Rasman: "Navbahor" braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
29 iyu 22:15
Yangiliklar
Rasman: "Navbahor" braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
"Navbahor" o'z safiga braziliyalik himoyachi Julio Sezarni qo'shib oldi.
Bu haqda "Navbahor" matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Braziliyalik himoyachi Julio Sezar Basilio da Silva jamoamiz bilan shartnoma imzoladi. U 1996 yilning 6 dekabrida Braziliyaning Moji das Kruzis shahrida tug'ilgan.
Faoliyati davomida Braziliyaning “Amerika RN”, Ispaniyaning "Vilafranka", Belarusning "Vitebsk", Indoneziyaning "Borneo" va Ukrainaning "Veres" jamoalarida o'ynagan.
O'tgan mavsumda esa Tailandning “Utay Xani” jamoasi sharafini himoya qilgan.
Umid qilamizki, braziliyalik himoyachi o'zining chiroyli o'yinlari bilan jamoamizning muvaffaqiyatlariga munosib hissasini qo'shadi", — deyiladi klub xabarida.
→ "Navbahor" braziliyalik himoyachi bilan shartnoma tuzadi

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Ла Лига. "Бетис" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 8 та гол урилди, Торресдан хет-трик
Fikrlar