So’nggi yangiliklar

22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  4 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  1 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  7 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  25

O'FA rahbariyati "Roma" vakili bilan ko'rishdi Yangiliklar

O'FA rahbariyati "Roma" vakili bilan ko'rishdi

Bugun O'FA rahbariyati hamda "International Management Group" kompaniyasi va Italiyaning "Roma" klubi vakili Karlos Perez o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

"Malumki, mazkur kompaniya sport tadbirlarini tashkil etish, menejment, marketing kabi bir qator yo'nalishlarda dunyoning etakchilaridan hisoblanadi. IMG bu borada ko'plab mamlakatlar va klublar bilan zamonaviy futbolni rivojlantirish borasida hamkorlik qilib keladi. 

Uchrashuv avvalida Karlos Perez mamlakatimizda ko'plab iqtidorli futbolchilar mavjudligi, ular jahon maydonlarida o'zlarining istedodlarini ko'rsatib kelayotganligini Eldor SHomurodov misolida etirof etdi. 

O'FA vakillari yurtimizda “Roma” klubi akademiyasini tashkil etish imkoniyatlarini o'rganish borasida fikr bildirishdi. SHuningdek, o'zbekistonlik iqtidorli futbolchilar hamda murabbiylarni Italiyada malaka oshirish va tajriba almashishini yo'lga qo'yish masalasi muhokama etildi. Evropada mavqei yuqori hisoblangan “Roma” klubining marketing tizimini o'rganib chiqib, O'zbekistonda tatbiq etish taklifi ilgari surildi. 

Eldor SHomurodov kabi etakchi futbolchilarimizning xorijiy klublardagi faoliyatiga oid maxsus filmlar tasvirga olish kerakligi, bu esa yosh futbolchilarning motivaciyasini oshirish, o'z ustida ishlash, professionallikka intilish, irodali bo'lib etishishlariga turtki bo'lishi mumkinligini takidladi. 

O'FA rahbariyati Evropaning etakchi chempionatlari va klublarida O'zbekiston brendini ilgari surish bo'yicha o'z takliflarini eshittirdi. Karlos Perez kelajakda bu kabi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga doimo tayyor ekanligini aytib o'tdi", – deya xabar berdi O'FA matbuot xizmati.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика