So’nggi yangiliklar

01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  49 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  3 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

O'FA totalizator va kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgan futbolchi, hakam va shaxslarni jazoladi va bir umrga futboldan chetlatdi Yangiliklar

O'FA totalizator va kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgan futbolchi, hakam va shaxslarni jazoladi va bir umrga futboldan chetlatdi

O'zbekiston futbol associaciyasi Etika qo'mitasining navbatdagi yig'ilishida bir qator masalalar ko'rib chiqildi.

Jumladan, O'zbekiston Superligasi, Pro liga va Birinchi liganing bir qancha uchrashuvlarida bosh hakam sifatida ishlagan E.Tursunov o'zining tanishi fuqaro R.Saxobutdinov orqali xorijiy bukmeykerlik tashkilotlari vakillari bilan o'zaro til biriktirgan holda o'yinlarning natijasiga tasir o'tkazish va totalizatorga pul tikish orqali moddiy manfaatdor bo'lib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston futbol associaciyasi Etika qo'mitasi E.Tursunovni Intizom kodeksining 5.60-bandi bilan aybdor deb topdi va unga nisbatan futbol bilan bog'liq faoliyatning barcha turidan umrbod chetlatish jazosi tayinlandi. Fuqaro R.Saxobutdinov ham Intizom kodeksining ushbu bandi bilan aybdor deb topilib, o'rganish ishlariga yordam berganligi va boshqa engillashtiruvchi holatlar inobatga olinib, unga nisbatan futbol bilan bog'liq faoliyatning barcha turidan 2 yil muddatga chetlatilish jazosi belgilandi.

SHuningdek, bir qator futbolchilar kelishilgan o'yinlarda ishtirok etganlikda gumon qilinayotganligi holati yuzasidan “Mashal” PFK tomonidan yuborilgan murojaatni o'rganish natijasida quyidagilar aniqlandi.

Xususan, futbolchilar S.Raxmatullaev va N.Pavlenkolar xorijiy bukmeykerlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi tashkilot vakillari bilan hamkorlik qilib, kelishilgan o'yinlarda qatnashishga harakat qilganligi aniqlandi. Ushbu futbolchilar O'zbekiston futbol associaciyasi Etika qo'mitasi tomonidan Intizom kodeksining 5.52, 5.53, 5.60-bandlariga asosan aybdor deb topilib, ularga nisbatan futbol bilan bog'liq faoliyatning barcha turidan 1 yil muddatga chetlatish hamda jarima intizom jazosi tayinlangan.

SHu bilan birga, “Mashal” PFK futbolchilari R.Yagudin va D.To'xtaboevlar O'FA Intizom kodeksining 5.53-bandiga muvofiq “Futbol butunligini (yaxlitligini) himoya qilish to'g'risidagi Deklaraciya” bandlarini bajarmagani, yani sport meyoriy hujjatlariga zid bo'lgan har qanday urinish yoki boshqa noqonuniy xatti-harakatlar to'g'risida O'zbekiston futbol associaciyasining Futbol faoliyatini nazorat qilish bo'yicha maxsus inspekciyasini o'z vaqtida xabardor qilmagani uchun aybdor deb topilib, har biriga jarima jazosi tayinlandi.

Bundan tashqari, 2010-yilda (U-12) tug'ilgan tarbiyalanuvchilar o'rtasida “Professional futbol maktablari ligasi” O'zbekiston kubogi doirasidagi Toshkent viloyati FMM — Xorazm viloyati FMM o'rtasidagi uchrashuvni boshqargan hakamlar M.Orzidinov, G.Bobomurodov va M.Begalievlarga o'yinni “to'g'ri” boshqarishlari uchun “Xorazm” PFKning yordamchi murabbiyi M.Abdullaev tomonidan 3 mln. so'm miqdorida pul mablag'lari berilgan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston futbol associaciyasi Etika qo'mitasi tomonidan bosh hakam M.Orzidinovga 2 yil muddatga, hakamlar G.Bobomurodov va M. Begalievlarga 1 yil muddatga, “Xorazm” PFKning yordamchi murabbiyi M.Abdullaevga esa 1 yil muddatga futbol bilan bog'liq faoliyatning barcha turidan chetlatish intizom jazolari tayinlandi.

O'zbekiston futbol associaciyasi kelishilgan o'yinlarni aniqlash bo'yicha OFK, “Sportradar” va boshqa tegishli tashkilotlar bilan bilan muntazam ravishda hamkorlik qilib kelayotganligini malum qiladi. O'z navbatida, kelgusida aniqlanadigan holatlar yuzasidan aybdor shaxslarga nisbatan qatiy choralar ko'rilishi to'g'risida ogohlantiradi.

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика