Odiljon Hamrobekov: "Bugun taktika yoki individual mahorat evaziga emas, kuchli ishtiyoq sababli g'alaba qozondik"
10 sen 23:35
Yangiliklar
Odiljon Hamrobekov: "Bugun taktika yoki individual mahorat evaziga emas, kuchli ishtiyoq sababli g'alaba qozondik"
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov Qirg'iz Respublikaisga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi
"Barchani bugungi qiyin g'alaba bilan tabriklayman. Bugun Qirg'iziston terma jamoasi kuchli xohish bilan o'ynadi. Bugun taktika yoki individual mahorat evaziga emas, aksincha kuchli ishtiyoq sababli g'alaba qozondik. Hujumga berilib ketganimiz sababli, qarshi hujumda gol o'tkazib yubordik. Keyingi uchrashuvlarga qadar ushbu xatolarni to'g'rilaymiz. Keyingi yig'inlarda ko'pgina futbolchilarimiz o'z jismoniy holatini yaxshilab oladi degan umiddaman" - deya fikr bildirdi Odiljon Hamrobekov bugungi uchrashuv haqida
Fikrlar
-----'
Odiljon Eron bilan uyinga hammasi kerak buladi. Ayniqsa bugungi ishtiyoqlangam kamlik qiladi. Fizicheskiy ko'proq ishlamasanglar bulmaydi
Masharipovni o'yinini, ampulasini 6 yil oldin ham tushunmasdim hozir ham tushunmayman chunki, u chap qanot vingeri bolib biror martta o'sha qanotdan tezlikda yugurib o'tib ketganini kormadim razgomi past, o'rtada oynashi kerak bogan pleymeyker desam unaqa ham emas. Oston ham sal tushunarsiz lekin unda tezlik va korpus bor, bugungi holatga o'hshab yo'q joydan gol tiqib qoyadi. Abbosni CSKAda salkam 90 minut o'ynatadi hozirgi trener va oldingi trener ham.
Hojimat foydali unga 10 minut emas xotya bi 20 minut berish kerak. Shomurodov bilan 1-2 qilib gol urib qoyadi.