OKMK dastlabki transferini elon qildi
08 jan 2024 22:05
Yangiliklar
OKMK dastlabki transferini elon qildi
Olmaliqliklar so'nggi mavsum "Qizilqum" sharafini himoya qilgan Javohir Ilyosov bilan ikki yillik bitim tuzishdi.
"Mashal" futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Javohir Ilyosov 1994 yil 6 fevral sanasida Qashqadaryo viloyatining CHiroqchi tumanida tavallud topgan. Faoliyati davomida Muborakning "Mashal", Bekobodning "Metallurg", Toshkentning "Lokomotiv" va Navoiyning "Qizilqum" jamolari sharafini himoya qilgan mahoratli darvozabon yangi mavsumdan etiboran jamoamiz safida harakat qiladi. OKMK va futbolchi o'rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi.
OKMK jamoasining ahil oilasi azosiga aylangan Javohir Ilyosov "konchilar" safidagi faoliyatiga omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz!
OKMK ahil oilasiga xush kelibsan, Javohir" - deyiladi klub rasmiy bayonotida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar