So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Maqsad U-23 Osiyo kubogini yutishmi yoki Olimpiadaga chiqish? Yangiliklar

Maqsad U-23 Osiyo kubogini yutishmi yoki Olimpiadaga chiqish?

Teglar :  O'zbekiston U-23
Yaponiyadan bizga "engil shapaloq".

Kecha Mirabror Usmonov xotirasi uchun o'tkazilgan musobaqada O'zbekiston U-23 terma jamoasi (2003 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilar) Yaponiya olimpiya terma jamoasiga (2005 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilar) 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi.

Yaponiyaning maqsadi tushunarli ular 2028 yilgi Olimpiada uchun harakatni mana shu terma bilan boshlashgan. Hozir 19-20 yoshli futbolchilar ikkita U-23 Osiyo kubogida ishtirok etishadi. Chunki ularning yoshi bunga yo'l qo'yadi.

Timur Kapadze olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy bo'lganida esingizda bo'lsa kerak O'zbekistonda o'tgan U-23 Osiyo kubogida U-21 bilan qatnashgan va finalgacha chiqqandi, keyin Qatardagi U-23 Osiyo kubogida ham qatnashib Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.




Nega biz ham bu tajribadan voz kechganimizga tushunmadim. Nega hozirning o'zidan U-23 terma jamoasi negizida Farhod Nishonov boshchilik qilayotgan jamoani (2005 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilar) shakllantirmayapmiz? Axir bo'lajak U-23 Osiyo kubogi Olimpiadaga yo'llanma bermaydiku.

Hozirgi futbolchilarda (2003 yil va undan keyin tug'ilganlar) nima ayb deyishingiz mumkin. To'g'ri ularda ayb yo'q, rahbariyat shunday qaror qabul qilgan va hamma futbolchilarimiz har qanday holatda ham terma jamoada o'ynashga doim tayyor. Agar yoshi bo'yicha chaqirib sovrin yutish vazifasi qo'yilgan bo'lsa ertaga bu jamoaga Abbos Fayzullaev va Abduqodir Husanov ham chaqiriladimi?

U-23 Osiyo kubogida yoshlarga imkon bermaydigan bo'lsak faqat va faqat chempionlik qo'lga kiritilsagina bu qaror to'g'ri bo'lib chiqadi. Shunday ekan hozir U-23 jamoasida o'ynayotgan ukalarga murojaat: Rahbariyatning qarori o'zini oqlashi uchun U-23 Osiyo kubogida g'olib bo'ling.

Lekin unutmangki Yaponiya sizdan 2-3 yosh kichik futbolchilar bilan boradi Osiyo kubogiga ham. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика