So’nggi yangiliklar

14:30"Истиқлол" стадиони сухандони провокацион эълонлар берди, "Динамо" стадиони техник ҳудудига бегона шахслар кирди, Владимир Бубанья микст-зона масаласида комиссарга эътироз билдирди — Лига комиссарлари билдиргиси  2 13:58"Ливерпуль" тарихидаги энг қиммат ҳимоячилардан бири сафдан чиқди  2 13:32Суперкомпьютер Бундеслига фаворитларини аниқлади. "Бавария" билан қайси жамоа рақобатлашади?  0 13:03АПЛнинг энг қиммат ёш футболчилари маълум. "Челси", "Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" топда  1 12:36Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 12:12"Нефтчи" пешқадамга айланди, Файзуллаев дебют қилди, Ашурматов қачон сафга қайтиши аниқ – 21 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   3 12:00Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" - "Бухоро" учрашуви 27 августга кўчирилди  3 11:39Эксперт фикри. Иброҳим Отахонов: "Андижон"га нафақат бугун балки кейинги ўйинда ҳам осон бўлмайди"  0 11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  2 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  3 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  10 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  12 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0

Odil Ahmedov: "Men qarzimni uzmay qo'ymayman" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "Men qarzimni uzmay qo'ymayman"

Teglar :  Odil Ahmedov
Namangan viloyatida o'z faoliyatini boshlash arafasida turgan "Odil Ahmedov" futbol akademiyasi haqida xabar berdik.

Jarohat tufayli Toshkentda ushlanib qolgan Odil Ahmedov kecha klubi safidagi o'yinni o'tkazib yubordi. Xitoyga ketishidan oldin bugun futbolchi bilan qisqacha suhbatlashdik. Suhbat asosan, Ahmedovning vodiy uchun ochayotgan akademiyasi haqida bo'ldi.

"Erondan qaytgach burnimni operaciya qildirdim. SHuning uchun ham Xitoy chempionatida tur o'yinini o'tkazib yuborishga majbur bo'ldim. Anchadan beri qiynab kelayotgan muammodan xolis bo'lganim yaxshi bo'ldi. Hozir holatim ancha yaxshi", - deya gap boshladi Ahmedov.

- Odil, bugun Namangan viloyati hokimligi bilan hamkorlikda faoliyat boshlash arafasida turgan akademiyangiz haqida o'qib xursand bo'ldik, shu haqda batafsil axborot bersangiz...
- Vodiy futboli tarbiyalanuvchisi va Namangan farzandi sifatida vodiylik istedodlarga imkon berishni vazifam deb bildim. Bu loyihani birinchi bo'lib Namanganda boshlaymiz. Keyin qiziqish bo'lsa, vodiyning boshqa viloyatlarida ham uni amalga oshiramiz. Niyatimiz, vodiy farzandlarini uzoqlarda sarson bo'lishining oldini olib, poytaxtdagi saviyani vodiyga olib kirish. Loyihamizni qo'llab-quvvatlayotgani uchun, viloyatimiz hokimi Xayrullo Hayitboevichga rahmat aytib o'tish burchim. U kishining qo'llab-quvvatlashi natijasida shahrimizdagi sport kolleji futbol bo'limida katta ish boshlash arafasida turibmiz", - deydi Odil Ahmedov.

- Tanlov hayat azolari qatorida kimlarni ko'ramiz, umuman tanlovni adolatli bo'lishi yo'lida qanday ishlar amalga oshiriladi?

- Bu loyihani amalga oshirishdan maqsad daromad ko'rish emas, shunday ekan, u erda eng zo'rlar jamlanishi kerak. Bolalar futbolida o'z o'rniga ega mutaxassislardan Dilshod Nuraliev, bugungi kunda MTJda faoliyat olib borayotgan serbiyalik mutaxassis Deyan Jurjevich va vodiydagi mutaxassislarni jalb etamiz. Hech qanday tanish-bilishga o'rin qoldirmaymiz. Hujumchilarga baho berishda Anvar Solievning mahorati ham asqotadi.


