Rasman: "Andijon" Tokotaevni o'z safiga qo'shib oldi
29 iyu 22:05
Yangiliklar
Rasman: "Andijon" Tokotaevni o'z safiga qo'shib oldi
Bu haqda "Andijon" matbuot xizmati elon qildi.
"Yozgi selekciyada tarkibini kuchaytirayotgan "Andijon" klubi o'z safini yana bir mahoratli futbolchi bilan to'ldirdi.
Qirg'iziston milliy terma jamoasi darvozaboni Erjan Tokotaev rasman "Andijon" futbolchisiga aylandi. U bilan shartnoma imzolandi va endilikda «burgutlar» sharafini himoya qiladi.
Malumot uchun, Erjan Tokotaev 2000 yilning 17 iyul sanasida Qirg'izistonda tavallud topgan. Darvozabon faoliyati davomida "Dordoy" (Qirg'iziston), "Alga" (Qirg'iziston), "Kaspiy" (Qozog'iston), "Turon" (Qozog'iston) va "Shanliurfaspor" (Turkiya) da faoliyat olib borgan.
Tokotaev 2023 yildan beri Turkiya chempionatida "Shanliurfaspor"da o'ynagan. Erjan faoliyati mobaynida hozirgacha 92 ta o'yinda ishtirok etgan. 2021 yildan beri Qirg'iziston milliy terma jamoasi azosi hisoblanadi va hozirga qadar bosh jamoada 36 ta o'yin o'tkazgan.
Erjan, "Andijon"ning ahil oilasiga xush kelibsan!", — deyiladi andijonliklar xabarida.
So'nggi mavsumini Turkiyada o'tkazgan darvozabon "Andijon"ga kelmoqda

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar