So’nggi yangiliklar

09:04"Манчестер Сити" футболчиси: "Хусановдан ўтиб кетиш жуда қийин"  1 08:43Трансфермаркт Туркия чемпионатининг янгиланган нархларни эълон қилди. Ҳамюртларимизда пастлаш  5 08:20SofaScore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 03:00Испания кубоги. "Реал Мадрид" Талавера"ни бироз қийинчилик билан енгиб, кейинги босқичга йўл олди  9 02:25Англия лига кубоги. Ҳусанов тўлиқ ҳаракат қилган ўйинда "Манчестер Сити" "Брентфорд"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди  21 01:20УЕФА мухлисларнинг хатти-ҳаракатлари учун "Бавария"ни жазолади  1 01:05Испания кубоги. "Атлетико Мадрид" меҳмонда "Атлетико Балеарес" устидан ғалаба қозонди  0 00:48ПСЖ "Фламенго"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратиб, ФИФА Қитъалалара кубогини қўлга киритди!  15 00:22МЮ Марокаш устидан ФИФАга шикоят қилди  2 23:52"Барселона" "Айнтрахт"дан мухлислар етказган зарарни қоплашни талаб қилмоқда  1 23:23Ўзбекистон U-17 терма жамоаси даврозабони "Андижон"га ўтмоқда  2 22:58Туркия кубоги. "Ризеспор" "Газиантеп"ни йирик ҳисобда таслим этди. Алиқулов 72 дақиқа ўйнади  0 22:25Кейн Бундеслигада Левандовскининг рекордини янгилаш ҳақида гапирди  0 21:58"Максфилд Таун"нинг 21 ёшли футболчиси ЙТҲда ҳалок бўлди  0 21:2938 ёшли Суарес "Интер Майами" билан шартномасини бир йилга узайтирди  0

O'FA rahbariyati Alyosha Asanovich va Gayoz Darsadze bilan uchrashdi Yangiliklar

O'FA rahbariyati Alyosha Asanovich va Gayoz Darsadze bilan uchrashdi

Bugun O'zbekiston Futbol Associaciyasida Xorvatiya futboli faxriysi, O'FA texnik direktorligiga nomzod Alyosha Asanovich va FIFA texnik konsultanti Gayoz Darsadze bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Futbol kundan kunga rivojlanib bormoqda va murabbiylik, boshqaruv faoliyatlari, xususan, texnik direktor lavozimi doimiy ravishda bilimlarni oshirib borish, zamonaviy tendenciyalarni kuzatish hamda joriy etishni talab qiladi. Suhbat davomida ana shu masalalar haqida so'z bordi. 



Akademiyalardagi talim va mashg'ulotlar bevosita texnik direktorlar nazorati ostida ekanligi, barcha jarayonlarni tashkil etishda bu mutaxassislarning bilim va saviyasi muhim ekanligi takidlandi. FIFA texnik konsultanti Gayoz Darsadze O'zbekistonda bu yo'nalish bo'yicha bir qancha loyihalar ishga tushirilganini aytib, FIFA talablari asosida mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha malumot berib o'tdi.



O'z o'rnida, xorvatiyalik mutaxassis Alyosha Asanovich avvalgi tashriflari davomida bir nechta hududlarimizda bo'lgani, O'zbekistonda iqtidorli va texnik jihatdan kuchli futbolchilar ko'p ekanligini qayd etdi. Biroq asosiy vazifa murabbiylarni saviyasini yanada oshirish, bu borada ularga professional va ilmiy asoslangan talim berishni yangi bosqichga olib chiqish kerakligini takidladi.

Konstruktiv ruhda o'tgan uchrashuvda ishtirokchilar bir qator yo'nalishlar yuzasidan o'zaro fikr almashdilar hamda oldinda turgan rejalarni muhokama qildilar.



Malumot uchun, Alyosha Asanovich Jahon chempionati ishtirokchisi hisoblanib, faoliyati davomida ko'plab nomdor jamoalar, xususan, "Monpele", "Xayduk", "Valyadolid", "Napoli" va "Derbi Kaunti" kabi jamoalarda to'p tepgan. Murabbiy sifatida Xorvatiya U-21 va milliy terma jamoada ishlagan. Texnik direktor sifatida bir qancha klublarda tajriba to'plagan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика