So’nggi yangiliklar

07:59Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  0 07:45Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф" 1:0  0 07:29"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига қўшимча чипталар сотувга чиқарилади  5 00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  4 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  40 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14

OKMK OAV vakillari va muxlislarni hisobot konferenciyasiga taklif etmoqda Yangiliklar

OKMK OAV vakillari va muxlislarni hisobot konferenciyasiga taklif etmoqda

2024 yilgi mavsum OKMK professional futbol klubi uchun samarali va natijador yil bo'ldi.

Klub tasarrufidagi barcha jamoalar o'z sohalarida yuksak yutuqlarga erishib, muxlislarni mamnun etdi. Jumladan, OKMK FKning asosiy jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etgan musobaqalar bilan bir qatorda, U-21 jamoasi, futzal jamoasi, ayollar jamoasi (OKMK-Women) va futbol akademiyasi yoshlari ham mavsum davomida o'z mahoratlarini namoyish qildi. Ularning qo'lga kiritgan natijalari klubning kelajakka bo'lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda.

SHu munosabat bilan, yil davomida qo'lga kiritilgan muvaffaqiyatlarni tahlil qilish, jamoalarning erishgan yutuqlarini baholash hamda kelgusi mavsum uchun rejalar bilan o'rtoqlashish maqsadida hisobot konferenciyasi o'tkaziladi. Ushbu tadbirda yuqorida sanab o'tilgan jamoalarning rahbarlari, murabbiylari va masullari ishtirok etib, o'zlarining hisobotlari bilan chiqish qiladi.

Konferenciya ertaga, 26 dekabr kuni soat 15:00 da Olmaliq shahridagi "Metallurg" madaniyat saroyining katta zalida boshlanishi rejalashtirilgan. Unda jamoatchilik vakillari, jurnalistlar va muxlislar klub faoliyati haqida to'liq malumot olish, shuningdek, o'zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Ochiq muloqot tarzida o'tadigan ushbu tadbirda klubning kelajakdagi rejalariga oid qiziqarli malumotlar ham elon qilinishi kutilmoqda. SHu sababli barcha OAV vakillari, klubimizning sodiq muxlislari va futbol ishqibozlarini ushbu muhim tadbirda ishtirok etishga chorlab qolamiz!

P.S. Konferenciya boshlanish vaqtida o'zgarishlar yuzaga keladigan bo'lsa, bu haqda qo'shimcha malumot beriladi. Tadbirga oid yangiliklarni klubning rasmiy sahifalari orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика