So’nggi yangiliklar

09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  1 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  4 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  2 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  10 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  11 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8

Janluijji Donnarumma chindan ham PSJdan ketishi mumkin – hattoki ECHLdagi g'alabadan keyin ham Yangiliklar

Janluijji Donnarumma chindan ham PSJdan ketishi mumkin – hattoki ECHLdagi g'alabadan keyin ham

Undan ham qizig'i - muammo pulda.

"L’Équipe"ning xabar berishicha, 26 yoshli darvozabon bilan shartnoma muddatini uzaytirish bo'yicha muzokaralar deyarli oldinga siljimayapti. Donnarumma maoshini oshirishni so'ramoqda. PSJ "Lill" darvozabonini ko'z ostiga olib qo'yi va hattoki bu borada kelishuvga ham erishdi.

Jijji nima bo'ladi? Nahotki chindan ketsa?

Donnarumma maoshi oshirilishi istamoqda – PSJ esa uni hatto kamaytirish niyatida. Qanday summa haqida gap ketmoqda?

Tomonlar kelisha olmayapti, asosiy muammo maosh – kiper yiliga kamida 15 mln evro ishlab topmoqchi. Hozir uning maoshi taxminan 13 million. PSJ hozir kafolatlangan 10 million maosh va turli xil qo'shimcha to'lovlar belgilangan shartnoma taklif qilmoqda, klub bo'sh kelish niyati yo'q. Donnarummani qadrlashadi, lekin klubda nima qilib bo'lsa ham olib qolishga urinishmaydi – amaldagi shartnoma muddati tugashiga bir yil qoldi. Agar kelishuv uzaytirilmasa, klub uni hozir sotishi kerak. Chunki uyog'iga tekinga qo'yib yuborishga to'g'ri keladi. 

Jijjining o'zi PSJ qolishni istaydi, ammo ortda qolgan mavsumdagi o'yiniga munosib baho berishlarini so'ramoqda

Qizig'i, Donnarummaning shartnomasi borasidagi masala anchadan buyon davom etmoqda, yozda ham uni ko'pchilik "Man Siti"ga ko'chib o'tishi haqida aytishgandi. "L’Équipe" malumotlariga ko'ra, hozir vaziyat yana takrorlanmoqda "insaydlarni" futbolchi agenti Enco Rayola (marhum Minoning qarindoshi) tarqatmoqda – misol uchun "Bavariya" va "Yuventus" qiziqishi haqida. Enconing o'zi esa "Milan"ga qaytish variantini ham inkor etmayapti – milanliklar klub tarbiyalanuvchilariga qanday munosabatda bo'lishi hech kimga sir emas, lekin Donnarumma...

PSJ Rayolaning bosimiga uchmayapti. Xabarlarga ko'ra, "Lill" kiperi Lyuka Shevalening transferi kelishib qo'yilgan. Poytaxtliklar bonuslarni inobatga olganda 40 mln evro to'lashadi. Jurnalist Sasha Tavolerining aytishicha, uning shartnoma imzolashdagi asosiy shartlaridan biri – asosiy tarkibdan joy. Darvozabon uchun bo'lajak jahon chempionatidan avval muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishi muhim. Lyuka PSJ uchun ham bu vaziyatda zaxirada o'tirishga rozi bo'lishini tasavvur qilish qiyin. 

"L’Équipe" nashri takidlashicha esa, agarda Shevale bilan barchasi hal bo'lsa, demak, Donnarumma bilan muzokaralar omadsiz yakunlangan. PSJ avvaldan yangi darvozabon sotib olishni istamagandi. Janluijji esa ikkinchi raqam bo'lishga umuman rozi emas, o'tgan mavsum shu masalada Luis Enrike tarkibga Matvey Safonovni qo'yganida urishib qolishiga sal qolgandi. Italiyalik muntazam rotaciya variantiga ham ko'nmaydi, u har o'yinda maydonga tushishi kerak. 

Safonov hozircha PSJda qolyapti, lekin agarda qandaydir variantda Jijji ham qolsa, rossiyalikni ijara berib yuborishlari mumkin.

Hozir Donnarummada bor variantlar: "Chelsi", MYU va… "Galatasaroy"

"Foot Mercato" va Sasha Tavolerining malumotiga ko'ra, PSJ darvozaboniga bir nechta nomzodlar bor. 

