniyas"(BAA) - 1:3

OKMK - "CHonbuk Motors"(Janubiy Koreya) - 0:1

OKMK - "Hatta"(BAA) - 1:1

OKMK - "Veres"(Ukraina) - 1:2

OKMK - "Valmeriya"(Latviya) - 1:1

OKMK - "LZN CHerkassi"(Ukraina) - 2:0

OKMK - "Petrokub"(Moldova) - 1:2

OKMK - "Ahal"(Turkmaniston) - 3:0

OKMK mavsumoldi o'yinlar doirasida ikkita g'alaba, to'rt mag'lubiyat va ikkita durang qayd etdi.

Murabbiylar shtabidagi o'zgarish

OKMK murabbiylar shtabida ham o'zgarishlar ro'y berdi. OKMK jamoasida bir necha yil davomida ishlagan darvozabonlar bosh murabbiyi Pavel Bugalo "Paxtakor" jamoasida ko'chib o'tdi. Bugaloning o'rniga esa Murod Zuhurov darvozabonlar bosh murabbiyi sifatida ishlaydigan bo'ldi. SHuningdek, mutaxassis Davron Fayziev ham OKMK jamoasi murabbiylar shtabiga qo'shildi. Fayziev OKMKda murabbiy sifatida faoliyat yuritadi. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy serbiyalik Aleksandr Stoymirovich ham jamoani tark etdi, ammo Stoymirovichning mavsum yakuniga qo'ra jamoani tark etishi o'tgan mavsumdayoq aniq bo'lgandi. Serbiyalik mutaxassis "Lokomotiv"da faoliyatini davom ettiradi va "temiryo'lchilar"ning "de-fakto" bosh murabbiyi sifatida ishlaydi.

Jamoa qaysi brend liboslaridan foydalanadi?

OKMK jamoasi yangi mavsum oldidan ekipirovka masalasi bo'yicha o'z hamkorini o'zgartirdi. Olmaliqning OKMK futbol klubi 2024-yilgi mavsumda 7SABER brendi tomonidan ishlab chiqariluvchi liboslardan foydalanadi.

Dastlabki raqib

Mirjalol Qosimov shogirdlari Superliga-2024 mavsumini "Andijon" jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Uchrashuv bugun soat 15:00 da start oladi. 

Superliga-2024, 1-tur

OKMK - "ANDIJON"

3 mart, 15:00

Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

Yordamchi hakamlar: Maksim Nexochin, Rasuljon Fozilov

To'rtinchi hakam: Umidjon Rahimjonov

VAR: Rustam Lutfullin

AVAR: Roziyabonu Yusupova

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: SHerzod Rajabov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика