Rasman: "Nasaf" nigeriyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
29 iyu 22:52
Yangiliklar
Rasman: "Nasaf" nigeriyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Qarshining "Nasaf" klubi o'z safiga Yusuf Otubanjoni qo'shib oldi.
Bu haqda "Nasaf" matbuot xizmati xabar berdi.
"Yusuf Otubanjo - endi "Nasaf" futbolchisi!
"Nasaf" nigeriyalik hujumchi Yusuf Otubanjo bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi.
Tajribali hujumchi faoliyati davomida Armaniston, Slovakiya, Avstriya, Ispaniya, Nigeriya jamoalarida to'p surgan.
Jamoamizning yangi azosiga omad tilaymiz. Yusuf Olaitan Otubanjo jamoamiz safida ko'plab g'alabalarga hissa qo'shishiga va sovrinli o'yinlarda muhim rol o'ynashiga ishonamiz.
"Nasaf"ga xush kelibsan, Yusuf Olaitan!, — deyiladi klub xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Ла Лига. "Бетис" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 8 та гол урилди, Торресдан хет-трик
Fikrlar