- Eng yaxshilarni yig'ish bu bitta masala, ularni yuqori saviyaga olib chiqish bo'yicha qanday rejalaringiz bor?
- Barchangizga malum, Rossiyada "Krasnodar" klubida faoliyat olib bordim. Ayni paytda bu jamoaning akademiyasi Evropadagi eng yaxshilardan biri. Ular bilan albatta hamkorlikni yo'lga qo'yamiz. 13 yoshgacha "Odil Junior" filiallari orqali futbolchilarni toblab boramiz. SHundan keyin u erdagi eng yaxshilarni vodiydagi kollejlarga joylab, nazorat qilamiz. Asosiy maqsad murabbiylarning malakasini yuqori cho'qqiga olib chiqish. Sport inventarlari ham zamonaviy bo'lishi kerak va eng muhimi Respublika bo'ylab o'tkaziladigan musobaqalarda doimiy ishtirok etishni taminlashimiz kerak. Bu borada o'z hissamni albatta qo'shaman. Vodiy ligasini tuzish orqali, katta marralarni zabt etamiz. Yana bir narsani qo'shimcha qilmoqchiman, biz yangi ish boshlayapmiz. Ota-onalar o'z farzandlarini bizga ishonib topshirsalar, 4-5 yil ichida natija berishni boshlaymiz. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi orqali nasib qilsa milliy terma jamoagacha yo'lni bosib o'tamiz.

- Vodiy klublarining bugungi holati haqida nima deysiz?

- Avvallari vodiyning barcha jamoalarida mahalliy futbolchilar faoliyat olib borardi. Ular biz uchun haqiqiy yulduz sanalardi. Hozir vodiy klublarida mahalliy futbolchilar juda kamayib ketdi. Tabiiyki pul bilan muammo bo'ladigan bo'lsa, ular jamoani tark etadilar. Bu futbolning yozilmagan qonuni. Vodiylik futbolchilarni toblash orqali, ularga o'z viloyatlariga bo'lgan hurmatni uyg'otamiz va qiyin pallada ham o'z jamoalariga sodiq qolishlarini o'rgatamiz. "Ketsang, chetga ket!" shiori ostida faoliyat olib boramiz.

- Bugungi bolalar futboli haqida nima deysiz?

- Yaqinda To'raqo'rg'ondagi "Odil Junior" maktabiga "JFL Tashkent" bilan hamkorlikda ispaniyalik mutaxassis Kiko Zuniga tashrif buyurdi. U o'zbekistonlik futbolchilarning mahoratini ko'rib lol bo'lganini aytib o'tdi. Bu ham bizga yana bir bor loyihamizga jiddiy etibor qilishga undadi. Niyatim, vodiyning barcha tumanlarida "Odil Junior"ning filialini tashkil qilib, u erdan eng yaxshilarni hududlar bo'yicha jamlash. Bizda hamisha yaxshi bolalar bo'lgan. Ularni avaylab o'stirishimiz kerak. Har bir tumanda o'z filialimizga ega bo'lganimizdan so'ng men vodiy ligasi dasturi ustida ishlayman. Eng katta loyihamiz mana shu bo'lishi kerak. Unga qadar hokimiyat tomonidan ajratilayotgan hududda "Odil Junior" uchun maxsus arena qurish niyatidaman.

- O'zbekiston milliy terma jamoasi haqida nima deysiz...

- Terma jamoasi safida Siz uchun maydonga tushayotgan futbolchilar juda ko'p. Ular tinim bilmay mashg'ulot qilishadi. Iltimos, bizni qo'llab-quvvatlang! Lekin men to'xtamayman, o'zim chiqa olmasam ham, shu yoshlar bilan jahon chempionatiga chiqamiz. Men O'zbekiston oldidagi qarzimni uzmasdan qo'ymayman.

Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +73   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика