O'FF terma jamoaga xorijdan murabbiy qidirmoqda
19 sen 2017 14:00
Yangiliklar
O'FF terma jamoaga xorijdan murabbiy qidirmoqda
Biroz avval saytimizda O'FF matbuot xizmati taqdim etgan maqola chop etilgan edi. Ana shu maqolada yangi rahbariyat O'zbekiston milliy terma jamoasiga xorijdan murabbiy qidirayotgani malum qilingan. Bu haqda quyidagicha yozilgan: "Federaciyaning yangi rahbariyati oldida zudlik bilan hal qilinadigan 5 ta ustuvor masala bor.
Birinchisi, O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyini tayinlashdir. Ayni paytda yangi rahbariyat milliy terma jamoaga bosh murabbiy tayinlashda faqat xorijlik murabbiylar nomzodini ko'rib chiqayotganligini malum qilamiz".
Demak, tez orada bosh jamoamizda xorijlik mutaxassis ish boshlashini kutib qolamiz. Eslatib o'tamiz, kecha saytimizda chop etilgan "O'FFga taklif: MTJ, PFL va "etimcha o'g'illar" maqolasida qanday xorijlik murabbiylarni taklif qilishimiz mumkinligi haqida ham gap borgan.
Fikrlar