Hammasidan ham ko'proq "Chelsi" haqida gapirilmoqda. Janluijji Angliyaga ko'chib o'tishga qarshi emas, Londondagilar esa aynan uzoq yillar jamoa sharafini himoya qiladigan yosh, top darvozabon haqida yozishmoqda. Robert Sanches nomzodi bu talablarga mos kelmayapti. Klublar o'rtasidagi JCHdan avval "Milan"ning hozirgi darvozaboni Mayk Menyan bilan muzokaralar o'tkazildi. Natijada, 30 yoshli kiper narxi borasida kelisha olishmadi. Undan keyin "Chelsi" boshqa nomzodlarni izlashni shunchaki to'xtatib, o'z tarkibida tozalash ishlariga etibor qaratgandek: jumladan, Mayk Penders ijaraga berib yuborildi, Jorje Petrovich sotib yuborildi. 

Avvalroq, italiyalik kelajagini "Man Siti" va "Man Yunayted" bilan bog'lashgandi, ammo bu variantlar amalga oshishi uchun bir vaqtning o'zida bir nechta transferlar zanjiri talab etiladi. 

Kutilmaganda, Donnarummani o'z safida ko'rmoqchi bo'lganlar qatorida "Galatasaroy" klubi paydo bo'ldi. Turklar kiperning PSJ bilan muzokaralaridagi og'ir vaziyatdan foydalanib qolishni niyat qilgan. Viktor Osimxen transferidan keyin ular ham ortiqcha uyalib o'tirmay, jahon yulduzlariga "sovchi yuboryapti". Janluijji top chempionatlardan birini tanlasa kerak, ammo "Foot Mercato" chindan ham "Galatasaroy" varianti borligini aytmoqda.

May oyida agent Enco Rayola ular Donnarumma bilan birgalikda variantlarni o'rganib chiqishga tayyorligini malum qilgandi: "Biz hech qaerga shoshmayapmiz. Klub bilan yaxshi munosabatdamiz. Janluijji Parijda baxtli, ammo boshqa jamoalardan qiziqish borligi ajoyib. Hozircha hech qanday rasmiy taklif yo'q, agarda PSJ bilan kelishuvni uzaytirmasak, takliflarni ko'rib chiqamiz. Hozircha hech bir variantni imkonsiz demayman".

Shu bilan birga uning mijozi muhim futbolchiligiga urg'u bergan: "Donnarumma "Oltin to'p"ga loyiq o'yin ko'rsatdi. PSJ uning seyvlarisiz Chempionlar Ligasini yuta olmasdi". 

Kim biladi, buni keyingi mavsumdayoq amalda sinab ko'rish imkoni bo'lar.


Xorijiy saytlar asosida Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting: -3   

Fikrlar

   
30 iyu 03:20:53
Haqiqat-2
barselona7 foydalanuvchining fikriga javob berish
Ёмон дарвозабон демадим. Шунчаки пулга сал ўчроқ. Тўғри ЧЛ ни ютди аммо ҳозирги Италия терма жамоаси билан ЖЧ ни ютиш Ўзбекистон терма жамоаси дебют қилган ЖЧ да финалда ўйнашидек гап.
Эртага ёки 2034 йилги ЖЧда нима булишини биласизми?!
   
30 iyu 01:25:12
barselona7
Haqiqat-2 foydalanuvchining fikriga javob berish
ЗУР дарвозабон, пулига яраша уйниди. Буффондан фаркли уларок, ЧЛ голиби булди, хам Европа чемпиони. Балки келажакда Жахон чемпиони булар энди 26 ешга кирди.
Ёмон дарвозабон демадим. Шунчаки пулга сал ўчроқ. Тўғри ЧЛ ни ютди аммо ҳозирги Италия терма жамоаси билан ЖЧ ни ютиш Ўзбекистон терма жамоаси дебют қилган ЖЧ да финалда ўйнашидек гап.
   
30 iyu 00:43:06
Haqiqat-2
barselona7 foydalanuvchining fikriga javob berish
Долларумма пул учун Миландан ПСЖ га ўтганди керак бўлса пул учун ПСЖ дан ҳам кетади.
ЗУР дарвозабон, пулига яраша уйниди. Буффондан фаркли уларок, ЧЛ голиби булди, хам Европа чемпиони. Балки келажакда Жахон чемпиони булар энди 26 ешга кирди.
   
30 iyu 00:41:01
Haqiqat-2
barselona7 foydalanuvchining fikriga javob berish
Долларумма пул учун Миландан ПСЖ га ўтганди керак бўлса пул учун ПСЖ дан ҳам кетади.
ЗУР дарвозабон, пулига яраша уйниди. Буффондан фаркли уларок, ЧЛ голиби булди, хам Европа чемпиони. Балки келажакда
   
29 iyu 21:19:33
barselona7
Долларумма пул учун Миландан ПСЖ га ўтганди керак бўлса пул учун ПСЖ дан ҳам кетади.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика