BUM! O'zbekiston MTJ noyabr oyida Toshkentda jahon chempioniga qarshi o'ynaydi
29 iyu 14:37
Yangiliklar
BUM! O'zbekiston MTJ noyabr oyida Toshkentda jahon chempioniga qarshi o'ynaydi
O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida kuchli jamoalarga qarshi o'ynaydi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, O'zbekiston noyabr oyida Urugvay terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 1930 va 1950 yilgi Jahon chempioni hisoblangan Urugvayga qarshi bahslardan biri Toshkentda bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda. Ikkinchi o'yin esa Osiyo qitasida o'tadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston bunga qadar ikki marta Urugvayga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazgan va bir xil 0:3 hisoblarida mag'lub bo'lgan. Birinchi tarixiy bahs 2018 yil Montevideoda o'tgan bo'lsa, ikkinchi to'qnashuv 2019 yil Xitoy mamlakatida sodir bo'lgan.
Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi oktyabr oyida Argentinaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi haqida xabarlar chiqqan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar